iqtisodiyotning asosiy savollariga jamiyatda an’analarga asoslanib javob beradigan iqtisodiy tizim.
An’anaviy iqtisodiyot
Qozoq tilida qirq soni “qiriq” deb, qavat, qatlam esa “qabat” deb aytiladi. Qozoqlarda U qiriqqabat deb ataladi. Savol: U o‘rnidagi unlilari bir xil bo‘lgan so‘zni yozib bering.
Karam
Mashhur rus shoiri Aleksandr Pushkin garchi adabiyot kishisi bo'lsa-da, hayoti davomida necha marta duelga (or-nomus talashib yakkama-yakka jangga) chaqirilgan yoki o'zi chaqirgan?
Jami 29 marta. Nastoychi va tez qiziqib ketadigan xarakterga ega bo'lgan shoir ko'p marta duelda qatnashgan. Lekin ularning aksariyati do'stlarining aralashuvi bilan qonsiz, tinchlik bilan yakunlangan. Biroq 1837-yildagi Jorj Dantes bilan bo'lgan oxirgi duelida u og'ir o'q yeb, vafot etgan.
9 qavatli uyning lifti bor. Birinchi qavatda ikkita odam yashaydi, ikkinchi qavatda – 4 ta, uchinchi qavatda – 8 ta, to’rtinchi qavatda – 16 ta, beshinchi qavatda – 32 ta va hokazo. Bu uy liftining qaysi tugmasi hammadan ko’proq bosiladi?
Birinchi qavat tugmasi
Leonardo da Vinchining mashhur "Mona Liza" (Jokonda) asarida qahramonning yuzida qaysi a'zo chizilmagan?
Qoshlari va kipriklari. Buning aniq sababi noma'lum, ammo Uyg'onish davrida ayollar peshonasi keng ko'rinishi uchun qoshlarini qirib tashlashi urf bo'lgan deyishadi. Boshqa bir taxminga ko'ra, asar restavratsiya qilinayotganda qosh bo'yoqlari o'chib ketgan.
kishining aql-idroki, bilimi, zakovati, kuch-quvvati, ish tajribasi, malakasi, kasbiy mahorati, salohiyati, sog‘lig‘i va ma’naviy dunyosi.
Inson kapitali
Sharq gilamlarida ko’pincha Ularning tasvirlanishiga asosiy sabab, Ular kuch va chidam ramzi ekanligidir. Yurtimizdagi Sarbon nomli restoran kiraverishida ham Ularning haykalini ko’rish mumkin. Savol: Ularni yozib bering.
Tuya
Sevgimiz o‘ldimi? — libosingiz ko‘k, Ko‘nglingiz — begulxan, ko‘zingiz — becho‘g‘. Bizdan borish yo‘qdir, sizdan — kelish yo‘q Kelishsiz dunyoda beg‘am, azizim, Nega ko‘zlaringiz benam, azizim. ushbu sheriy parcha kimning qalamiga mansub
Usmon Azim
Qanday turdagi musiqa nafaqat odamlarga, balki o'simliklarga ham ijobiy ta'sir ko'rsatib, ularning tezroq o'sishiga sabab bo'ladi?
Klassik musiqa. Janubiy Koreya olimlari o'tkazgan tajribalar shuni ko'rsatdiki, klassik musiqa (masalan, Betxoven yoki Motsart asarlari) qo'yib berilgan issiqxonalardagi ekinlar, sukunatda o'sgan ekinlarga qaraganda ancha tez va sog'lom o'sgan.
Mashhur "Oskar" mukofotining rasmiy nomi "Akademiya mukofoti" bo'lsa-da, nima uchun u butun dunyoda "Oskar" deb ataladi?
Kinoakademiya kutubxonachisi Margaret Xerrik ushbu oltin haykalchani birinchi marta ko'rganida: "Iya, bu xuddi mening amakim Oskarga o'xshaydi-ku!" deb yuborgan. Shu tariqa bu norasmiy nom butun kinosanoatiga tarqalib, qisqa va qulay bo'lgani uchun ommalashib ketgan.
kundalik turmushda ularsiz yashab bo‘lmaydigan xarajatlar bu
Majburiy xarajatlar
Uning bunday nomlanishiga kompozitorlar sabab bo’lishgan ekan.Qo’shiqlar yozilgan,qog’ozlarni dastalab o’qishga qulay qilib qo’yishgan.Bu dastani shunday deb nomlashganki,bugun juda ko’pchiligimiz uni ulardek ataymiz.Savol:u qog’ozlar yig’masini qanday ataymiz?
