Arab xalifaligi qoʻshinlari Sosoniylar Eronini zabt etgach qayerni bosib olmoqchi boʻladilar?
Movarounnahr
Arab askarlari necha turga boʻlingan? Ularni sanab bering.
3 turga: 1-piyoda, 2-otliq, 3-tuyakash
Arab xalifaligi qaysi dinlarni soxta deb eʼlon qilgan?
Zardushtiylik, shomonlik va moniylik
Turkiy davlatlarga qaysi hududlar kiradi?
Sharqiy turk xoqonligi, Gʻarbiy turk xoqonligi va Turkash xoqonligi.
Arab istilosining ilk bosqichi nima boʻlgan?
Talonchilik
Arablar qaysi hududlarni Xuroson deb atashgan?
Afgʻonistonning shimoliy, Eronning shimoli-sharqiy qismi hamda Janubiy Turkmanistondan to Amudaryogacha boʻlgan hududlarni.
Movarounnahr soʻzining maʼnosi?
Daryoning narigi tomoni.
Mintaqada yangi siyosiy kuchning paydo boʻlishi oqibatida Turon hududi necha qismga boʻlinadi va ularni nomlarini ayting.
2 qismga boʻlinadi: Movarounnahr (Daryoning narigi tomoni) va Arodi at-turk («Turklar yerlari», ya'ni arablarga boʻysunmagan hukmdorlar yerlari)
Qutayba ibn Muslim qanday inson boʻlgan?
Gʻayratli, uddaburon lashkarboshi, adolatli hukmdor, xiyonatni yoqtirmaydigan, oʻjar tabiatli, ilmli va she'riyatni qadrlovchi inson boʻlgan.
Qutayba ibn Muslim qayerda tavallud topgan?
Shomning Boxila degan joyida.
Xurosonning markazi qaysi shahar boʻlgan.
Marv shahri
Xuroson noibi ning ismi nima?
Qutayba ibn Muslim.
Ubaydulloh ibn Ziyod qaysi hududlarni bosib oladi?
Poykand va Romitan.
Muhammad Narshaxiy nechanchi asr muarrixi?
IX asr
Qutayba ibn Muslim ni kim Xurosonga noib etib tayinlagan?
arab xalifasi Abdurahmon ibn Marvon.
Qaysi ish istilochilarni Movarounnahrga yurish imkoniyatini oshiradi?
Turklarning Balxni tashlab chiqishi.
Arablar tomonidan zabt etilgan xalq vakillari qanday vazifani bajarishgan?
Piyoda qoʻshinlar vazifasini bajarishgan
Ubaydulloh ibn Ziyod kim tomonidan Xurosonga yuboriladi?
Xalifa Muoviya I tomonidan.
«Buxoro tarixi» kitobini kim yozgan?
Abu Bakr Narshaxiy
Arablarga qaysi davlatlarning qoʻshinlari qarshi chiqadi?
Fors, turk va sugʻd.
Arablar nechanchi yilda Amudaryoning oʻng sohiliga bosqinchilik yurishlarini boshlashgan?
654-yil
Qutayba ibn Muslim ning toʻliq ismi.
1000 ball
Amir Qutayba ibn Muslim ibn Umar ibn Husayn ibn Robiya ibn Xolid ibn Usayd Al-Xayr boʻlgan
Ular xotinning ....... ham ..... bilan topib oldilar.
Nuqtalar oʻrnini toʻgʻri ketma-ketlikda toʻldiring.
bir poy etigini, paypogʻi
Bu kurashda .... , .... , ... va ... , .... , ... lari va .... yagona maqsad yoʻlida birlashdilar.
Nuqtalar oʻrninini toʻldiring.
Sugʻd ixshidlari, Buxoro buxorxudotlari, Kesh, Nasaf hokimlari, Choch tudunlari, Fargʻona hukmdorlari, Toxariston yabgʻulari.
Fargʻona hokimliklarga boʻlinib ketgan edi. ... , ..., ..., ... , ... ,..., ... kabi oʻlkalar ham yarim mustaqil mulklar sifatida oʻz hokimlari tomonidan boshqarilardi.
Nuqtalar oʻrnini toʻldiring.[7 ta soʻz]
Ustrushona, Chagʻoniyon, Kabodiyon, Xutalon, Rasht, Darvoz, Badaxshon.