Mubham roviy deganda nima tushuniladi ?
Hadis isnodida roviyning ismi zikr qilinmay balki "bir kishidan " yoki "falonchidan" deb zikr qilinishiga aytiladi.
Shozzning lug'aviy ma'nosi nima ?
Lug'atda - " yolg'iz " , " jamoadan ajralgan " degan ma'nolarni anglatadi .
Muhmal roviy deb nimaga aytiladi ?
Hadis isnodida o'z shayxining ismini zikr qilib nasabini zikr qilmaslik.
Roviyning "adolat"iga qanday sabablar putur yetkazadi ?
Hadis to'qish, hadis to'qishda ayblanish , yplg'onchilik yoki bid'atchilikda ayblanish.
" Illatli hadis " deb nimaga aytiladi ?
Sahih deb bilingan va sanadda va matnda ushbu sahihlikka putur yetkazadigan omil bo'lgan rivoyatga aytiladi.
Hajar Asqaloniyning “Bayon al-fasl lima rujiha fihi al-irsol ala al-vasl” hamda “Mazid an-nafʼ li maʼrifati mo rujiha fihi al-vaqf ala ar-rafʼ” asarlari qanday mavzuga bagʻishlangan ?
" vasl va raf " qilgan roviy rivoyatlari hukmi borasida.
Isnodda Muhmal roviyning mavjudligi uning sahihligiga jiddiy ta'sir qiladimi ?
uning ishonlilil darajasiga va hadis ilmidagi rivoyat va diroyat ilmlaridan xabardorligiga qaraladi .
"Majhulul ayn" roviy deb kimga aytiladi ?
Undan faqat bitta roviy rivoyat qilgan va uni biror muhaddis yoki roviy ishnochli ekanini aytmagan .
Shozzning istilohiy ma'nosi nima ?
" Siqa" roviyning o'zidan ko'ra ishonliroq roviyga xilof qilishi ( Imom Shofe ta'rifi )
"Majhulul Hol" roviy deb nimaga aytiladi ?
Ikki yoki undan ko'p roviylar tomonidan rivoyati naql qilingan ammo ishonchli ekani aytilmagan.
Hokim Naysoburiy shozzga qanday ta'rif bergan va uning ta'rifi nima sababdan rad etiladi ?
" Shozz - Siqa roviyning boshqa shu kabi roviylar tomonida uning rivoyati rivoyat qilinmasligi.
qabul qilinmasligining sababi ko'plab sahih hadislarning ham roviysi yolg'izlanib qolgan .
Hanafiy olimlardan Iso ibn Obon roviylarni qanday toifalarga bo'lgan ?
Birinchi guruhga “rivoyat va hifz” hamda “fiqh va ijtihod” sohibi sifatida tanilgan kishilarni kiritgan boʻlsa, ikkinchi guruhga faqatgina “rivoyat va hifz” sohibi sifatida tanilgan roviylarni kiritgan. Uchinchi guruhga yuqoridagi sifatlardan birortasiga egaligi bilan tanilmagan kishilarni kiritgan.
Hadisda illat mavjudligini qanday belgilar orqali bilish mumkin ?
Roviy hadis isnodida yolg'izlanib qolishi
Roviy rivoyatda bsohqa rivoyatlarga xilof qilishi
Nima sababdan mubhamga Majhulul ayn hukmi beriladi ?
Chunki, uning kimligi maʼlum emas ekan, ishonchli yoki ishonchsizligi ham nomaʼlum boʻladi. Demak, bunday rivoyatlar ishonchli deb topilmasligi kerak
Shozzlik hadisning qaysi o'rnida bo'lishiga qarab qanday turlarga bo'linadi ?
1) Isnoddagi shozzlik
2) Matndagi shozzlik
3) Matnda va Isnoddagi shozzlik
Hadis illatlarini aniqlashda qanday manbalar muhim xisoblanadi ?