Bloknot
Odamlar qo’limdagi atirgulni ko’rib, uni sizga qiyoslashadi. Ammo gulim hammadan ham ko’ra menga qadrliroq. Chunki men siz bilan emas, gulim bilan har dam birga edim. Uni yomg’irdan, do’ldan avayladim. Shamollarda devor bo’lib, asradim. Atrofidan begona o’tlarni yulib tashladim, faqat bir-ikkita donasi kapalaklar kelib qo’nishi uchungina qoldi xolos. Men uning maqtovi, sukunati, hasratini tinglab yashadim. U – meniki, faqat meniki. ushu parcha qaysi asrdan
Antuan de Sent-Ekzyuperi. "Kichkina shahzoda
Inson yuragi qaysi tashqi omilga qarab o'z urish ritmini mutlaqo o'zgartirib, moslashib olish xususiyatiga ega?
Eshitayotgan musiqasining ritmiga qarab. Ilmiy tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, inson musiqa tinglayotganda uning yurak urishi va qon bosimi beixtiyor kuyning tempiga (tez yoki sekinligiga) moslashadi.
Dunyodagi eng katta va eng ko'p odam tashrif buyuradigan muzey qaysi?
Parijdagi Luvr muzeyi. U shunchalik kattaki, agar har bir eksponat oldida atigi 30 soniyadan to'xtab o'tsangiz ham, butun muzeyni ko'rib chiqish uchun uzluksiz (uxlamasdan) 100 kundan ortiq vaqt sarflaysiz.
muayyan tovar turi juda ko‘p sotuvchilar tomonidan sotiladigan, boshqa sotuvchilarning kirishi oson, narxlar erkin bo‘lgan bozor bu
Sof raqobat bozori
Nimani uchidan tortib, yerdan ko’tarib bo’lmaydi?
Ip o`ramini
(1821–1881) yillarda —yashagan jahon adabiyotidagi eng buyuk yozuvchilardan biri, inson ruhiyatining eng chuqur va ziddiyatli qatlamlarini ochib bergan mutafakkir hisoblanadi. Uning asarlari faqatgina badiiy adabiyot emas, balki psixologik, falsafiy va ijtimoiy tadqiqotlar hamdir. kim haqida so`z bormoqda
F.M.Dostoyevskiy
Ginness rekordlar kitobiga ko'ra, insoniyat tarixi davomida kitoblari eng ko'p sotilgan adib(a) kim? (Uning asarlari tiraji faqatgina Injil va Shekspir asarlaridangina ortda qoladi).
Agata Kristi. Detektiv asarlar qirolichasining kitoblari butun dunyo bo'ylab taxminan 2 milliard nusxadan ortiq sotilgan va 100 dan ortiq tillarga tarjima qilingan.
Tarixdagi eng ko'p "Oskar" olgan inson kim va u qaysi soha vakili?
Uollt Disney. Mashhur multiplikator va rejissyor o'zining faoliyati davomida jami 26 marta "Oskar" mukofotini qo'lga kiritgan va 59 marta nomzod bo'lgan. Bu mutlaq rekord hisoblanadi.
mahsulot ishlab chiqarishda qaysi resurslardan qanday foydalanish, qanday usul va ketma-ketlikda ishlov berish yo‘l-yo‘rig‘i.
Texnologiya
U kerakligida tashlab yuboriladi, kerak emasligida esa ko’tariladi. U nima?
Langar
(1934–1994) — O‘zbekiston xalq yozuvchisi, taniqli adib, dramaturg va jamoat arbobi. U o‘z asarlarida asosan yoshlar hayoti, ularning orzu-umidlari, jamiyatdagi o'rni va axloqiy-ma'naviy izlanishlarini o'ta ta'sirchan hamda haqqoniy yoritib bergan ijodkordir.
O`lmas Umarbekov
Dunyodagi eng ko'p tillarga tarjima qilingan badiiy asar (diniy kitoblarni hisobga olmaganda) qaysi?
Antuan de Sent-Ekzyuperining "Kichkina shahzoda" (Le Petit Prince) asari. Ushbu falsafiy ertak 500 dan ortiq til va shevalarga tarjima qilingan bo'lib, insoniylik va do'stlik haqidagi eng noyob asarlardan biri sanaladi.
Bugungi kunda kartinalari auksionlarda millionlab dollarga sotiladigan, lekin tiriklik chog'ida butun umri davomida faqat bittagina asarini sota olgan mashhur daho rassom kim?
Vinsent van Gogh. U hayoti davomida 2000 dan ortiq san'at asari yaratgan, ammo o'z davrida uning iste'dodini qadrlashmagan. Uning faqatgina "Arldagi qizil uzumzor" nomli asarigina o'zi hayotligida sotilgan xolos.