1989-yil 21-oktabrda qaysi qonun qabul qilindi?
“O‘zbekiston SSRning Davlat tili haqida” qonun
O‘zbekiston Davlat bayrog‘i qachon qabul qilingan?
1991-yil 18-noyabr
O‘zbekistonda prezidentlik lavozimi qachon joriy etilgan?
1990-yil 24-mart
Oliy Kengash qachon Oliy Majlisga o`zgartirildi
1995-yil
O‘zbekiston Konstitutsiyasi qachon qabul qilingan?
1992-yil 8-dekabr
1989-yil 17-avgustdagi qarorning asosiy mazmuni nima edi?
Har bir oilani tomorqa bilan ta’minlash va uy-joy qurish sharoitini yaratish
Davlat gerbi qachon va Oliy Kengashning nechinchi sessiyasida qabul qilingan?
1992-yil 2-iyul. X sessiyasida
Birinchi umumxalq prezident saylovi qachon o‘tkazilgan?
1991-yil 29-dekabr
Ikki palatali parlament bo‘yicha referendum qachon o‘tkazilgan?
2002-yil 27-yanvar
O‘lim jazosi qachon to‘liq bekor qilingan?
2008-yil 1-yanvar
1989–1990 yillarda nechta oilaga qo‘shimcha yer ajratildi?
1,5 milliondan ortiq oilaga
Davlat madhiyasi mualliflari kimlar?
Abdulla Oripov va Mutal Burhonov
Prezidentlik muddati 7 yildan 5 yilga qachon o‘zgartirilgan?
2011-yil
Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi necha nafar deputatdan iborat?
150 deputat
“Habeas corpus” instituti nima va O`zbekistonda qachon joriy etilgan?
ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olishga sanksiya berish huquqi,2008-yil
1990-yilda qancha yer oilalarga meros huquqi bilan ijaraga berildi?
170 000 gektar
Eski tahrirdagi O‘zbekiston Konstitutsiyasi qachon qabul qilingan va nechta moddadan iborat?
1992-yil 8-dekabr, 128 modda
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qaysi moddasida Prezident davlat boshlig‘i ekani belgilangan va uning qaysi asosiy funksiyalari keltirilgan?
105-modda — davlat boshlig‘i, hokimiyatlar hamkorligini ta’minlaydi
Senat tarkibining shakllanishida aniq raqamlar bilan Prezidentning roli qanday?
16 nafar senator Prezident tomonidan tayinlanadi
2017-yildagi sud islohotlariga ko‘ra Oliy sud tizimida qanday tarkibiy o‘zgarish amalga oshirildi?
Oliy sud va Oliy xo‘jalik sudi birlashtirildi
1990-yil 4-may farmoni nimaga oid edi?
Ko‘p bolali onalarga nafaqa miqdorini oshirish
O‘zbek modelining 5 ta asosiy tamoyilidan kamida 3 tasini ayting
Iqtisod siyosatdan ustun
Davlat bosh islohotchi
Qonun ustuvorligi
Kuchli ijtimoiy siyosat
Bosqichma-bosqich islohotlar
Prezidentning Bosh vazirni tayinlash tartibini aniq bosqichlar bilan ayting (qaysi organlar ishtirok etadi va qanday tartibda)?
Prezident nomzod taqdim etadi → Qonunchilik palatasi ma’qullaydi → Prezident tayinlaydi
Agar Bosh vazirga nisbatan ishonchsizlik votumi bildirilsa, qaysi foiz (yoki ulush) ovoz talab qilinadi va natijada qanday konstitutsiyaviy oqibat yuz beradi?
Kamida 2/3 ovoz → Bosh vazir va butun hukumat iste’foga chiqadi
Sudyalar vakolat muddati 2017-yildagi islohotdan keyin qanday bosqichlarda belgilandi? Aniq ketma-ketlik bilan ayting
1-marta — 5 yil, 2-marta — 10 yil, 3-marta — umrbod