Buxoro xonligida hukmronlik qilgan uchta sulolani sanab bering.
Shayboniylar , Ashtarxoniylar va Mang'itlar sulolasi
1865-yilning 16–17-iyun kunlari Rossiya imperiyasi qo'shinlari tomonidan to'liq bosib olingan Turkistonning yirik shahri qaysi?
Jadidchilik harakatining asoschisi, 1884-yilda Boqchasaroyda jadid maktabiga asos solgan qrim-tatar ma'rifatparvarini ayting.
Ismoil Gaspirinskiy (Ismoil G'aspirali)
1917-yil 26–28-noyabrda e'lon qilingan va atigi 72 kun faoliyat ko'rsatgandan so'ng ag'darilgan hukumatning nomini ayting
Turkiston Muxtoriyati (Qo'qon muxtoriyati)
Toshkentlik Shomahmudovlar oilasi urush yillarida nechta yetim bolani o'z bag'riga oldi?
14ta bolani
Qo'qon xonligi hukmdorlaridan qaysi biri 1805-yilda birinchi bo'lib «xon» unvonini joriy etdi?
Olimxon
1867-yilda tashkil etilgan, markazi Toshkentda bo'lgan va boshlig'i «yarim podsho» deb atalgan ma'muriy birlikning nomini ayting.
Turkiston general-gubernatorligi
«O'tgan kunlar» va «Mehrobdan chayon» romanlari muallifi, o'zbek romanchiligining asoschisi bo'lgan jadid adibini ayting
Abdulla Qodiriy
1924-yilgi milliy-hududiy chegaralanishdan so'ng birinchi Xalq Komissarlari Soveti raisi kim etib tayinlandi?
Fayzulla Xo'jayev XKS raisi.
1990-yil 24-martda O'zbekiston SSR Oliy Kengashining birinchi sessiyasida, Ittifoqdosh respublikalar ichida birinchi bo'lib O'zbekistonda qanday lavozim ta'sis etildi?
Prezidentlik lavozimi
Qo'ng'irotlar sulolasi Xiva xonligida qachon va kimning boshchiligida hokimiyat tepasiga keldi?
1770-yilda Muhammad Amin inoq hokimiyatni qo'lga oldi va yangi sulolaga asos soldi.
1898-yilda Andijonda Rossiya mustamlakachilariga qarshi xalq harakatiga boshchilik qilgan qo'zg'olon rahbari kim edi?
Muhammad Ali — Dukchi Eshon.
«Usuli jadid» yoki «usuli savtin» atamasi nimani anglatadi?
Harf-tovush usuli — yangi, ovoz asosidagi o'qitish metodikasi
1938-yil 4-oktabrda Toshkentdagi Bo'zsuv bo'yida birga qatl etilgan uch buyuk jadid adibini ayting
Abdurauf Fitrat, Abdulhamid Cho'lpon va Abdulla Qodiriy
O'zbeklardan chiqqan birinchi general, Polshada halok bo'lgan sarkardani ayting
Sobir Rahimov
1711-yilda tasavvuf ilmi vakili sifatida dinga shak keltirganlikda ayblanib, Balx hokimi buyrug'i bilan o'limga hukm etilgan Namanganlik shoir kim edi?
Boborahim Mashrab
1873-yil Gandimiyon shartnomasiga ko'ra Xiva xonligi qanday maqom oldi ?
Rossiya vassali maqomini oldi
Buxoro jadidlarining mafkuraviy rahbari bo'lgan, «Rahbari najot» asari muallifi kim edi?
Abdurauf Fitrat
Buxoro Xalq Sovet Respublikasi hukumati boshlig'i bo'lgan va qatl etilgan davlat arbobini ayting
Fayzulla Xo'jayev
Shavkat Mirziyoyevning yangi ma'lumotlariga ko'ra, Ikkinchi jahon urushiga O'zbekistondan taxminan nechta kishi safarbar etilgan?
1 million 950 mingga yaqin kishi
Buxoro amiri Nasrullo tomonidan zindonga tashlangan, so'ngra qatl etilgan ikki ingliz kimlar edi?
Mayor Konnoli va polkovnik Stoddart
1916-yil 25-iyun podsho farmoniga ko'ra mardikorlikka safarbar etilish haqidagi farmonga qarshi eng yirik qo'zg'olon ko'targan shahar nomini ayting
Jizzah shahri
Jadidlarning xalq ma'rifati uchun kurash dasturi qanday uchta asosiy yo'nalishdan iborat bo'lgan?
Yangi usul (Jadid) maktablari tarmog'ini kengaytirish, iqtidorli yoshlarni chet elga o'qishga yuborish, va ziyolilarning kuchli jamiyatini tashkil etish.
1929-yilda O'zbekiston Oliy sudi raisi Qosimov bilan bog'liq qanday jarayon boshlandi?
«Qosimovchilik» va «Munavvarqori to'dasi» ishlari boshlandi
1925-yilda O'zbekiston SSR Sovetlari Markaziy Ijroiya Qo'mitasining raisi etib kim saylandi?
Yo'ldosh Oxunboboyev