Jon Biggsning ta’limdagi konsepsiyasi nima deb ataladi?
Konstruktiv uyg‘unlashtirish (Constructive alignment).
5 qatorli qisqa ijodiy xulosa chiqarish strategiyasi nima deb ataladi?
Sinkveyn.
Jerom Bruner taklif qilgan va asosiy tushunchalarni yangi dalillar bilan chuqurlashtirib boruvchi dastur qanday ataladi?
Spiral o‘quv dasturi.
Yangi bilimlarni talabaning avvalgi tajribasi va tayanch tuzilmalari bilan ma'noli bog‘lash nazariyasi muallifi kim?
Devid Ausubel (David Ausubel).
Blum taksonomiyasida jismoniy ko‘nikmalar va harakat funksiyalarini qamrab oluvchi soha qanday ataladi?
Psixomotor soha.
Blum taksonomiyasining 2001-yilgi tahririda (Anderson va Krathwohl) eng yuqori 6-bosqich qaysi?
Yaratish (Create).
Animizm va totemizm tushunchalarining umumiy va farqli jihatlarini qaysi grafik organayzerda taqqoslash qulay?
Venn diagrammasi.
«Al-varo val-baro» tushunchasini radikallar qanday buziq talqin qiladilar?
Boshqa din vakillariga nisbatan murosasizlik, nafrat va tajovuz qilish sifatida.
O‘rganish jarayonida shubha va muammodan boshlanib, dalillar orqali tekshirishga asoslangan «Reflektiv fikrlash» (How We Think, 1910) g‘oyasini ilgari surgan faylasuf va pedagog kim?
Jon Dyui (John Dewey).
Anderson va Krathwohl (2001) tahririda kognitiv sohaning 5-bosqichiga qaysi jarayon qo‘yilgan?
Baholash (Evaluate).
Lev Vygotskiy nazariyasidagi o‘quvchining mustaqil ishi bilan yo‘naltiruvchi yordam orqali bajara oladigan ishi orasidagi farq nima deb ataladi?
Yaqin rivojlanish zonasi (Зона ближайшего развития).
Kredit-modul tizimida 1 kredit odatda necha akademik soat o‘quv yuklamasiga teng?
25–30 akademik soat (namunada 30 soat).
Markaziy tushuncha atrofida g‘oyalar tarmog‘ini tuzishga asoslangan organayzer qaysi?
Klaster.
Talabalarni «vizual», «audial» yoki «kinestetik» qat'iy turlarga ajratish metod tanlashning ishonchli asosi emasligini isbotlagan olimlar kimlar (2008-yilgi tadqiqot)?
Pashler va boshqalar.
1956-yilgi asl variantdagi «Sintez qilish» bosqichi 2001-yilgi qayta ko‘rilgan variantda qaysi bosqichga aylantirilgan?
Yaratish (Create)
Interfaol usullar piramidasiga ko‘ra, eng ko‘p ma’lumot (90%) qaysi usul orqali eslab qolinadi?
Boshqalarga o‘rgatish orqali.
Muammo va uning kelib chiqish sabablarini tahlil qilishda qaysi grafik organayzer ishlatiladi?
Baliq skeleti (Fishbone)
Har bir talaba mavzuning bir qismini o‘rganib, keyin guruhdoshlariga o‘rgatadigan metod qanday ataladi?
Zig-zag (Jigsaw).
Blum taksonomiyasining dastlabki (1956-yilgi) varianti kimning rahbarligidagi pedagoglar guruhi tomonidan ishlab chiqilgan?
Benjamin Blum (Benjamin Bloom).
Affektiv (hissiy) sohaning eng quyi — boshlang‘ich darajasi qaysi?
Qabul qilish (Receiving).
Dars ma’ruzasi paytida talabalar eng ko‘p qaysi daqiqalarda diqqatini jamlay oladi?
Dastlabki 20 daqiqa va dars oxiridagi 20 daqiqada.
O‘quv materialini belgilar orqali o‘qish metodikasi (v, +, -, ?) nima deb ataladi?
Insert metodi.
Roediger va Karpicke (2006) tadqiqotiga ko‘ra, bilimlarni mustahkamlash qaysi 4 ta harakat orqali kechadi?
Anglash, Eslash, Tekshirish, Qaytish.
Dinlar haqida ta'limda interpretativ yondashuv va dialogik o‘quv muhiti bo‘yicha «Signposts» asarini yozgan tadqiqotchi kim?
Robert Jekson (Jackson, 2014).
«Ikki matndagi diniy bag‘rikenglik talqinlarini qiyoslash va ularning chegaralarini tekshirish» topshirig‘i Blum bo‘yicha qaysi bilish jarayoniga misol bo‘ladi?
Tahlil yoki Baholash.