(Blank)
(Blank)
(Blank)
(Blank)
(Blank)
100

Jarima jazosini ijro etishda shaxslar qancha muddat ichida ixtiyoriy tarzda to‘lashga majbur?

1 oy mudat ichida

100

Davlat hisobidan yuridik yordam berish  faqat kam ta'minlangan mahkumlarga tegishlimi yoki barcha toifadagilargami?

JIK 10-moddasiga ko‘ra, davlat hisobidan yuridik yordam berish faqat qonunda belgilangan toifalarga (kam ta’minlanganlar, ijtimoiy himoyaga muhtojlar va h.k.) tegishli.

100

Voyaga yetmagan mahkum jarimani necha oy muddat ichida ixtiyoriy to'lashi shart?

IKning 19-moddasiga muvofiq, jinoyat sodir etgan va jarima tariqasidagi jazoga hukm qilingan voyaga yetmagan shaxs (18 yoshga toʻlmaganlar) jarimani hukm qonuniy kuchga kirgan kundan boshlab 6 oy muddat ichida ixtiyoriy ravishda toʻlashi shart.

100

`Muayyan huquqdan mahrum qilish jazosini ijro etish qaysi organ zimmasiga yuklatilgan?

ichki ishlar organlarining probatsiya bo‘linmalari

100

Majburiy jamoat ishlari vaqti ish yoki o'qish kunlarida odatda necha soatdan oshmasligi lozim?

Ish yoki o‘qish kunlarida: Odatda ikki soatdan, mahkumning iltimosiga ko‘ra esa to‘rt soatdan oshmasligi lozim.

200

Sud hukmi chiqqandan keyin, mahkum necha kun ichida probatsiya bo'linmasida hisobga turishi shart?

o‘n kunlik muddat ichida

200

Jarimani ixtiyoriy to'lash imkoni bo'lmasa, sud uni kechiktirishda qaysi kodeksga tayanadi?

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksida (JPK)

200

Mahkum o'z xohishi bilan ishdan bo'shamoqchi bo'lsa, kimning yozma ruxsatini olishi talab etiladi?

Jazoni ijro etuvchi organning, ya’ni mahkum hisobda turgan probatsiya bo‘linmasining yozma ruxsatini olishi talab etiladi.

200

Majburiy jamoat ishlari o'taladigan joylar kimlar tomonidan belgilanadi?

mahalliy davlat hokimiyati organlari (hokimliklar) tomonidan belgilanadi

200

Mahkum axloq tuzatish ishlaridan bo'yin tovlasa, o'talmagan muddat qaysi jazo turiga almashtiriladi?

Ozodlikni cheklashga yoki Ozodlikdan mahrum qilishga.

300

Majburiy jamoat ishlari davrida mahkumga navbatdagi mehnat ta'tili berilishi jazoni to'xtatadimi?

TO'XTATILMAYDI (Faqatgina mahkumning sog‘lig‘i holati (kasallik varaqasi asosida) yoki boshqa o‘ta uzrli sabablar yuzaga kelganda, probatsiya bo‘linmasi jazoni ijro etishni vaqtincha to‘xtatib turishi yoki boshqa vaqtga ko‘chirishi mumkin)

300

JIK 9-moddasidagi "psixologik yordam" mahkumning roziligisiz amalga oshirilishi qaysi holatda qonuniy hisoblanadi (bor bo'lsa)?

Mahkum o‘z joniga qasd qilish (suitsid) ehtimoli bo‘lganda yoki atrofdagilar uchun xavfli agressiv holatda bo‘lganda

300

Manzil-koloniyalardagi mahkumlarga boshqa turdagi JIEMlardan farqli o'laroq, qaysi turdagi o'quv yurtlarida o'qishga ruxsat beriladi?

Oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarining sirtqi bo‘limlarida ta’lim olishga ruxsat beriladi.

300

Qaysi toifadagi mahkumlar faqat o'z xohishlariga ko'ra ta'lim olishga jalb etiladi (majburiy emas)?

