Bank qaysi so'zdan va qaysi tildan kelib chiqqan?
"Bank" italyancha "banca" so'zidan olingan bo'lib,"stol",aniqrog'i, "pulli stol" degan ma'nosini bildiradi.
Bank tizimi nima?
Bu mamlakatda pul muomalasi,kreditlash va moliyaviy operatsiyalarni amalga oshiruvchi barcha banklar majmuasi.
Markaziy bank nima?
Markaziy bank- bu shu davlat bank tizimining asosiy qismi bo'lib, foyda olishni maqsad qilib qo'ymaydigan, davlat va iqtisodiyot o'rtasida vositachi bo'lib xizmat qiladigan muassasa/
Markaziy bank mustaqilligining nechta turi mavjud va ular qaysilar?
- instrumentlami tanlashdagi mustaqillik;
- maqsadlami tanlashdagi mustaqillik.
Tijorat banki nima?
Bu aholi va korxonalarga xizmat ko'rsatib, depozit qabul qiladigan va kredit beradigan, foyda olish ko'zlagan bankdir.
Bank deb nimaga aytiladi?
Bank deb, pul mablag'larini yig'uvchi, saqlab beruvchi, kredit-hisob va boshqa har xil vositachilik operatsiyalarini bajaruvchi muassasaga aytiladi.
Nobank kredit tashkilotlariga misollar keltiring.
Kredit uyushmalari, lombordlar,mikromoliya,mikrolizing tashkilotlari va boshqalar.
Markaziy bank mulk shakliga ko'ra nechta turga bo'linadi va qaysilar?
1) Davlat
2) Aksioner
3) Aralash kapitalli
Markaziy bankning mustaqilligini belgilovchi indekslar qaysilar?
- Sukerman indeksi;
- GMT (Grilli, Maskiandaro va Tabellinilar tomonidan asos solingan) indeksi;
- Eyffinger-Shaling indeksi;
0 ‘zbekistonda tijorat banklarini tashkil etish va tugatishning huquqiy asoslari qaysi qonun asosida?
“Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi
Bank funksiyalarini sanab bering.
1)vaqtincha bo'sh turgan mablag'larni yig'ish va kapitalga aylantirish.
2)kredit munosabatlarida vositachilik qilish.
3)to'lov jarayonlarida vositachilik qilish.
4)muomalaga kredit vositalarini chiqarish.
O'zbekistonda banklar faoliyatining me'yoriy huquqiy asosini nima tashkil qiladi?
1) "O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki to'g'risi" dagi qonun
2) "Banklar va bank faoliyati to'g'risida"gi qonun
3) "Aksiyadorlik jamiyatlari va aksionerlar manfaatlarini himoya qilish to'g'risi"da qonun va boshqa normativ hujjatlar
AQSH FRT ni qaysi markaziy bank turiga kiritiladi ?
Aksioner turdagi Markaziy bank.
Markaziy bank mustaqilligini belgilovchi indekslar shartlarini tushuntiring.
1) Sukerman indeksi 4 ta guruhga bo'lingan 16 ta ko'rsatgichni o'zida mujassamlashtiradi/
2) GMT indeksi bo'yicha Markaziy bank mustaqilligi 8 ta me'zon bo'yicha baholanadi3
3) Eyffmger-Shaling indeksi 3 ta faktor asosida hisoblanadi:
- Markaziy bankning pul-kredit siyosatini aniqlashdagi mustaqilligi;
- Markaziy bank boshqaruv organlarida hukumat organlarining mavjudligi;
- Hukumat tomonidan tayinlanadigan Markaziy bank boshqaruv organlari a’zolarining ulushi.
Tijorat banklari nima asosida faoliyat yuritadi?
Markaziy bank tomonidan beriladigan litsenziya asosida.
Tarixda birinchi yuzaga kelgan aksiyadorlik bank qaysi va nechanchi yil?
Angliya banki 1694-yilda.
O'bekiston mustaqillikka erishgunga qadar bank tizimi rivojlanish bosqichlarini sanab bering.
1) XIX asrning oxiridan 1930-1932-yillar
2) 1932-1959-yillar
3) 1959-1988-yillar
4) 1988-1990-yillar
Markaziy bank funksiyalarini ayting?
-banknotalar (naqd pullar) emissiyasi;
-davlatning oltin - valyuta zaxiralarini saqlash;
-pul-kredit siyosati instrumentlari yordamida iqtisodni muvofiq
lashtirish;
-kredit institutlari faoliyatini muvofiqlashtirish;
-davlat banki sifatida faoliyat ko‘rsatish;
-to‘lov-hisob munosabatlarini tashkil qilishni belgilab berish;
-valyuta kursini muvofiqlashtirish.
Eng mustaqil Markaziy bank qaysi?
Germaniya Markaziy banki
Tijorat banklarining funksiyalari nechta va ular qaysilar?
1. Vaqtincha bo‘sh turgan pul mablag'larini yig'ish va ularni kapitalga aylantirish;
2. Korxona, tashkilotlar, davlat va aholini kreditlash;
3.Muomalaga kredit pullar (muomalaning kredit vositalari)ni chiqarish;
4. Iqtisodiyotda hisob-kitoblar va tolovlarini amalga oshirish;
5. Moliya - valyuta bozorida faoliyat ko‘rsatish;
6. Iqtisodiy-moliyaviy axborotlar berish va konsultatsiya xizmatlarini ko‘rsatish.
"O'zbekiston Respublikasining Markaziy banki to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Qonunining 1-moddasida nima belgilagan?
O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki yuridik shaxs bo'lib, faqat davlat mulki hisoblanadi.O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki-iqtisodiy jihatdan mustaqil muassasa, o'z xarajatlarini o'zining daromadlari hisobidan amalga oshiradi.
O'zbekistonda mustaqil bank tizimini yaratish ya'ni mustaqillikdan keyingi bankt tizimi rivojlanishning 7 ta bosqichini sanab bering.
1) 1991-1994-yillar
2) 1994-1996-yillar
3) 1997-2000-yillar
4) 2000-2006-yilgacha
5) 2006-2007-yillar
6) 2008-yillar
7) 2008-yildan keyingi davrlar
Pul-kredit siyosati nechta yo'nalishda olib boriladi va qaysilar?
1) Kredit ekspansiyasi
2) Kredit restriksiyasi
“The New Index for Central Bank Independence”
reytingli baholash ko‘rsatkichi nechchi bal oralig'ida Markaziy bank mustaqilligini baholaydi?
0-36 ballgacha
Aksiyadorlari soni 501 tadan 1000 tagacha bo'lgan banklarda kenggash tarkibi kamida nechta a'zodan iborat bo'lishi zarur?
Kamida 7 ta a'zodan iborat bo'lishi kerak