Kompyuter yoqilganda BIOS/UEFI dasturi birinchi navbatda qanday vazifani bajaradi?
Uskunalarni dastlabki tekshiruvdan o‘tkazadi va yuklanish jarayonini boshlaydi
Kompyuter korpusidagi havo oqimini to‘g‘ri tashkil qilishdan asosiy maqsad nima?
Ichki komponentlardan issiqlikni samarali chiqarish
Protsessorning overclocking jarayoni nimani anglatadi?
Protsessorni ishlab chiqaruvchi belgilagan standart chastotadan yuqoriroq chastotada ishlatish
kesh xotira nima?
Ma'lumotlarni tezkor almashish
Sovutish tizimida radiatorning vazifasi nima?
Issiqlikni katta sirt maydoni orqali atrof-muhitga uzatish
Kompyuterning asosiy hisoblash qurilmasi qaysi?
Mikroprotsessor
Ona plata yana qanday nomlanadi?
Motherboard/tizimli plata /anakart
USB portining vazifasi nima?
Tashqi qurilmalarni ulash
Ko‘p oqimli protsessorning afzalligi nima?
Bir yadroda bir nechta apparat oqimini bajarish imkoniyati
Kesh xotira nima uchun kerak?
Protsessorga kerakli ma’lumotlarni tez yetkazish uchun
Protsessor sovutgichida mis materialining qo‘llanilishi nimaga bog‘liq?
issiqlik o‘tkazuvchanligi yuqori ekanligiga
Operativ xotira qaysi slotga o‘rnatiladi?
DIMM
Videokarta odatda qaysi slotga ulanadi?
PCI Express
Ko‘p yadroli protsessor nima?
Bir nechta hisoblash yadrosiga ega protsessor
Kesh xotira qaysi xotiraga nisbatan tezroq ishlaydi?
Operativ xotiraga (RAM)
SATA ma’lumot kabeli qaysi qurilma bilan tizimli plata o‘rtasida ma’lumot almashinuvini ta’minlaydi?
HDD yoki SATA SSD
ATX form-faktori nimani belgilaydi?
Tizimli plataning o‘lchamlari, joylashuvi va korpus bilan moslik talablarini
Kompyuterga qo‘shimcha videokarta o‘rnatish uchun nima muhim?
Tizimli platada mos PCIe sloti
Ko‘p yadroli protsessorda yadrolar o‘rtasidagi vazifalarni taqsimlashni kim tashkil qiladi?
Operatsion tizim
BONUS
Qaysi port orqali zamonaviy tashqi ma’lumot tashuvchilar va boshqa periferik qurilmalar ulanadi?
USB
Tizimli platadagi CMOS batareyasi ishdan chiqsa, qanday belgi kuzatilishi mumkin?
Sana, vaqt yoki ayrim BIOS/UEFI sozlamalari saqlanmasligi mumkin
Tizimli platada ikkita RAM moduli tegishli kanallarga o‘rnatilsa, qanday imkoniyat yuzaga keladi?
Ikki kanalli xotira rejimi (Dual Channel) ishlashi mumkin
Protsessor soketidagi kontaktlardan biri shikastlansa, qanday muammo yuzaga kelishi mumkin?
Protsessor noto‘g‘ri ishlashi yoki umuman ishga tushmasligi mumkin
SIZNI TABRIKLAYMIZ
BONUS