Zakot mol-mulkning necha foizi miqdorida beriladi?
2,5 foiz, ya’ni qirqdan biri
Islom dini dunyoda tarqalishi bo’yicha nechanchi o’rinda turadi?
2-o’rinda
Islom tarixidagi birinchi xalifa kim bo’lgan?
Abu Bakr
Taqdimotga ko’ra, musulmonlarning necha foizi sunniylikka e’tiqod qiladi?
92,5 foizi
Muhammad ibn Abdulloh qaysi shaharda dunyoga kelgan?
Makka shahrida
Islom dinining besh arkonini sanab bering
Iymon keltirish, namoz o’qish, ro’za tutish, zakot berish, haj safari
Islom dini kelmasidan avvalgi davr qanday nom bilan yuritiladi?
Johiliya (joxiliyat) davri
Ro’za hayitining arabcha nomi nima?
Iyd al-fitr
«Islom» so’zi arabchada qanday ma’nolarni anglatadi?
“Bo’ysunish”, “itoat etish”, “o’zini Alloh irodasiga topshirish”
«Shariat» so’zi arabchada nimani anglatadi?
To’g’ri yo’l, ilohiy yo’l, qonun
Ro’za xijratning qaysi yili va qayerda farz qilingan?
Xijratning ikkinchi yili, Madinada
Sunnani to’plash, sharhlash va nashr qilishda qaysi vatandoshlarimiz asosiy rol o’ynagan?
Imom al Buxoriy va Imom at-Termiziy
«Sunna» so’zi arabchada qanday ma’nolarni bildiradi?
Odat, an’ana, xatti-harakat tarzi
Muhammad (s.a.v.) arablarni qaysi yili yagona davlatga birlashtirganlar?
630-yili
Qurbon hayiti ro’za hayitidan necha kun o’tgach nishonlanadi?
70 kun o’tgach
Haj marosimlariga nimalar kiradi?
Ka’bani tavof qilish, Safo va Marva tog’lari orasida yugurish, Arofat tog’ida bo’lish va zarur marosimlarni ado etish
Johiliya so`zi arab tilida nima ma`noni anglatadi?
«bilmaslik», ya'ni «yagona xudo — Allohni tanimaslik»
Namozlar qanday turlarga bo’linadi?
Farz, sunnat, vojib kabi turlarga
Qur’on Muhammad payg’ambarga qaysi farishta orqali vahiy qilingan?
Jabroil orqali
Musulmonlarning qolgan 7,5 foizini kimlar tashkil qiladi?
Shialar, ibodiylar va xorijiylar
O’rta Osiyoda aholi Islomga qanday usullarda kiritilgan?
Harbiy to’qnashuv, da’vat va soliq siyosati orqali
Shialikdagi 5 aqidani sanang
Tavhid, adl, nubuvvat, imomat, qiyomat
Imonning yetti shartini sanang
Alloh va uning birligi, farishtalar, ilohiy kitoblar, payg’ambarlar, oxirat kuni, taqdir (yaxshilik-yomonlik Allohdan), o’limdan keyin qayta tirilish
Iymon nima?
Allohdan o’zga iloh yo’qligiga va Muhammad Uning bandasi va rasuli ekaniga ishonib, e’tiqod qilish
Abu Bakr va Umar ibn Xattob qaysi yillarda xalifalik qilgan?
Abu Bakr 632–634, Umar 634–644