Hadis illatlariga bag'ishlangan asarlar, Sualot kitoblari, Tarix , jarh va ta'dil
Abdulhay Laknaviy " zafar al amoniy " sida Muhmalga qanday ta'rif berganlar ?
" Bir roviyning ismda, ism va otasining ismida yoki ism, otasining ismi va bobosining ismida otdosh boʻlgan ikki roviydan hadis rivoyat qilib, ularning qaysi biri ekaniga dalolat qiluvchi ishora bermasligi holati uchraganda, mazkur otdosh kishi “muhmal” deb bilinishi qayd qilingan. "
Hanafiy "usul al hadis" ida majhul roviy deganda nima tushuniladi ?
Kishining rivoyatlari kamligi, yaʼni bir yoki ikkitaligi sababidan “adolat” va “zabt”i ham koʻpchilikka maʼlum boʻlmagani nazarda tutiladi.
Muhaddislar muhmal roviylarga doir qanday qoidalarni ishlab chiqganlar ?
Ato ismi “muhmal” boʻlganda u ibn Abu Rabohdir; Zoida ismi “muhmal” boʻlganda u ibn Qudomadir;
Lays ismi Imom Muslim rivoyatida kelsa u ibn Saʼddir;
marvliklar rivoyatida Abdulloh ismi “muhmal” boʻlganda u ibn Muborakdir;
Sufyon ibn Uyaynadan rivoyat qilgan Amr ismi “muhmal” boʻlganda u ibn Dinordir;
Shuʼbadan rivoyat qilgan Amr ismi “muhmal” boʻlganda u ibn Murradir;
Sufyondan rivoyat qilgan Abdurahmon ismi “muhmal” boʻlganda u ibn Mahdiydir;
Abu Hurayradan rivoyat qilgan Said ismi “muhmal” boʻlganda u ibn Musayyabdir
Hokim Naysoburiyga ko'ra hadis qaysi sababga ko'ra illatli bo'ladi ?
Jarh va ta'dil tadqiqida aniqlanmaydigan kamchiliklar bilan illatli bo'adi .
Vuhdonning qanday turlari bor va ularga ta'rif bering.
"Vuhdon ar ruvot" - Uning hadisini faqat bitta roviy rivoyat qilgan roviy
" Vuhdon al hadis " - faqat bitta hadis rivoyat qilgan va undan ko'pchilik roviylar ushbu hadisni rivoyat qilishgan.
Xatib Bag'dodiy va Ibn Rajab Hanbaliy " Ziyoda as siqa" ga qanday ta'rif berishgan
Xatib bag'dodiy - " Adolatli kishining rivoyatida boshqa roviylarning naqllarida mavjud boʻlmagan narsa qoʻshilib qolishiga “ziyoda as-siqa” deb taʼrif bergan.
Ibn Rajab Hanbaliy - " Roviylarning bir jamoasi bir hadisni bir isnod va matn bilan rivoyat qiladilar. Roviylardan baʼzisi unda boshqa roviylar zikr qilmagan narsani qoʻshib qoʻyadi"
Tobeinlar orasidagi Vuhdon roviylarni sanang ?
Muhammad ibn Abu Sufyon ibn Horisa Saqafiy, Amr ibn Abu Sufyon kabilardan faqat Muhammad ibn Shihob Zuhriy, Misvar ibn Rifoa Quraziydan faqat Molik, Fazl ibn Fazoladan faqat Shuʼba ibn Hajjoj hadis rivoyat qilgan
Hadis illatlari bo'yicha Doraqutniy qanday asar yozgan ?
“Al-Ilal al-vorida fi al-ahodis an-nabaviyya”
Muhmal roviylar to'g'risida qanday asarlar yozilgan ?
Xatib Bagʻdodiyning “al-Mukammal fi bayon al-muhmal” , Abu Ali Husayn Jayyoniyning “Taqyid al-muhmal va tamyiz al-mushkil " kabi asarlar mavjud