Misr qaysi ikki dengiz oralig‘ida joylashgani uchun strategik “ko‘prik davlat” sifatida ko‘riladi?
Qizil dengiz va O‘rta Yer dengizi
Misrning AQSH bilan strategik sherikligining asosiy maqsadlaridan biri qaysi kanal xavfsizligini ta’minlash edi?
Suvaysh kanali
Pokiston tashqi siyosatining markaziy xavfsizlik muammosi ko‘proq qaysi davlat bilan bog‘langan?
Hindiston
Pokiston tashqi siyosatida “ideologik ankor” sifatida qaysi davlat va makon alohida ko‘rsatilgan?
Saudiya Arabistoni va islom olami
Jamol Abdul Nosir davridagi Misr tashqi siyosatining asosiy mafkuraviy yo‘nalishi nima edi?
Panarabizm va “Arab birligi” g‘oyasi
Misr Rossiya bilan hamkorlikda qaysi yirik atom energetikasi loyihasini ilgari surmoqda?
El-Dabaa AES qurilishi loyihasi
Pokiston va Hindiston o‘rtasidagi eng asosiy bahsli hudud qaysi?
Kashmir
Pokistonning G‘arbiy vektori asosan qaysi ikki yo‘nalish bilan bog‘langan?
AQSH va Afg‘oniston
1956-yilda Misr tashqi siyosatida burilish yasagan, Nosir davri bilan bog‘liq hal qiluvchi voqea nima edi?
Suvaysh kanalining milliylashtirilishi
Misr uchun Nil daryosi nima sababdan “hayot-mamot masalasi” deb ataladi?
Chunki Nil suvi qishloq xo‘jaligi va ichimlik suvi uchun asosiy manba bo‘lib, suv xavfsizligi milliy xavfsizlik bilan tenglashtirilgan
Pokiston yadroviy sinovlarni qachon o‘tkazgan?
1998-yil 28-mayda
Afg‘on urushi yillarida Pokiston qanday funksiyani bajargan deb ta’riflanadi?
Logistik markaz vazifasini
1967-yilgi Arab-Isroil urushidan keyin Misr qaysi hudud ustidan nazoratni boy berdi?
Sinay yarimorolining katta qismi.
Misr tashqi siyosatida Afrika diplomatiyasi doirasida Qizil dengizda qanday xavfsizlik vazifasi ko‘rsatilgan?
Savdo yo‘llarini himoya qilish va qaroqchilikka qarshi kurash
Pokistonning yadroviy strategiyasi qanday nom bilan ifodalangan?
“Minimal Credible Deterrence” — minimal ishonchli tiyib turish strategiyasi.
Pokiston tashqi siyosatida diniy omilning muhim instrument ekanini ko‘rsatuvchi xalqaro tashkilot qaysi?
OIC — Islom hamkorlik tashkiloti
Anvar Sadat davrida Misr tashqi siyosatidagi asosiy strategik burilish nimadan iborat bo‘ldi?
SSSRdan uzoqlashib, AQSH va G‘arb bilan yaqinlashish
Arab Ligasi bilan bog‘liq holda Qohiraning mintaqaviy diplomatik roli nimada namoyon bo‘ladi?
Qohira Arab Ligasi shtab-kvartirasi joylashgan shahar bo‘lib, arab diplomatiyasini muvofiqlashtiruvchi asosiy siyosiy platforma vazifasini bajaradi.
Pokistonning Xitoy bilan bog‘liq sharqiy iqtisodiy arteriyasi qanday loyiha orqali ifodalanadi?
CPEC — Xitoy-Pokiston iqtisodiy koridori.
Pokiston ichki tayanch tizimida milliy barqarorlikning absolut asosi nima deb ko‘rsatilgan?
Milliy xavfsizlik