Меҳнат ҳуқуқининг услублари деганда...
Mеҳнат ҳуқуқий муносабатларини тартибга солиш шакллари ва воситалари йиғиндиси тушунилади.
Ижтимоий шерикчилик шакллари
бипартизм
трипартизм
Autstaffing nima?
Autstaffing ish beruvchi tomonidan o‘z xodimlarini ularning roziligi bilan boshqa yuridik shaxslarga ushbu xodimlar tomonidan ish beruvchi va uning xodimi o‘rtasida tuzilgan mehnat shartnomalarida, shuningdek jamoa kelishuvlarida belgilangan mehnat vazifalarini bajarish uchun vaqtinchalik yuborish yo‘li bilan ko‘rsatiladigan xizmatlar turidir.
Omadcha
+100
Ish beruvchi sinovning natijalari qoniqarsiz bo‘lganda...
mehnat shartnomasini bekor qilishga haqli, xodimning mehnat shartnomasida belgilangan ishni bajara olmasligi aniq faktlar asosida tasdiqlangan bo‘lishi lozim
Меҳнат ҳуқуқининг манбаларини юридик кучига кўра таснифланг
1) Ўзбекистон Республикаси Конституцияси;
2) Ўзбекистон Республикаси қонунлари ва қонуности хужжатлари
3) Ўзбекистон Республикаси Президентининг қарорлари ва фармонлари;
4) Ўзбекистон Республикаси Ҳукумати (Вазирлар Маҳкамаси) қарор ва фармойишлари;
5) Вазирликлар, давлат қўмиталари ва идораларининг норматив-ҳуқуқий ҳужжатлари;
6) Маҳаллий давлат ҳокимияти органлари норматив ҳужжатлари;
7) Локал тусдаги меъёрий ҳужжатлар.
Қўшимча келишув қачон тузилади?
Агар меҳнат шартномасини тузиш чоғида ушбу модданинг биринчи қисмида назарда тутилган шартлардан бирор-бири шартномага киритилмаган бўлса, бу меҳнат шартномасини тузилмаган деб эътироф этиш ёки уни бекор қилиш учун асос бўлмайди. Меҳнат шартномаси қўшимча шартлар билан тўлдирилиши керак. Бунда қўшимча шартлар меҳнат шартномасининг ажралмас қисми бўлган, меҳнат шартномасига доир ёзма шаклда тузиладиган қўшимча келишув билан белгиланади.

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi emblemasi
Ssuda ajratilishi uchun tashkilot ...
ish o‘rinlarini tashkil etishga doir davlat buyurtmasi dasturiga, shuningdek aholi bandligiga ko‘maklashish hududiy dasturlariga kiritilgan bo‘lishi;
soliq bo‘yicha qarzdorlikka, tijorat banklarining kreditlari bo‘yicha kechiktirilgan qarzdorlikka ega bo‘lmasligi kerak.
Ssuda olishga doir imtiyozli huquq qanday hududlarda faoliyat ko‘rsatayotgan tashkilotlarga beriladi?
band bo‘lmagan shaxslar uchun ish o‘rinlarini tashkil etayotgan, shuningdek ishsizlik darajasi barqaror tarzda yuqori bo‘lgan
Мақбул келадиган ишнинг камида 3та хусусияти?
Ишдан ва иш ҳақидан (меҳнат даромадидан) маҳрум бўлган шахслар учун уларнинг касб тайёргарлигига мос бўлган,
ёшини, соғлиғи ҳолатини, меҳнат стажини ва аввалги мутахассислиги бўйича тажрибасини,
маданиятини,
янги иш жойининг транспортда қатнаш жиҳатидан қулайлигини инобатга олувчи иш
Жамоа шартномалари ва келишувлари ўртасида 3та фарқ
Жамоа шартномалари:
корхона доирасида тузилади
икки томонлама тузилади
тарафлар белгилаган муддат давомида амал қилади.
Жамоа келишувлари:
тармоқ, ҳудуд ва республика миқёсида тузилади
уч томонлама тузилиши мумкин
3 йилгача муддатга тузилади.
Buyam bir omadda;)
+200
Ish qidirayotgan shaxsga maqbul keladigan ishga doir har bir taklif to‘g‘risidagi ma’lumotlar qayerga kiritib borilishi kerak?
