O`zbekiston Respublikasi qurolli kuchlari qachon tashkil topgan?
1992-yil 14-yanvarda
Miloddan avvalgi V asrda Fidippidning oʻlimiga 6 soatlik jangda yarador boʻlgani va 38 km masofani toʻxtovsiz yugurib oʻtgani sabab boʻlgan.
Savol: Bu voqea qaysi jangda sodir boʻlgan?
Marafon jangi
Serb tilida “komaraz” bu pashsha, “magaraz” esa eshak degani. Serblarda bizdagi maqolning analogida asosan pashsha va eshak eslab o‘tiladi.
Savol: Bizdagi maqolda eshak o‘rnida qaysi jonivor eslab o‘tiladi?
Fil
Ozbekiston Respublikasi oliy bosh qomondoni kim?
Shavkat Mirziyoyev
Qaysi AQSH prezidenti umuman oq uyda turmagan?
George Washington. 🇺🇸chunki Oq uy 1800-yilda, uning prezidentlik muddati tugaganidan keyin foydalanishga topshirilgan.
Otasi vafot etganidan so‘ng Afrika shahzodasi Sundiata amakisi tomonidan surgun qilingan va vaqt o‘tib o‘ziga tegishli taxtni qaytarib olgan. Keyinchalik Sundiataga U deya laqab berilgan. U nomli multfilm disney tomonidan 1994-yilda ekranlarga chiqarilgan.
Savol: Uni ikki so‘zda ayting.
Qirol sher
O`zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qachon tashkil topgan?
2017-yil 27-avgustda
Ukraina, Xitoy , Turkiya , Kanada kabi davlatlarda u ikkita, O`zbekiston, Rossiya, Fransiya, Italya kabi davlatlarda 3 ta, Efyopiya, Surinam, Quvayt, Suriyada 4 ta. Savol: Gap nima haqida ketmoqda?
Davlat bayrogʻidagi ranglar soni
Ushbu filmda yo‘l qo‘yilgan xatoliklardan biri go‘dakni uy oldiga qo‘yib ketish sahnasida bolaning peshonasida chandiq yo‘qligi. Lekin keyingi epizodda bolaning peshonasida chandiq paydo bo‘lib qolgani tomashabinlarning e’tiborini tortgan.
Savol: Qaysi film dagi xatolik haqida gap ketmoqda?
Garri Potter va hikmatlar tosh
Oʻzbekiston Qurolli Kuchlari mustaqil davlatning harbiy xavfsizligini taʼminlashda nafaqat qurol-yarogʻ, balki maʼnaviy-ruhiy birlik, huquqiy asos va davlat ramzlari bilan ham chambarchas bogʻliq.
Shunday bir sana borki, u:
Oʻzbekiston Qurolli Kuchlarining rasmiy shakllanishi bilan bogʻliq,
mustaqillikdan keyingi harbiy suverenitetning amaliy ifodasi hisoblanadi,
va bugungi kunda kasb bayrami sifatida nishonlanadi.
❓ Savol:
Bu qaysi sana
14-yanvar
Koʻpgina ilmiy muassasa, jamoat tashkilotlari va oʻquv yurtlarining nomi ushbu yunoncha so‘z bilan ataladi. Yunon faylasufi Aflotun tomonidan tashkil qilinib, talabalari to‘rt yil davomida tahsil oladigan maktab nomi ham ushbu so‘z bilan atalgan. Savol: O‘sha so‘zni aytib bering.
Akademiya
Bu mashhur animatsiyadagi taom bekorga tanlanmagan. Taom nomida inglizcha kalamush so‘zini ko‘rish mumkin va bu animatsiya mazmunini to‘liq ochib beradi.
Savol: Qaysi animatsiya?
Ratatuy
Oʻzbekiston Qurolli Kuchlari tizimida shunday bir tuzilma mavjudki, u:
tinchlik davrida favqulodda vaziyatlar va ichki barqarorlikni taʼminlashda,
urush yoki keskin vaziyatlarda esa Qurolli Kuchlar bilan hamkorlikda harakat qiladi,
tarixan esa alohida vazirlik sifatida shakllanib, keyinchalik harbiy tizim bilan uzviy bogʻlangan.
❓ Savol:
Gap qaysi tuzilma haqida ketmoqda va u Oʻzbekiston Qurolli Kuchlari bilan qanday huquqiy asosda hamkorlik qiladi?
Milliy gvardiya — Oʻzbekiston Qurolli Kuchlari tarkibidagi maxsus harbiy tuzilma.
Fransuzlarda “Tuxumdan olmagacha” degan ibora bor. Ular bu koni foyda ekani uchun ham bunga amal qilishadi. Savol: “Tuxumdan olmagacha” iborasida nima nazarda tutilmoqda?
Tushlikni tuxumdan boshlab olmada tugatish kerak.
Ingliz fermerlari sigirlarga ko‘proq tuz berish samarali ekan deyishmoqda. Tuzning qanday foydasi bo‘lishi mumkin deb o‘ylaysiz?
Tuz yegan sigirlar ko‘p suv ichadi, ko‘p suv ichsa ko‘p sut beradi.