Likvidlik bu-...?
Turli moliyaviy va moddiy aktivlarlarning har xil to`lovlarga zaruriyat bo`lganda naqd pullarga aylana olish layoqatidir.
Pul bozoriga tarif bering ?
Moliyaviy bozorning tarkibiy qismi bo`lib unda pul va unga tenglashtirilgan moliyaviy aktivlar harakati aytiladi.
Kredit nima ?
Iqtisodiy kategoriya sifatida vaqtincha o`z egalari tomonidan haq to`lash sharti bilan qarzga berilishi
Ipoteka krediti qanday kredit ?
ko`chmas mulk ( yer, bino,uy-joy kabilar ) ni garovga qo`yib olinadigan kredit
Ehtiyot normasi qanday topiladi?
Bankning majburiy ehtiyojlarining bankning muddatsiz omonatlariga nisbati.
Tovarlar aylanishiga hamda notavar tavsifdagi to'lovlar va hisoblarga xizmat qiluvchi naqd pullar va unga tenglashtirilgan aktivlarning harakati nima deyiladi?
Pul muomalasi
Pul bozori turlari nechta va sanab bering ?
3ta.Davlat qisqa muddatli obligasiyalar bozori, kredit resurslar bozori va banklararo depozitlar bozori
Kredit bir qator vazifalarni bajaradi va bular qaysilar ?
Taqsimlash, joriy qilish, nazorat qilish, rag`batlantirish va ishlab chiqarishni uzluksiz taminlash vazifalari
Davlat krediti qanday vujudga keladi ?
Davlat bir tomondan qarz oluvchi, ikkinchi tomondan qarz beruvchi sifatida chiqishi natijasida davlat krediti paydo bo`ladi.
Markaziy bank vazifasi?
Mamlakat pul-kredit tizimini markazlashgan tartibda boshqaradi va davlatning yagona monetar siyosatini amalga oshiradi.
Pul agregatlariga misollar keltiring ( kamida 4 ta )
Naqd pulsiz hisoblar cheklar, kredit kartochkalari, veksellar akkreditivlar va to`lov talabnomalari
Yalpi pul massasi qanday topiladi ?
barcha pul agregatlari yigi`ndisi orqali topiladi
Kredit mablag`larining asosiy manbalari nimalar va beshtasini sanab bering.
korxonalarda bo`sh turgan pullar, davlat ixtiyoridagi zahira pul mablaglari, kredit muassasalarining pul mablag`lari va turli maxsus va ijtimoiy fon pullari, aholi pul daromadlari va jamg`armalari.
Kredit qanday mezonlar aro farqlanadi ?
Qarz oluvchi va beruvchining asosiy toifalariga ko`ra, xo`jaliklararo, axoli va davlat kreditlari bilan farqlanadi.
Pul multilikatoriga ta'rif bering?
Bu tijorat banklar tizimi muomaladagi pul massasini ko`paytirish uchun foydalanishga mumkin bo`lgan ortiqcha ehtiyojlar bir qismi va yangi qarz taqdim qilish yo`li bilan muddatsiz qo`yilmalar summasidir
Yuqori inflatsiya davrida pul o`zining mutloq likvidlik xususiyatini yo`qotadi va bunday sharoitda yuqori likvidlik xususiyati nimalarga o`tib ketadi ?
Barqaror chet el valyutalariga va ko`chmas mulklarga.
Keyns nazariyasiga ko`ra pulga bo`lgan talab nominal daromad va ssuda foizi normasiga bog`liq va bunda nominal daromad va ssuda talabga qanday mutanosiblikda bo`ladi ?
Nominal daromad pulga bo`lgan talabga to`g`ri mutonisiblikda bo`ladi va ssuda foizi normasi esa teskari mutonasiblikda bo`ladi
Moliyaviy sarosimalikni tushuntiring va pul multiplikatorlik formulasini aytib bering?
1)Mijozlar omonatiga qo‘ygan pullarni bir vaqtning o‘zida olishga urinishlari, banklarda esa talab qilingan miqdorda pulning yo‘qligi sababli ularning sarosimaga tushib qolishidir.
2)M=1/r*100%
Qanday kreditlar veksel ( qarz majburiyatnomasi ) bilan hujjatlashtiriladi?
Tovar krediti- bu korxononalar tadbirkorlar va boshqa xo`jalik subyektlarning bir-biriga tovar shaklida beradigan kreditlar
Markaziy bankning pul-kredit siyosatini amalga oshirishda qanday usullardan foydalaniladi?
• Ochiq bozordagi operatsiyalar;
• Zaxira (ehtiyot) me’yorini o‘zgartirish;
• Hisob stavkalarini o‘zgartirish.
Fisherning ayirboshlash tenglamasi izohlang.
M=QP/V - ?
M- muomala uchun zarur bo`lgan pul miqdori
P- tovarlar narxi
V- pulning aylanish tezligi
Q – ayirboshlanadigan tovarlar miqdori
Bizning respublikamizda umumiy pul miqdori nimalar asosida hisoblanadi ?
M⁰- naqd pullar
M₁=M,+ tegishli hisob varaqalaridagi pul qoldiqlari, mahalliy byudjetlar mablag'lari, byudjet, jamoa va boshqa tashkilot mablagʻlari;
M² = M₁ + banklardagi muddatli omonat(jamgʻarma)lar;
M³ = M2 + chiqarilayotgan sertifikatlar + aniq maqsadli zayom obligatsiyalari + davlat zayom obligatsiyalari + xazina majburiyatlari.
Pul multiplikatori formulasi bo`yicha masala.
Bankning jami aktivlari (A) 1mlrd . Markaziy bank tomonidan belgilangan ehtiyojlar normasi (R) 200 mln so`m. Agar iqtisodiyotda pul multiplikatori m=5 teng bo`lsa, ushbu ortiqcha ehtiyojlar (E) orqali iqtisodiyotda pulning eng yuqori darajada ko`payishi (D) qanchaga teng?
m=D=Em E= A-R
E=A-R E=1000-200=800 mln
D=E*m D=800*5=4mlrd
Ssuda kapitaliga bo`lgan talab va taklifga bir qator omillar ta`sir qiladi. Bular - .....? (kamida 6 tasi )
ishlab chiqarish hajmi, jamg`arilgan pul hajmi, ishlab chiqarishning siklik tebranishi, ishlab chiqarishning mavsumiy sharoitlari, inflatsiya sur`ati, davlat tomonidan foiz stavkasining tartibga solinishi, tashqi omillar
Tijorat banklari vazifalarini sanab bering?(Kamida 5ta)
• Hisob – kitob operatsiyalarini amalga oshirish;
• Кredit operatsiyalarini bajarish;
• Qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalar o‘tkazish;
• Turli xizmatlar ko‘rsatish;
• Banklararo operatsiyalar o‘tkazish;
• Valyuta operatsiyalarini bajarish;
• Biznes yuzasidan maslahat berish va h.k