“Bandlik xizmati” axborot tizimiga
Yakka tartibdagi huquqiy hujjatlar qaysilar va farqlari?
buyruqlar, farmoyishlar, qarorlar.
Rahbar yakka o‘zi qabul qiladigan yakka tartibdagi huquqiy hujjatlar buyruqlar yoki farmoyishlar tarzida e’lon qilinadi. Kollegial ijro etuvchi organ tomonidan qabul qilinadigan yakka tartibdagi huquqiy hujjatlar qarorlar tarzida qabul qilinadi.
Меҳнат ҳуқуқининг 5та принципларини сананг
-меҳнатнинг эркинлиги ва мажбурий меҳнатнинг тақиқланиши;
-меҳнат муносабатларида тенглик, камситишнинг тақиқланиши ва ҳуқуқий тартибга солишда асосли фарқларниўрнатиш мумкинлиги;
-ижтимоий шерикчилик
-меҳнат ҳуқуқларини амалга ошириш ва меҳнат мажбуриятларини ижросини таъминлашнинг кафолатланганлиги
-ходимнинг аҳволини ёмонлаштиришга йўл қўймаслик.
Қайси хужжатда ёзма шаклдаги меҳнат шартномаси (контакрт)ни тузиш пайтида амал қилиниши талаб этиладиган зарурий кўрсаткичлар(тавсиялар) белгилаб қўйилган?
Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 1997 йил 11 мартдаги «Ўзбекистон Республикасининг Меҳнат Кодексини амалга ошириш учун зарур бўлган норматив ҳужжатларни тасдиқлаш тўғрисида»ги Қарорининг 1-иловасида «Ёзма ҳолдаги меҳнат шартномаси (контракт) тузиш юзасидан тавсиялар» баён этилган
Subsidiya va grantning bir umumiy va bir farqli jihatini ayting?
Umumiy: Respublikasi Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasining mablag‘lari hisobidan
Farqi: Subsidiya bandlikni rag‘batlantirish va tadbirkorlikka jalb etish uchun
Grant ish qidirayotgan shaxslarni va ishsiz shaxslarni kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish uchun
O‘zini-o‘zi band qilgan shaxslarga qanday imtiyozlar beriladi?
O‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida mehnat faoliyatini amalga oshirish davri pensiya olish huquqiga ega bo‘lingan paytdan e’tiboran yoshga doir pensiyani hisoblab chiqarish uchun qabul qilinadigan ish stajiga qo‘shib hisoblanadi.
O‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatga olish davri, mehnat faoliyati bu davrda o‘zini o‘zi band qilish tartibida amalda bajarilganligi yoki bajarilmaganligidan qat’i nazar, pensiyani tayinlash uchun mehnat stajiga qo‘shib hisoblanadi.
Mahalliy mehnat organlari o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarga imtiyozli mikrokreditlar ajratish uchun tijorat banklariga tavsiyalar beradi.
O‘zini o‘zi band qilgan shaxslar belgilangan tartibda akkreditatsiya qilingan kasbga o‘qitish markazlarida (kasb-hunar ta’limi muassasalarida) qisqa muddatli kasbga o‘qishni, shuningdek tadbirkorlik ko‘nikmalariga o‘qishni bepul o‘tashi mumkin.
O‘zini o‘zi band qilgan shaxslarni kasbga o‘qitishni tashkil etish va o‘qitish bo‘yicha xarajatlarni moliyalashtirish ushbu moddaning to‘rtinchi qismida nazarda tutilgan hollarda O‘zbekiston Respublikasi Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
Mahalliy mehnat organlari o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarga mehnat asbob-anjomlarini (motokultivatorlar, o‘t o‘roq mashinalari, perforatorlar, payvandlash apparatlari, o‘simliklarga ishlov berish qurilmalari, duradgorlik, chilangarlik va qurilish uskunalari hamda boshqalarni), shaxsiy himoya vositalarini va ish kiyimini imtiyozli ijaraga berish punktlarini tashkil etadi.
O'zini-o'zi band qilgan kishi bironta tashkilotga ishga kirishi mumkinmi?
O‘zini o‘zi band qilgan shaxslar bemalol biror bir tashkilotga ishga kirib, mehnat shartnomasi tuzishlari mumkin. Lekin bu holatda ular o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar maqomini yo‘qotadilar (taksistlar bundan mustasno).
