Inflyatsiya sur’ati juda yuqori bo‘lsa, Markaziy bank asosiy stavkani oshiradimi yoki tushiradimi?
Oshiradi.
Mikrokreditning eng yuqori miqdori qancha?
300 million so‘m (Tadbirkorlik faoliyati uchun).
Banklar va MMTlarda 90 kundan ortiq muddati o‘tgan kreditlar qanday nomlanadi?
NPL (Non-Performing Loans) yoki muammoli kreditlar.
Frank Kaupervud ismli yosh va iqtidorli moliyachining muvaffaqiyati va inqirozi haqida hikoya qiluvchi mashhur "Istak trilogiyasi"ning birinchi kitobi qaysi?
Teodor Drayzer — "Moliyachi" (The Financier)
2008-yilgi inqiroz haqida suratga olingan, bosh rollarni Kristian Beyl va Bred Pitt ijro etgan film?
The Big Short (Katta o‘yin / Игра на понижение, 2015)
Markaziy bank tomonidan tijorat banklariga beriladigan kreditlar bo‘yicha o‘rnatiladigan ............. nima?
asosiy stavka
Mikrokredit tashkilotlari, lombardlar va ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotlari umumiy qanday nomlanadi?
No-bank kredit tashkilotlari.
Mijozning kredit olish qobiliyatini avtomatik tarzda ballar orqali baholaydigan tahliliy tizim nima deyiladi?
Kredit skoringi.
Vilvyam Shekspirning ushbu pyesasida pul qarzi evaziga o‘z tanasidan bir funt go‘sht berishga majbur bo‘lgan savdogar va sudxo‘r Shaylok o‘rtasidagi nizo hikoya qilinadi?
"Veneziya savdogari" (The Merchant of Venice)
1950-yillarda AQShda ikki nafar qora tanli tadbirkorning bank tizimiga kirishi va ko'chmas mulk bozorini qanday egallagani haqidagi real voqealarga asoslangan film?
"The Banker" (Bankir)
Tijorat banklari o‘z depozitlarining ma’lum bir qismini Markaziy bankda saqlashga majbur. Bu nima deyiladi?
Majburiy zaxira talablari.
Mikromoliya tashkilotlari banklardan farqli ravishda aholidan nima qabul qila olmaydi?
Omonatlar (depozitlar).
O‘zbekiston qonunchiligiga ko‘ra, mikromoliya tashkilotlari tomonidan taqdim etilishi kutilayotgan, foydani bo‘lishishga asoslangan moliyaviy xizmatlar qanday nomlanadi?
Islomiy moliya xizmatlari (masalan, Murabaha).
1776-yilda yozilgan, zamonaviy iqtisodiyot va bank tizimining "Injili" deb ataladigan, bozor iqtisodiyoti asoslari yoritilgan asar?
Adam Smit — "Xalqlar boyligi"
Qaysi filmda moliya olamidagi firibgarliklari uchun qamalgan real shaxs — Jordan Belfort hayoti tasvirlangan?
The Wolf of Wall Street (Uoll-strit bo‘risi / Волк с Уолл-стрит, 2013)
Markaziy bank iqtisodiyotda narxlarning keskin ko'tarilib ketishini jilovlash va milliy valyuta qadrsizlanishining oldini olish uchun qanday asosiy strategik maqsaddan foydalanadi?
Inflatsion targetlash
Garov evaziga qisqa muddatli mikrokreditlar beruvchi tashkilot nima deyiladi?
Lombard.
O‘zbekistonda kredit axborotining davlat reyestrini qaysi tashkilat yuritadi?
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki (Kredit axborotining davlat reyestri).
Yirik tijorat bankining ichki sirlari, raqobat, kredit operatsiyalari va bankdagi hokimiyat uchun kurashni professional darajada yoritgan roman nomi?
Artur Xeyli — "Bankir" (The Moneychangers)
Birgina treyderning (Nik Lison) xatolari tufayli Britaniyaning 233 yillik tarixga ega eng qadimgi banklaridan biri — Barings Bankning qulashi haqidagi film?
"Rogue Trader" (Firibgar treyder)
Pul-kredit siyosatining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha qarorlar bir yilda necha marta ko‘rib chiqiladi?
8 marta (har chorakda va oraliq yig‘ilishlarda).
Mikromoliya tashkilotlari tomonidan taqdim etiladigan, uskunalar yoki transportni keyinchalik sotib olish sharti bilan ijaraga berish xizmati nima deyiladi?
Mikrolizing.
Kredit tashkilotlari shubhali operatsiyalar haqida ma’lumot berishi shart bo‘lgan, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashuvchi xalqaro standartlar to‘plami?
FATF standartlari (Financial Action Task Force ).
Shaxsiy moliya, aktivlar va passivlar o‘rtasidagi farqni hamda pulni qanday qilib o‘zi uchun ishlashga majbur qilishni o‘rgatuvchi dunyodagi eng mashhur bestseller?
Robert Kiyosaki — "Boy ota, kambag‘al ota"
2021-yilda oddiy odamlar birlashib, Reddit orqali GameStop aksiyalarini sotib olishi va natijada yirik "Xedj-fond"larni (Hedge Funds) milliardlab dollar zarar ko'rishga majbur qilgani haqidagi film?
"Dumb Money" (Ahmoqona pullar)