Avtoritar munosabat nima?
Avtoritar munosabat – ota-onalar boladan shartsiz itoat talab qiladi, intizom qoidalarini qat’iy o‘rnatadi, lekin bolaning fikrini inobatga olmaydi.
Ota-onaning haddan tashqari himoyasi bolaning hayotiga qanday ta’sir qiladi?
Haddan tashqari himoya bola mustaqil bo‘lishni o‘rganmaydi, o‘ziga ishonchi pasayadi, ijtimoiy moslashishi qiyinlashadi.
O‘qituvchi va ota-onalar qanday hamkorlik qilishi kerak?
O‘qituvchilar ota-onalar bilan muntazam muloqot qilib, bolaning ehtiyojlarini tushunishlari va ta’lim jarayonida birgalikda ishlashlari kerak.
Ota-onalar farzandining imkoniyati cheklanganligini yashirsa, qanday oqibat bo‘ladi?
Bola jamiyatdan chetda qoladi, ijtimoiy moslashuvga qiynaladi va o‘z imkoniyatlarini namoyish qila olmaydi.
Nevrotik munosabatning asosiy xususiyati nima?
Nevrotik munosabatda ota-onalar doimiy tashvishlanadi, bolaga haddan tashqari e’tibor beradi, natijada bola mustaqil qaror qabul qila olmaydi.
Mustaqil qaror qabul qila olmagan bolalar qanday muammolarga duch keladi?
Bunday bolalar kelajakda qiyin vaziyatlarda o‘zlarini yo‘qotib qo‘yadilar, boshqa odamlarga qaram bo‘lib qoladilar.
Ota-onaning pedagog maslahatlariga quloq solishi qanday foyda beradi?
Ota-onalar pedagoglarning tavsiyalariga amal qilsa, bola ta’lim jarayonida yaxshi natijalarga erishadi va qiyinchiliklarni yengib o‘tishi osonlashadi
Jamiyat imkoniyati cheklangan bolalarni qo‘llab-quvvatlash uchun nimalar qilishi kerak?
Maxsus maktablar, inklyuziv ta’lim dasturlari, reabilitatsiya markazlari va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash xizmatlari yaratishi kerak.
Psixosomatik munosabat qanday bo‘ladi?
Psixosomatik munosabatda ota-onalar ba’zida bolaga haddan tashqari talab qo‘yadi, ba’zida esa ortiqcha g‘amxo‘rlik qiladi, natijada bola o‘ziga ishonmaydi.
Farzandiga ishonmaydigan ota-ona qanday xatoga yo‘l qo‘yadi?
Agar ota-ona farzandining imkoniyatlariga ishonmasa, bola o‘zini ojiz his qiladi va tashabbus ko‘rsatmaydi.
Pedagog ota-onalarni farzandining rivojlanishiga qanday jalb qilishi mumkin?
Seminarlar, suhbatlar, ota-onalar uchun treninglar tashkil qilib, ular bilan yaqindan ishlashi mumkin.
Ota-onalar jamiyat fikridan qo‘rqib qanday xatolarga yo‘l qo‘yishi mumkin?
Farzandini rivojlantirish imkoniyatlaridan voz kechib, uni ijtimoiy hayotdan chetlatishi mumkin.
Me’yordagi ijobiy munosabatning afzalliklari qanday?
Ota-onalar farzandiga ishonch bildiradi, qo‘llab-quvvatlaydi va mustaqil qaror qabul qilishiga imkon beradi. Natijada bola o‘z qobiliyatlarini to‘liq namoyish eta oladi.
Bolaning o‘ziga ishonchini qanday oshirish mumkin?
Bolani kichik yutuqlari uchun rag‘batlantirish, unga o‘z fikrini ifoda qilish imkoniyatini berish va mustaqil harakat qilishiga ruxsat berish kerak.
Pedagog va ota-ona nizolari bolaning ta’limiga qanday ta’sir qiladi?
Bu bolaning ta’lim jarayoniga salbiy ta’sir qiladi, u stressga tushadi va o‘qish motivatsiyasini yo‘qotadi.
Inklusiv ta’limning asosiy afzalliklari nimalardan iborat?
Imkoniyati cheklangan bolalar ham odatdagi ta’lim jarayonida qatnashib, o‘z tengdoshlari bilan muloqot qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Qaysi munosabat bolaning rivojlanishiga eng zararli?
Avtoritar va psixosomatik munosabatlar bolaning mustaqil qaror qabul qilishiga to‘sqinlik qiladi va ruhiy bosim o‘tkazadi.
Ota-onaning doimiy tanbehlari bolaning ruhiyatiga qanday ta’sir qiladi?
Bola o‘ziga bo‘lgan ishonchini yo‘qotadi, depressiya, tashvish va qo‘rquv paydo bo‘lishi mumkin
Ota-onalar farzandining rivojlanishida pedagogning rolini qanday tushunishi kerak?
Pedagog – faqat o‘qituvchi emas, balki bolaning rivojlanishida yo‘l ko‘rsatuvchi mutaxassis. Ota-onalar unga ishonishi va hamkorlik qilishi kerak.
Jamiyat bolaning rivojlanishiga qanday ta’sir qiladi?
Agar jamiyat inklyuziv va qo‘llab-quvvatlovchi bo‘lsa, bola o‘zini erkin va baxtli his qiladi, rivojlanishi yaxshilanadi.