O’zbekistonda mustaqillikdan keyingi birinchi "Ta’lim to‘g‘risida"gi qonun nechanchi yilda qabul qilingan? (Sanasi bilan)
1992-yil 2-iyulda
Oliy ta’lim muassasalarida o‘quv jarayoni bosqichma-bosqich qaysi yangi tizimga o‘tkazilmoqda?
Kredit-modul tizimiga
O‘zbekistonda necha yillik majburiy maktab ta’lim tizimi qayta tiklandi?
11 yillik
Iqtidorli yoshlarning xorijda ta’lim olishi va malaka oshirishini qo‘llab-quvvatlovchi asosiy jamg‘arma nomi nima?
"El-yurt umidi" jamg‘armasi
Nazariy bilim olishdan ko‘ra ko‘proq amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan ta’lim tizimi qanday ataladi?
Dual ta’lim
1997-yil 29-avgustda "Ta’lim to‘g‘risida"gi qonunning yangi tahriri bilan birga yana qaysi muhim dastur qabul qilindi?
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi
2000-yilda qaysi universitetga "Milliy universitet" maqomi berildi?
Toshkent Davlat universitetiga (hozirgi O‘zMU)
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi nechanchi yilda tashkil etildi?
2017-yilda
Ikki tomonlama diplom berishni nazarda tutuvchi dasturlar xalqaro terminologiyada qanday ataladi?
Double Diploma
2020-yilda OTMlarga qabul qilishda xotin-qizlar uchun necha foizli qo‘shimcha davlat granti ajratildi?
To‘rt foizli
Pedagoglarning huquqlari, majburiyatlari va ijtimoiy himoyasini mustahkamlovchi qaysi yangi qonun qabul qilindi?
“Pedagogning maqomi to‘g‘risida"gi qonun
Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan va innovatsiya natijalarini tijoratlashtirishni nazarda tutuvchi qaysi konsepsiya joriy etilmoqda?
«Universitet 3.0» konsepsiyasi
Maktablarda ma’naviy-tarbiyaviy ishlarni birlashtirish maqsadida joriy qilingan yagona fanning nomi nima?
"Tarbiya" fani
"El-yurt umidi" jamg‘armasi orqali o‘qishga yuboriladigan yoshlarning necha foizi texnik, aniq fanlar va IT sohasiga yo‘naltirilishi belgilangan?
50 foizi
Ilmiy tadqiqotlar va texnologik ishlanmalar sifatini nazorat qiluvchi, 1992-yilda tashkil etilgan komissiya nomi?
Oliy Attestatsiya Komissiyasi (OAK)
2017-yilda ta’lim sohasiga yo‘naltirilgan xarajatlar mamlakat Yalpi ichki mahsuloti (YAIM) tarkibida necha foizni tashkil etdi?
10-12 foizni
2023-yilga kelib O‘zbekistonda jami oliy ta’lim muassasalari soni nechta taga yetdi?
213 ta
2030-yilga borib O‘zbekiston o‘quvchilar bilimini baholash bo‘yicha qaysi xalqaro dastur reytingida kuchli 30 talikka kirishni maqsad qilgan?
PISA xalqaro dasturi
2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasiga ko‘ra, O‘zbekistonning kamida nechta oliy ta’lim muassasasi xalqaro reytinglarning (QS, Times Higher Education) birinchi 1000 ta o‘rindan joy olishi maqsad qilingan?
Kamida 10 ta oliy ta’lim muassasasi
Toshkentda yuksak madaniyatli shaharga aylantirish masalasini qo‘ygan va Fanlar Akademiyasida olimlar bilan uchrashgan davlat arbobi kim?
I. Karimov (1988-yil)
Yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning nechanchi moddasida O‘zbekiston "ijtimoiy davlat" deb e’lon qilinishi ta’lim sohasidagi kafolatlarga asos bo‘ldi?
1-moddasida
2024-yilgi nufuzli QS World University Rankings reytingiga ko‘ra, O‘zbekistonning qaysi ikki OTMi kuchli 1000 talikka kirdi?
Toshkent irrigatsiya instituti (547-o‘rin) va O‘zbekiston Milliy universiteti (781-790-o‘rin)
Konstitutsiyaga ko‘ra, alohida ta’lim ehtiyojlariga ega bo‘lgan bolalar uchun maktablarda qanday ta’lim turi ta’minlanadi?
Inklyuziv ta’lim va tarbiya
Xorijda malaka oshirgan va stajirovka o‘tagan professor-o‘qituvchilar ulushini 2030-yilga borib necha foizga yetkazish maqsad qilingan?
20 foziga
Taraqqiyot strategiyasidagi jami 100 ta maqsaddan nechtasi bevosita oliy ta’lim tizimiga tegishli?
6 tasi (46-51 maqsadlar)