XIX asrning oxiri va XX asrning boshlarida vujudga kelgan iqtisodiy ta'limotlarga xos xususiyatlar nimadan iborat?
Marjinalizm, Neoklassik iqtisodiy maktab, Institutsionalizm, Keynschilikka zamin yaratilishi, Iqtisodiy matematik usullarning rivojlanishi
U.Jevonsning iqtisodiy bobdagi asosiy asarlari qaysilar?
«Siyosiy iqtisod nazariyasi»,«Oltin qiymatining pasayishi»,«Iqtisodiyotning asosiy tamoyillari»,«Ilm-fan asoslari».
Eugen Byom-Baverkning 1884-yilda yozgan asari qanday nomlanadi?
Kapital va foiz» asari. Unda kapital, foiz va vaqt omilining iqtisodiy ahamiyati o‘rganilgan.
Torsteyn Veblenning 1899-yildagi asari qanday nomlanadi?
Bekorchilar sinfi nazariyasi»
Kembrij maktabining asosiy vakili kim va uning mashhur asari qachon nashr etilgan?
Alfred Marshall (1842–1924). Uning «Iqtisodiyot tamoyillari» asari 1890-yilda nashr etilgan.
XIX asrning 70-yillarida qaysi nazariy maktablar shakllangan?
Avstriya, Kembrij (Angliya) , Lozanna(Shveysariya) maktablari shakllangan.
Jan Batis Klark yashab oʻtgan yillari?
(1847-1938)
Leon Valrasning 1874-yilda nashr etilgan asari qanday nomlanadi?
Sof siyosiy iqtisod elementlari». Unda umumiy iqtisodiy muvozanat nazariyasini ishlab chiqqan.
Vilfredo Pareto iqtisodiyotga qanday hissa qo‘shgan?
U iqtisodiy samaradorlik va daromad taqsimotini o‘rgangan. Pareto samaradorligi tushunchasini rivojlantirgan.
Neoklassik iqtisodchilar davlatning iqtisodiyotga aralashuvi haqida qanday fikr bildirgan?
Davlatning iqtisodiyotga ortiqcha aralashuviga qarshi bo‘lgan. Ular erkin bozor mexanizmini qo‘llab-quvvatlagan.
Bozorning iqtisodiy muvozanati nimani anglatadi?
Bu bozorda tovar va xizmatlarga bo‘lgan talab hajmi taklif hajmiga teng bo‘lgan holatdir.
Me'yorli foydalilik gʻoyasi nima?
Bu iqtisodiy hayotning eng murakkab koʻrinishlarini yechishga kalit va ilmning eng chigal muammolarini hal etishga imkon beruvchi formula.
Avstriya maktabining asoschisi kim va uning asosiy davomchilari kimlar?
Karl Menger asoschisi hisoblanadi. Eugen Byom-Baverk va Fridrix fon Vizer uning asosiy davomchilaridir.
Valras qonuni nimaga asoslanadi?
Bozorlardagi ortiqcha talablarning qiymat jihatidan yig‘indisi nolga teng bo‘lishiga asoslanadi.
Jevons mehnatni qiymatning yagona manbai deb hisoblaganmi?
Yo‘q. U mehnatni qiymatning yagona manbai deb hisoblamagan, ammo uning ishlab chiqarishdagi rolini inkor etmagan.
L.Valras qonunini izohlang.
L. Valras qonuni (umumiy iqtisodiy muvozanat qonuni) — iqtisodiyotda barcha bozorlarda talab va taklif o‘zaro tenglashganda umumiy iqtisodiy muvozanat yuzaga kelishini ifodalaydi.
Marjinalizm va neoklassik maktabning farqi nimada?
Marjinalizm chegaraviy naflilikka asoslangan bo‘lsa, neoklassik maktab talab, taklif, ishlab chiqarish va bozor muvozanatini kengroq o‘rgangan.
Marjinalizm va neoklassik maktabning zamonaviy iqtisodiyotga ta’siri qanday?
Ular mikroiqtisodiyot, narx belgilash, iste’molchi tanlovi, ishlab chiqarish samaradorligi va resurslarni taqsimlash nazariyalarining rivojlanishiga asos bo‘lgan.
Neoklassiklar fikricha, bozor mexanizmi qanday vazifani bajaradi?
Ishlab chiqarish va iste’mol o‘rtasida muvozanat o‘rnatadi hamda xo‘jalik jarayonlarini tartibga soladi.
Valras iqtisodiy subyektlarni qanday ikki guruhga ajratgan?
Ishlab chiqarish omillariga egalik qiluvchi uy xo‘jaliklari va ushbu omillarni sotib olib ishlab chiqaruvchi korxonalarga.
Marjinalizmning iqtisodiyot fanida tutgan oʻrni haqida aytib bering.
Marjinalizm iqtisodiyot fanini yangi nazariy tushunchalar bilan boyitib, zamonaviy iqtisodiy tahlilning rivojlanishiga asos bo‘ldi.
Neoklassik iqtisodiy maktab klassik maktabdan qaysi jihatlari bilan farq qiladi?
Klassik maktab ishlab chiqarish xarajatlariga ko‘proq e’tibor bergan bo‘lsa, neoklassiklar chegaraviy naflilik, talab, taklif va iste’molchi tanlovini chuqur o‘rgangan.
Pareto samaradorligi nimani anglatadi?
Bir kishining ahvolini boshqalarning ahvolini yomonlashtirmasdan yaxshilash imkoni qolmagan holatni anglatadi.
Neoklassik iqtisodchilar Adam Smit an’analarini qanday davom ettirgan?
Ular erkin bozor, xususiy tadbirkorlik va raqobat g‘oyalarini rivojlantirib, iqtisodiy qonuniyatlarni yagona nazariy tizimga birlashtirishga harakat qilgan.
Valrasning takror ishlab chiqarish jadvali nimani ko‘rsatadi?
Korxonalar va uy xo‘jaliklari o‘rtasidagi ishlab chiqarish omillari, tovarlar, xizmatlar va daromadlar aylanishini ko‘rsatadi.