Иш берувчи томонидан касаба уюшмаси қўмитаси билан келишувга кўра қабул қилинадиган ички ҳужжатларга 5та мисол айтинг
Устав, низом, таътил-график хақидаги, премия хақидаги, аттестация хақидаги хужжатлар
Жамоа шартномаси ва жамоа келишувини тузиш тартиби
Музокаралар олиб бориш ташаббуси билан чиқиш
Музокаралар олиб бориш
Лойиҳани ишлаб чиқиш ва муҳокама қилиш
Лойиҳани маъқуллаш
Локал норматив ҳужжатнинг кучга кириши
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI BANDLIKKA KO‘MAKLASHISH DAVLAT JAMG‘ARMASI MABLAG‘LARINI SHAKLLANTIRISH MANBALARI KAMIDA 3TASI?
ijtimoiy soliqdan qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladigan ajratmalar;
O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetidan har yili ajratiladigan mablag‘lar;
qonunchilikda nazarda tutilgan talablarni buzganlik uchun mehnat bo‘yicha davlat huquqiy inspektorlari va mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha davlat texnik inspektorlari, shuningdek mehnat sharoitlari davlat ekspertizasining mansabdor shaxslari tomonidan belgilangan tartibda qo‘llaniladigan ma’muriy jazolar summalari;
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining hududiy bo‘linmalariga biriktirilgan binolar, inshootlar hamda xonalarni realizatsiya qilishdan kelib tushadigan, O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan to‘liq hajmda O‘zbekiston Respublikasi Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasiga o‘tkaziladigan mablag‘lar, bundan baholash va realizatsiya qilishga doir haqiqiy xarajatlar mustasno;
barcha soliqlar va yig‘imlar O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga hamda davlat maqsadli jamg‘armalariga ta’sischi tomonidan belgilanadigan miqdorda to‘langanidan keyin O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tasarrufidagi tashkilotlarda qoladigan sof foydaning bir qismi;
O‘zbekiston Respublikasi Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasining bo‘sh turgan mablag‘larini tijorat banklariga joylashtirishdan va boshqa moliyaviy vositalardan tushadigan daromadlar;
jismoniy va yuridik shaxslarning xayriya mablag‘lari.
Ishsiz shaxslarni moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash kafolatlari qanday? Kamida 3ta
ishsizlik nafaqasi to‘lanishini;
mehnat organlarining yo‘llanmasi bo‘yicha kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash yoki malaka oshirish davrida stipendiya to‘lanishini va shu davr umumiy mehnat stajiga qo‘shilishini;
mahalliy mehnat organlarining yo‘llanmasiga ko‘ra bepul, shu jumladan grantlar hisobidan kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va malaka oshirishni;
haq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb etish imkoniyatini;
tadbirkorlik faoliyatiga jalb etishga hamda shaxsiy tomorqa yer uchastkalarini rivojlantirishga qaratilgan, ushbu Qonun 19-moddasi ikkinchi qismining uchinchi va beshinchi xatboshilarida nazarda tutilgan subsidiyalarni olish imkoniyatini;
mahalliy mehnat organlarining taklifiga ko‘ra ishlash uchun ixtiyoriy ravishda boshqa erga ko‘chib o‘tish bilan bog‘liq xarajatlar kompensatsiya qilinishini.
Qonunchilikda yoki mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarda yoxud tashkilot ustavida (nizomida) belgilangan hollarda va tartibda yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlar mehnat shartnomasiga asosan quyidagilar natijasida yuzaga keladi:
lavozimga saylanish yoki tegishli lavozimni egallash uchun tanlovdan o‘tish;
lavozimga tayinlash yoki lavozimga tasdiqlash;
vakolatli davlat organlari tomonidan ishga yuborish;
O‘zbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatiga bo‘lgan huquqqa doir tasdiqnoma berish;
ota-onaning har ikkisining yoki ota-onadan birining (ota-onaning o‘rnini bosuvchi shaxsning) roziligi;
ish beruvchining zimmasiga mehnat shartnomasini tuzish majburiyatini yuklatish to‘g‘risidagi sud qarorini qabul qilish;
shaxsiy mehnatdan foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan va fuqarolik-huquqiy xususiyatga ega shartnoma asosida yuzaga kelgan munosabatlarni sud tomonidan yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlar deb e’tirof etish.