Sekvestr tushunchasiga to‘g‘ri ta’rif berin?
Osteomiyelitda qon bilan ta’minlanishi to‘xtagan va sog‘lom to‘qimadan ajralgan o‘lik suyak bo‘la
Arteriyalar emboliyasi va o‘tkir trombozi o‘rtasidagi asosiy farq nimada?
Emboliyada qon oqimi boshqa joydan kelgan tiqin bilan to‘siladi, trombozda esa devorning o‘zida hosil bo‘ladi
Yotoq yaralar" ko‘pincha tananing qaysi qismlarida hosil bo‘ladi?
Suyak bo‘rtib chiqqan va bosim tushadigan joylarda
Oyoqda kuchli shish, ko‘karish (sianoz) va og‘riq bor, lekin pulsatsiyalar saqlangan. Bu kasallikka tashxis qoying? Javobni asoslang
Arterial emboliyada oyoq oqarib ketadi ("oq o‘lim"), venoz trombozda esa qon qaytib ketolmay dimlangani uchun oyoq ko‘karadi (sianoz) va shishadi. Pulsning borligi arteriya ochiqligini tasdiqlaydi
Savol: Qon tarkibida kislorodni tashuvchi oqsil nomi nima?
Javob: Gemoglobin.
Travmatik osteomiyelitning o‘ziga xos xususiyatini aniqlang?
Yallig‘lanish jarayoni suyakning singan joyi va jarohat kanalida lokalizatsiya qilinadi
Obliteratsiyalovchi endarteriit uchun xos bo‘lgan klinik belgi:
Oyoq kaftida "chumoli yurgandek" bo'ladi
Quruq gangrena ko‘proq qaysi a’zolarda kuzatiladi va unda qaysi nekroz turi boshlanadi?
Oyoq va qo'l barmoqlarida, koagulatsion nekroz
Obliteratsiyalovchi kasalliklarda bir oyoq ikkinchisidan sovuqroq bo‘ladi. Agar bemorning oyog‘i muzdek bo‘lsa-yu, lekin rangi to‘q qizil/ko‘kimtir bo‘lsa, bu to‘qimalarning hayotiy faoliyati haqida nimalarni anglatadi?
Muzdek oyoq — qon kelmayotganini (ishemiya), to‘q qizil yoki ko‘kimtir rang esa — kapillyarlarda qon to‘xtab qolganini (staz) bildiradi. Bu to‘qimalarning o‘limi (nekroz) boshlanganini bildiradi
Savol: Inson tanasidagi eng uzun suyak qaysi?
Javob: Son suyagi.
Suyak usti pardasining o‘tkir yiringli periostiti va surunkali proliferativ periostiti o‘rtasidagi morfologik farqlarni tushuntiring
Javob:Surunkali proliferativ periostit: Proliferatsiya (to‘qima ko‘payishi) ustunlik qiladi.O‘tkir yiringli periostit: Eksudativ jarayon ustunlik qiladi
Obliteratsiyalovchi endartrit,reyno sindromi va transheya kafti deb ataluvchi kasalliklarning bir - birdan farqi?
Endarteriit — bu tomirning ichidan bitib ketishi, Reyno — tomirning vaqtincha asabiy qisqarishi, Transheya kafti esa — nam va sovuq muhitda uzoq qolish natijasidagi "chirshga o'xshash" zararlanishdir.
"Oqma yaralar" (fistula) deb nimaga aytiladi
Ichki a’zo yoki chuqur patologik o‘choqni tashqi muhit bilan bog‘lab turuvchi kanal
Bemorning chap oyog‘ida to‘satdan kuchli og‘riq turdi, oyog‘i oqarib, puls yo‘qoldi. Bemorning anamnezida "yurak ritmining buzilishi" bor. Bu ikki holat o‘rtasidagi mantiqiy bog‘liqlikni tushuntirib bering.
