Qarz so'zining lug'aviy ma'nosi nima ?
Bo'lak
Ribo so'zining ma'nosi nima ?
Ziyodalamoq, ko'paymoq
Ijara lug'atda qanday ma'nolarni anglatadi ?
Rag'batlantirmoq, Haq to'lamoq
Mudoraba nechchi turga bo'linadi ?
1. Mutlaq mudoraba.
2. Muqayyat mudoraba.
Merosning arkonlari nechta?
1. Meros qoldiruvchi
2. Merosxo'r
3. Meros
Qarzni hujjatlashtirishdagi shartlarni sanab bering ?
1. Qarzni ro'yhatga qayd etish.
2. Ishonchli ikki erkak guvoh (yoki bir erkak va ikki ayol) bo'lishi.
3. Adolatli kotib.
4. Kafolat bo'lishi.
5. Berilgan qarz miqdorida garov bo'lishi.
Ribo nechchi turga bo'linadi ?
1. Ribo al-fadl
2. Ribo an-nasiya
Ijara nechchi xil bo'ladi ?
1. Foydalanish ijarasi.
2. Mehnat ijarasi.
"Bir xil turdagi tovarlarning o'zaro ayriboshlanishida ulardan birining ikkinchisiga nisbatan ortiqcha bo'lgan qismi. Quydagi ta'rif riboning qaysi turiga tegishli ?
Ribo al-fadl turiga tegishli
Meros bu - ? Fiqhiy tushuncha bo'yicha.
Mayyitning ortidan shar'iy vorisga qolgan mol va huquqlarga meros deyiladi.
Qarzni uzish joyi masalasi bo'yicha to'rtala mazhab ulamolarining fikri qanday ?
Bir xil ya'ni "Qarz - qarz berilgan joydagina uzilishi lozim"
"Bir xil turdagi tovarlarning o'zaro ayriboshlanishida ulardan birining ikkinchisiga nisbatan ortiqcha bo'lgan qismi. Ushbu ta'rif riboning qaysi turiga tegishli ?
Ribo al-fadl
Qur'oni Karimning qaysi suralari Ijara munosabatlariga tegishli ekanligi e'tirof etiladi ?
Taloq va Qasos suralari keltirilgan
Mushoraka sherikchilik munosabati shar'an joiz sanaladi va unga Qur'oni Karimning qaysi oyati dalil sifatida keltiriladi ?
Niso surasining 58 oyati
Merosning shartlarni sanab bering
1. Meros qoldiruvchining haqiqatda o'lishi yoki o'limi haqida hukm chiqishi.
2. Meros qoldiruvchi o'lgan paytda merosxo'rlarning tirik bo'lishi.
3. Qarindoshlik va meros olish haqqi bilinishi
Qur'oni Karimning qaysi surasida qarz masalasi bo'yicha hukmlar nozil etilgan ?
Baqara surasining 282 va 283 oyatlarida
Foiz mavzusidagi oyatlar Qur'oni Karimning qaysi suralarida keltirilgan ?
1. Rum surasida.
2. Niso surasida.
3. Oli Imron surasida.
4. Baqara surasida.
Ijaraning shartlarni sanab bering ?
1. In'iqod (bog'lanish) sharti;
2. Nafaz (amalga oshirish) sharti;
3. Sihha (to'g'ri bo'lish) sharti;
4. Luzum (kelishuvning yakuniy zaruriyati) sharti;
Mudorabaning shar'iy dalili sifatida Qur'oni Karimning qaysi suralari keltiriladi ?
Baqara va Muzammil suralari.
Meros qay tartibda amalga oshiriladi ?
1. Kafanlab ko'mish harajatlari.
2. Qarz mablag'i ajratiladi.
3. Vasiyatga sarf etiladi.
4. Merosxo'rlarga bo'lib beriladi.
Qarzga doir hadislardan 3 tasini ayting ?
Ibn Ma'sud (r.a.) dan rivoyat qilinadi: Payg'ambar (s.a.v) "Musulmon kishining ikki marta qarz berishi - bir sadaqadir", dedilar.
Anas (r.a.) dan rivoyat qilinadi Payg'ambarimiz (s.a.v) "Meroj kechasi men jannat eshigida quydagi yozuvni ko'rdim: "bir sadaqa o'n sadaqa (savobiga teng), qarz esa o'n sakkiz qarz (savobiga teng).
Qur'oni Karimning qaysi surasida qarz haqida so'nggi oyatlar nozil bo'lgan ?
Baqara surasining 275 - 280 - oyatlari
Ijaraning fosid bo'lish hollariga misollar keltiring ?
Sherikchilik asosidagi molni sheriklardan biri ijaraga bersa. Ijaraga berilgan narsaning biror-bir qismini egasi talab qilsa (masalan, hovlini yarmi uyning bir xonasi).
Mudorabada, faqat bitta tomonning kapital ta'limoti mevali daraxtlarga taaluqli bo'lsa qanday aqd deb nomlanadi ?
Musoqot aqdi deb nomlanadi.
Hajbi hirmon egallarini sanab bering ?
Bobo, momo, ota bir ona bir opa-singillar, ota bir opa-singillar, ona bir aka-ukalar, o'g'ilning qizlari, o'g'ilning o'g'li