A
B
C
100

Oilaga  ilmiy tilda ta'rif bering

OILA-jamiyatning ijtimoiy,iqtisodiy va demografik rivojlanishiga poydevor bo'ladigan asosiy ijtimoiy institut .

100

Oilaga ta'rif bering

Nikoh orqali birlashgan erkak va ayol hamda ularning farzandlari va ayrim hollarda ular bilan qondosh ,qarindosh bo'lgan kishilar jamoasi

100

Qaysi hayvon ustida odam yurishi,hatto mashinalar ham harakatlanishi mumkin?

ZEBRA :)

200

Oilada ota-onalar o'rinli foydalanishi lozim bo'lgan, bola tarbiyasiga oid qoidalarni aytib bering

 1. Oilada hissiy moslik, ruhiy xotiijamlik va iliq iqlim yaratish;

 2. Ota-ona obro‘sini saqlash;

 3. Tarbiyada ota-ona, kattalar o‘rtasida talabchanlik; 4. Bola shaxsini mehnatda tarbiyalash; 

5. Oila, bog‘cha, maktab va jamoatchilik hamkorligi; 6. Bolani sevish va izzat qilish;

 7. Oilada qat’iy reja va kun tartibi o‘matish;

 8. Tarbiyada bolalaming yosh va shaxsiy xususiyatlarini hisobga olish;

9. Bola taraqqiyotini aniqlab borish.

200

Oila psixologiyasi ijtimoiy psixologiyaning tarmog'i sifatida qachon shakllangan?

XX asrning oxirlarida

200

Oilaviy psixoterapiya nima?

Oiladagi shaxslararo munosabatlarni to‘g‘rilashga qaratilgan va oiladagi muammoli oila aʼzosida eng ko‘p namoyon bo‘ladigan emotsional buzilishlarni bartaraf etishga qaratilgan psixoterapiyaning maxsus turi

300

Farzand haqidagi maqollardan 5 ta ayting

„Bolaning yo‘g‘idan bori yaxshi, ochidan to ‘qi yaxshi“ 

„Xotinsiz o ‘tish — xato. Bolasiz o ‘tish jafo“  

,,0 ‘g‘li yo‘qning o ‘rni yo‘q, qizi yo‘qning qadri yo‘q“ 

„Bolali uydan baxt arimas“ 

„Olti o‘g‘illining olti arshda moli bor“  

300

O'zbekiston hududida ular dastlab kishilarning qish faslida istiqomat qiladigan joyi sifatida vujudga kelgan.Hozirda esa u yerlarda kishilar to'rttala faslda ham hayot kechirmoqdalar.Qayerda?

QISHLOQDA

300

Oila bilan korreksion ishlash yo‘nalishlari qaysilar?

Psixodinamik yo‘nalish 

Tizimli va strategik yo‘nalish 

Eklektik yo‘nalish

400

Oilalarga psixologik xizmat ko'rsatishning asosiy sohasi nima?

PSIXOLODIK MASLAHAT

400

Oilaviy maslahat ko‘rinishlarini sanang

Oilaga tayyorlik masalalari 

Farzand kutayotgan oilaga psixologik yordam ko‘rsatish

 Er-xotin munosabatlari, xiyonat masalasidagi maslahatlar

Ota-ona va farzand munosabatlari bo’yicha maslahat 

Oiladagi zo‘ravonlik muammosi yuzasidan maslahatlar berish 

Ajrashish muammosi yuzasidan maslahat berish

400

Rosa ham qiyin savol:

Qalam-rbmbn

Daftar-ebgbs

Kitob-Ljupd

Sumka-?

Sumka-tvnlb

Alifboda o'zidan keyin keladigan harflarning yozilishi

500

Eng keng tarqalgan oilaviy muammolarni ayting

Nikoh va oilaviy rollar va majburiyatlarini taqsimlash bilan bog‘liq o‘zaro norozilik;

 Oilaviy nizolar, muammolar, oilaviy hayot va shaxslararo munosabatlarga bo‘lgan qarashlardagi farqlar tufayli turmush o‘rtoqlarning noroziligi;

Er-xotinning bir yoki ikkalasining ota-onalari bilan munosabatlaridagi qiyinchiliklar va nizolar;

 Oila a’zolaridan, turmush o‘rtoqlardan birining kasalligi (ruhiy yoki jismoniy), oilani kasallikka moslashtirish zarurati bilan bog‘liq muammolar va qiyinchiliklar, bemor yoki oila aʼzolarining o‘ziga va atrofdagilarga munosabati;

 Oilada zo‘ravonlik, turmush o‘rtoqlar munosabatlarida ishonchning yo‘qligi, shaxslararo munosabat muammolari;

 Ota-ona va farzandlar munosabatlaridagi muammolar

500

Oilaviy maslahat bosqichlarini ketma-ket ayting

• Muammoni oydinlashtirish

•Har bir oila aʼzosining pozitsiyasini aniqlashtirish

• O‘zgarishlar bilan ishlash 

• Maqsadni kengaytirish, rejalar tuzish

•Rejani vizuallashtirish

500

Oilaviy munosabatlar diagnostik metodikalarini ayting

 Nikohga ma’naviy tayyorgarlik testi 

 Nikohdan rozilik so‘rovnomasi 

 Oilada rollar taqsimoti metodikasi

 Munosabatlarni differensial baholash metodikasi 

 PARI metodi 

 Ota-onalarning bolalarga bo‘lgan munosabatini A.Ya.Varga, V.V.Stolin tomonidan tuzilgan test-so‘rovnomasi 

 Kichik maktab yoshidagi bolalarning ota-ona va farzand munosabatlarini o‘rganishda R. Jil metodikasi  Oilaning rasmi proyektiv metodikasi 

 Oila sotsiogrammasi

 SAT (ChAT) metodikasi 

 Oilaviy muhit shkalasi

M
e
n
u