Jarima jazosi Jinoyat KOdeksining nechanchi moddasida keltirilgan?
JK 44- MODDASIDA
Axloq tuzatish ishlari jazo turida jinoyatni sodir etishda aybdor deb topilgan shaxsning ish haqidan qancha miqdorda davlat daromadi hisobiga ushlab qolinadi?
10foizdan 30 foizgacha
Umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi kimlarga nisbatan tayinlanmaydi?
ayollarga
18 yoshga to'lmasdan jinoyat sodir etgan shaxslarga
60 + erkaklarga
Nega axloq tuzatish ishlari jazosi harbiy xizmatchilarga tayinlanmaydi?
Chunki ularga ushbu jazo o'rniga xizmat bo'yicha cheklash jazosi tayinlanadi
Axloqni tuzatish ishlari homilador ayollarga nisbatan tayinlanadimi?agar tayinlansa homilasining muddati qanaqa bo'ladi?
yo'q tayinlanmaydi.homilasining muddati ahamiyat kasb etmaydi
Mahkumni jamiyatdan ma'lum bir muddatga ajratishga qaratilgan jazo turi?
Ozodlikdan mahrum qilish
Mahkumni haq to'lanmaydigan foydali jamoat ishlarini bajarishga majburiy tarzda jalb qilishdan iborat bo'lgan jazo turi?
Majburiy jamoat ishlari jazo turi
Muayyan huqudan mahrum qilish jazosining muddatlari asosiy va qo'shimcha jazo turlaida qanchaga tayinlanadi?
Asosiy jazo tariqasida 1 yildan 5 yilgacha
Qo'shimcha jazo tariqasida 1 yildan 3 yilgacha
Sud ozodlikni cheklashga hukm qilingan shaxsning zimmasiga qanday majburiyatlarni yuklashi mumkin?
o'zi yetkazgan moddiy va ma’naviy zararning o'rnini qoplash; ishga yoki o'qishga joylashish; tuzalishiga ko'maklashuvchi boshqa majburiyatlar
Kimlarga nisbatan majburiy jamoat ishlari qo'llanilmaydi?
pensiya yoshiga yetgan shaxslarga, o‘n olti yoshga to‘lmagan shaxslarga, homilador ayollarga, uch yoshga to‘lmagan bolalari bor ayollarga, birinchi va ikkinchi guruh nogironlariga, harbiy xizmatchilarga, chet el fuqarolariga va O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashamaydigan shaxslarga
Majburiy jamoat ishlari qancha muddatga tayinlanadi?
120 soatdan 480 soatgacha 6 oy davomida kuniga 4 soatdan ko'p bo'lmagan vaqtda
Umrbod ozodlikdan mahrum qilishga hukm etilganiar va afv etish tartibida umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi ozodlikdan mahrum qilish bilan almashtirilgan shaxslar jazoni qanaqa tartibdagi kaloniyalarda o'taydi?
Maxsus tartibli kaloniyalarda
Ozodlikni cheklashning 1 kuniga
Ozodlikdan mahrum qilish
Agar shaxs axloq tuzatish ishlari muddatining jami bo'lib o'ndan bir qismidan ko'prog'ini o'tashdan bo'yin tovlasa sud uning axloq tuzatish ishlari jazosini qaysi jazo turiga almashtirib beradi?
Ozodlikni cheklash yoki ozodlikdan mahrum qilish jazolariga
Uzurli sabablarga misol ?
Jarimani to‘lash uchun pul vositalarining mavjud emasligi, xastalik, uzoq muddatli xizmat safari va boshqalar