Valyuta siyosati nima?
Davlatning valyuta munosabatlari va valyuta kursini tartibga solish bo'yicha chora-tadbirlar tizimi.
Valyuta kursi nima?
Bir davlat pulining boshqa davlat pulida ifodalangan narxi.
O'zbekistonning milliy valyutasi qanday amalga oshirish?
So'm.
O'zbekistonda valyuta siyosatini asosan qaysi organ yuritadi?
Markaziy bank (hukumat bilan hamkorlikda).
Erkin konvertatsiya boladigan pulga misollar ayting.
AQSh dollari, evro.
Devalvatsiya nima?
Milliy valyuta kursining rasman pasaytirilishi.
Valyuta siyosati muddati bo'yicha qanday turlarga bo'linadi?
Strategik (uzoq ) va taktik (joriy).
Revalvatsiya nima?
Milliy valyuta kursining rasman ko'tarilishi.
Valyuta intervensiyasi nima?
Markaziy bank kursiga ta'sir qilish uchun valyuta bozorida chet el valyutasini sotish yoki sotib olish.
Valyuta bozori nima?
Valyutalar oldi-sotdisi amalga oshirilgan bozor.
Diskont siyosati nima?
Markaziy bankning hisob (qayta moliyalash) stavkasini o'zgartirib, kredit va valyutaga ta'sir qilishi.
Valyuta cheklovlari nima?
Valyuta va valyuta qimmatliklari bilan amallarni qonun bilan cheklash.
Suzuvchi kurs rejimi nima?
Kurs bozorda talab va taklif asosida shakllanadi.
Qayd qilingan (qat'iy) kurs rejimi nima?
Kursni davlat qo'yadi va uni o'zgarmas yoki tor koridorda ushlab turadi.
Valyuta diversifikatsiyasi nima?
Zaxiralarni bir nechta valyutada saqlaydi, risklardan saqlaydi
O'zbekistonda valyuta bozori islohoti qachon?
2017-yil 5-sentabrda: konvertatsiya erkinlashtirilib, kurs bozor iqtisodiyotiga moslashtirildi.
Markaziy bank valyuta siyosatining asosiy maqsadi nima?
Milliy valyuta barqarorligi va narxlar barqarorligini (inflyatsiya nazoratini) ta'minlash.
Oltin-valyuta zaxiralari nima?
Markaziy bank va hukumat ixtiyoridagi oltin hamda chet el valyutasidagi aktivlar.
Xarid qobiliyati pariteti (PPP) nazariyasining mohiyati nima?
Valyuta kursi ikki mamlakatdagi narxlar darajasi nisbatiga moyil bo'ladi.
Valyuta intervensiyasi diskont siyosatidan nimasi bilan farq qiladi?
Intervensiya valyuta bozoriga to'g'ridan-to'g'ri ta'sir qiladi, diskont siyosati esa stavka orqali bilvosita.
Bretton-Vuds valyuta tizimi qachon yaratilgan?
1944-yilda.
Yamayka valyuta tizimining mohiyati nima?
1970-yillar o'rtalarida suzuvchi kurslar rasman tan olindi va oltinning pul vazifasi bekor qilindi.
Nominal va real effektiv valyuta kursi qanday farq qiladi?
Real effektiv kurs inflyatsiya farqini va asosiy savdo hamkorlari valyutalari savatini hisobga oladi, nominal kurs esa oddiy ayirboshlash nisbatidir.
"Imkonsiz uchlik" (Mundell-Fleming) nima?
Mustaqil pul siyosati, erkin kapital harakati va qat'iy kursni bir vaqtda ta'minlab bo'lmaydi.
Valyuta kengashi (currency board) nima?
Milliy valyuta chet el valyutasiga qat'iy bog'lanadi va emissiya zaxiralar bilan to'liq ta'minlanadi.