Kimyoviy reaksiya nima?
Moddalarning boshqa moddalarga aylanishi.
Birikish reaksiyasi deb qanday reaksiyaga aytiladi
Ikki yoki undan ortiq moddadan bitta modda hosil bo‘ladigan reaksiya.
O‘rin olish reaksiyasida qanday moddalar o‘zaro reaksiyaga kirishadi?
Oddiy va murakkab moddalar.
Parchalanish reaksiyasi deb qanday reaksiyaga aytiladi?
Bitta murakkab moddaning ikki yoki undan ortiq moddaga ajralish reaksiyasiga.
Almashinish reaksiyasi deb qanday reaksiyaga aytiladi?
Ikki murakkab modda tarkibiy qismlarining o‘zaro almashinish reaksiyasiga.
Kimyoviy reaksiyada boshlang‘ich moddalar nima deyiladi?
Reagentlar.
2H²+O>2H²O quydagi reaksiya qaysi turga kiradi?
Birikish
O‘rin olish reaksiyasi deb qanday reaksiyaga aytiladi?
Oddiy modda murakkab modda tarkibidagi elementlardan birining o‘rnini egallaydigan reaksiyaga.
Nima uchun parchalanish reaksiyasi birikish reaksiyasiga teskari jarayon hisoblanadi?
Parchalanishda bitta moddadan bir nechta modda, birikishda esa bir nechta moddadan bitta modda hosil bo‘ladi.
Almashinish reaksiyasida qanday moddalar o‘zaro reaksiyaga kirishadi?
Ikki murakkab modda.
Reaksiya natijasida hosil bo‘lgan moddalar nima deyiladi?
Mahsulotlar
Birikish reaksiyasi bilan parchalanish reaksiyasining asosiy farqi nimada?
Birikishda bir nechta moddadan bitta modda, parchalanishda esa bitta moddadan bir nechta modda hosil bo‘ladi.
Rux metalli xlorid kislota bilan reaksiyaga kirishganda qanday gaz ajraladi?
Vodorod gazi (H₂).
Vodorod peroksid parchalanganda qanday moddalar hosil bo‘ladi?
Suv va kislorod.
Reaksiya: 2H₂O₂ → 2H₂O + O₂
Nima uchun AgNO₃ va NaCl eritmalari aralashtirilganda oq cho‘kma hosil bo‘ladi?
Chunki suvda kam eriydigan kumush xlorid (AgCl) hosil bo‘ladi.
Tenglama: AgNO₃ + NaCl → AgCl↓ + NaNO₃
Kimyoviy reaksiya vaqtida atomlar yo‘qoladimi?
Yo‘q, atomlar qayta guruhlanad
Oddiy modda bilan murakkab modda reaksiyaga kirishib, bitta mahsulot hosil qilsa, bu doimo birikish reaksiyasi hisoblanadimi?
Yo‘q. Reaksiya tenglamasidagi moddalar soni va tarkibi ham hisobga olinadi.
Nima uchun mis metalli ruxni rux sulfat eritmasidan siqib chiqara olmaydi?
Chunki mis ruxga qaraganda kimyoviy faolligi past.
Kalsiy karbonat qizdirilganda qaysi moddalar hosil bo‘ladi?
Kalsiy oksid va karbonat angidrid.
Reaksiya: CaCO₃ → CaO + CO₂
Almashinish reaksiyasi sodir bo‘lishiga yordam beradigan uchta holatni ayting.
Cho‘kma hosil bo‘lishi, gaz ajralishi yoki suv kabi kuchsiz elektrolit hosil bo‘lishi.
Magniy kislorod bilan reaksiyaga kirishganda magniy oksid hosil bo‘ladi. Reaksiya tenglamasini yozing.
2Mg + O2 → 2MgO
Birikish reaksiyasida ikki xil murakkab modda o‘zaro reaksiyaga kirishib, bitta yangi modda hosil qilishi mumkinmi? Fikringizni misol bilan izohlang.
Ha, mumkin. Masalan:
CaO + CO₂ → CaCO₃
Temir mis sulfat eritmasiga tushirilganda temir sulfat va mis hosil bo‘ladi. Nima uchun bu reaksiya o‘rin olish reaksiyasi hisoblanadi?
Chunki temir misdan faolroq bo‘lib, misni uning birikmasidan siqib chiqaradi:
Parchalanish reaksiyasi qanday sharoitlarda sodir bo‘lishi mumkin? Ikkita misol keltiring.
Qizdirish yoki elektr toki ta’sirida. Masalan, kalsiy karbonatning qizdirilishi va suvning elektrolizi
Bariy xlorid va natriy sulfat eritmalari o‘zaro reaksiyaga kirishganda qanday cho‘kma hosil bo‘ladi?
Oq rangli bariy sulfat (BaSO₄) cho‘kmasi hosil bo‘ladi.
Reaksiya tenglamasi:
BaCl₂ + Na₂SO₄ → BaSO₄↓ + 2NaCl