Yurak ritmi buzilganda (aritmiya) taisrida , t tromb uzilib, qon oqimi bilan pastga tushadi va oyoq arteriyasini to‘sib qo‘yadi (emboliya).
Savol: O‘pka alveolalarining yallig‘lanishi bilan kechadigan kasallik nomi nima?
Javob: Pnevmoniya.
Nima uchun gematogen osteomiyelit ko‘pincha uzun naysimon suyaklarning metafiz qismida boshlanadi? (Lekser nazariyasi nuqtai nazaridan).
Javob:Lekser nazariyasi: Uzun suyaklarning metafiz qismida qon tomirlari oxirgi (terminal) shoxlanadi va keskin buriladi. Bu yerda qon oqimi sekinlashgani sababli qondagi mikroblar "o‘tirib qoladi" va yallig‘lanish o‘chog‘ini hosil qiladi.
Obliteratsiyalovchi endarteriit: simayim nerv sistemasining holati va qon tomirlar spazmi o‘rtasidagi bog‘liqlik nimada?
Endarteriitda simpatik nerv tizimining haddan tashqari qo‘zg‘alishi natijasida tomirlarda davomli spazm (torayish) yuzaga keladi. Bu esa to‘qimalar oziqlanishini buzib, trofik o‘zgarishlarga olib keladi.
Jarrohlik amaliyotida demarkatsiya chizig‘ining ahamiyati va nima uchun nam gangrenada bu chiziqni kutish hayot uchun xavfli?
Bu sog‘lom va o‘lik to‘qima chegarasi. Nam gangrenada infeksiya to‘xtovsiz yuqoriga o‘rlaydi, shuning uchun chiziq hosil bo‘lishini kutish bemorni umumiy sepsis va o‘limga olib keladi.
Nima uchun gematogen osteomiyelitda birinchi kunlari mahalliy belgilar (shish, qizarish) bo‘lmaydi, lekin bemorning ahvoli xuddi og‘ir infeksiyadagidek (sepsis) juda og‘ir bo‘ladi
Infeksiya dastlab suyak ko‘migi ichida (yopiq bo‘shliqda) bo‘ladi. Tashqariga (yumshoq to‘qimalarga) chiqmaguncha shish va qizarish bo‘lmaydi, lekin suyak ichidagi yuqori bosim tufayli zaharli moddalar qonga kuchli so‘riladi.
Qaysi kasallikda immun tizimi o‘z hujayralariga hujum qiladi, masalan, bo‘g‘imlarda yallig‘lanish keltirib chiqaradi?
Javob: Revmatizm (autoimmun kasallik).
Omadli insonlar uchun BONUSSSSSS
Omadli insonlar uchun BONUSSSSSS
O‘tkir tromboz va Emboliya: Oyoq arterial qon aylanishining o‘tkir buzilishida "tromboz" va "emboliya"ni differensial diagnostika qilishda anamnezdagi qaysi omillar bilan farqlaymiz?
Emboliya: To‘satdan boshlanadi, anamnezda yurak kasalliklari (aritmiya) bor.
Tromboz: Asta-sekin rivojlanadi, anamnezda uzoq vaqt davom etgan ateroskleroz yoki endarteriit belgilari mavjud.
Nima uchun bosh miyada quruq nekroz deyarli kuzatilmaydi va Bosh miyada nekrozni qaysi turi koproq uchraydi?
Kollikvatsion nekroz (Bosh miya): Miya to‘qimasi suv va lipidlarga juda boy, lekin oqsili kam. Shu sababli oqsillar koagulyatsiya (qotish) bo‘lolmaydi, fermentlar ta’sirida miya darrov erib, suyuqlikka (kistaga) aylanadi.
BONUSSSS
BONUSSSS
Qaysi kasallikda miya hujayralari asta-sekin nobud bo‘lib, xotira va kognitiv qobiliyatlar pasayadi?
Javob: Altsgeymer kasalligi.