 Faqat o‘z xohishlariga ko‘ra jalb etiladi: 60 yoshdan oshgan erkaklar 55 yoshdan oshgan ayollar I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar.

300

Mahkum ish davomida jarohat olsa yoki mayib bo'lsa, unga to'lanadigan tovon puli tartibi qanday?

Oddiy fuqarolar kabi, ijtimoiy sug‘urta qilinishi shart. Agar baxtsiz hodisa ish beruvchining (koloniya yoki u bilan shartnoma tuzgan korxonaning) aybi bilan yuz bersa, zarar to‘liq qoplanadi.

400

Mahkum dam olish kunida ishlashga jalb etilsa, unga qanday kompensatsiya berilishi shart va bu qaysi kodeks bilan tartibga solinadi?

Boshqa dam olish kuni (otgul) beriladi yoki ikki baravar haq to‘lanadi; Mehnat kodeksi bilan tartibga solinadi.

400

Mahkum yetkazgan zarari uchun qaysi holatda Mehnat, qaysi holatda Fuqarolik qonunchiligi asosida javobgar bo‘ladi?

  • Mehnat qonunchiligi: Ish jarayonida (mehnat vazifasini bajarayotganda) zarar yetkazsa.

  • Fuqarolik qonunchiligi: Ishdan tashqari boshqa harakatlari bilan zarar yetkazsa.

400

Qaysi turdagi JIEM mahkumlari jazoni o‘tash davrida pensiya olish huquqiga ega?

Faqat Manzil-koloniya mahkumlari (pensiya olishi mumkin)

400

Mahkumning tuzalish yo‘liga o‘tganligi maxsus komissiya tomonidan qaysi vaqt oralig‘ida ko‘rib chiqiladi va agar mahkum "tuzalish yo‘liga o‘tmagan" deb topilsa, u bilan olib boriladigan ishlarga qo‘shimcha ravishda kim jalb etilishi shart?

  • Har chorak (3 oy) yakunida ko‘rib chiqiladi.

  • Muassasa psixologi jalb etiladi.

400

Mahkum muassasaga qabul qilinganida 15 kun davomida karantinda bo‘ladi Mahkum jazoni o‘tash davrida rejaviy ravishda necha oyda kamida bir marta tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilishi shart?

Olti oyda kamida bir marta

500

Manzil-koloniyadagi mahkumning qaysi davri har yilgi mehnat ta’tili olish uchun zarur bo‘lgan ish stajiga qo‘shib hisoblanmaydi?

Mahkum koloniyaning intizomiy bo‘linmasida (ShIZOda) saqlangan vaqti

500

Mahkum yaqin qarindoshining vafoti munosabati bilan muassasa doirasidan chetga chiqishi mumkin.Qaysi toifadagi mahkumlarga chetga chiqishga aslo ruxsat berilmaydi?

O‘ta xavfli retsidivistlar, umrbod qamalganlar yoki yuqumli kasallikka chalinganlar.

500

Muassasada ommaviy tartibsizliklar yuz berganda alohida holat joriy etilishi mumkin Alohida holat kim tomonidan va kim bilan kelishilgan holda joriy etiladi?

Ichki ishlar vaziri tomonidan, Bosh prokuror bilan kelishilgan holda

500

Homilador ayollar, nogironlar va voyaga yetmaganlarga nisbatan maxsus vositalarni qo‘llash taqiqlanadi qaysi ikki holatda ushbu taqiq bekor qilinadi va ularga nisbatan ham maxsus vositalar (rezina tayoq, gaz va h.k.) ishlatilishiga ruxsat beriladi?

  • Qurolli qarshilik ko‘rsatilganda;

  • Fuqarolar hayoti va sog‘lig‘iga tahdid etib, guruh bo‘lib hujum qilinganda

500

Mahkumlarni saqlash sharoiti ham yengillashtirilishi, ham og‘irlashtirilishi mumkin.Saqlash sharoitining og‘irlashtirilishi qanday chora sifatida ko‘riladi?

Intizomiy jazo tarzida.

M
e
n
u