O'zbekistonda nogironligi bo'lgan shaxslarning huquqlarini himoya qiluvchi asosiy qonun nima?
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni, 15.10.2020 yildagi O‘RQ-641-son
Nogironligi bo'lgan shaxslarga ijtimoiy xizmat ko'rsatishning asosiy shakllari
Reabilitatsiya — tibbiy, kasbiy, ijtimoiy va psixologik reabilitatsiya yo'nalishlari.
Inklyuziv ta’lim nima?
Barcha bolalarni birgalikda o‘qitish tizimi
Bolalar huquqlarini himoya qiluvchi asosiy xalqaro hujjat qaysi?
BMT "Bola huquqlari to'g'risida"gi Konventsiyasi (1989)
Bola huquqlarini himoya qilishda "bolaning eng yaxshi manfaati" tamoyili nima?
bola hayotiga doir har qanday qaror qabul qilishda avvalo bolaning shaxsiy manfaati va rivojlanishi ustuvor qo'yilishi shart. Bu xalqaro va milliy huquqning asosiy mezoni.
BMTning nogironlik sohasidagi asosiy xalqaro hujjati qaysi?
Nogironligi bo'lgan shaxslarning huquqlari to'g'risidagi BMT Konvensiyasi (CRPD, 2006-yil).
Nogironligi bo'lgan shaxslarning bandligini ta'minlash maqsadida ish beruvchilarga qo'yiladigan majburiy ko'rsatkich nima?
Kvota tizimi — korxonalar shtati hisobidan nogironligi bo'lgan shaxslar uchun belgilangan ulush.
Nogironligi bo'lgan shaxslar uchun maxsus jihozlangan avtomobil yoki avtobus qanday ataladi?
Adaptiv transport
O'zbekistonda Bolalar huquqlarini himoya qiluvchi Konvensiyasi qachon ratifikatsiya qilingan.
1992-yil 9-dekabrda
Bolalarni himoya qilishning asosiy yo'nalishlari qanday?
jismoniy va ruhiy zo'ravonlikdan himoya, iqtisodiy ekspluatatsiyaga qarshi kurash, ta'lim huquqini ta'minlash, sog'liqni saqlash
Nogironligi bo'lgan shaxslarga nisbatan diskriminatsiyani taqiqlaydigan konstitutsiyaviy qoida qanday nomlanadi?
Tenglik printsipi — barcha fuqarolar qonun oldida teng huquqlarga ega (O'zbekiston Konstitutsiyasi).
Nogironligi bo'lgan shaxslarga shahar muhitida harakat erkinligini ta'minlovchi muhit qanday ataladi?
"qulay muhit" (yoki "to‘siqsiz muhit"), "universall dizayn"
Surdopedagogika - bu...
eshitishida nuqsoni bo‘lganlar bilan ishlash sohasidir
Qaysi Konvensiyaga koʻra, bolalar mehnatining eng yomon shakllari qatʼiyan man etiladi
XMTning 182-sonli Konventsiyasi
"Zo'ravonlik" tushunchasi bolalar himoyasida qanday ta'riflanadi?
Zo'ravonlik — jismoniy, ruhiy, jinsiy zarar yetkazish yoki e'tiborsizlik ko'rsatish.
Ijtimoiy himoya tizimida nogironlik guruhlari qanday belgilanadi?
Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza (TIEK) xulosasiga ko'ra I, II, III guruh nogironligi belgilanadi.
Nogironligi bo'lgan shaxslarga psixologik ko'mak berishning asosiy 4 usuli
Tiflopedagogika fani nimani o‘rganadi?
ko‘rish qobiliyati chuqur buzilgan (ko‘r va zaif ko‘ruvchi) shaxslarni tarbiyalash, o‘qitish va ularni jamiyatga moslashtirish nazariyasi hamda amaliyotini o‘rganuvchi maxsus pedagogika sohasi
O'zbekistonda bola huquqlarini himoya qiluvchi asosiy milliy qonun qaysi?
O'zbekistonda "Bola huquqlarining kafolatlari to'g'risida"gi Qonun (2008)
"Erta aralashuv" (early intervention) tamoyili nima?
bolaga nisbatan zo'ravonlik yoki e'tiborsizlik kuchayib ketmasdan oldin, muammoning dastlabki belgilarida yordam ko'rsatish
Nogironligi bo'lgan bolalar uchun maxsus ta'lim huquqini kafolatlovchi hujjat nima?
"Ta’lim to‘g‘risida"gi Qonun (O‘RQ-637, 2020-yil)
Maktabda nogironligi bo'lgan o'quvchiga individual o'quv rejasi tuziladi — bu hujjat nima deyiladi?
Individual ta'lim dasturi (ITD) yoki individual ta'lim rejasi.
Assistiv texnologiyalar deganda nima tushuniladi?
Assistiv (yordamchi) texnologiyalar — nogironligi bo'lgan shaxslarning kundalik hayot va mehnat faoliyatini osonlashtiruvchi qurilmalar va dasturlar: ekran o'quvchilar, ovozli buyruq tizimlari, aqlli protezlar va boshqalar.
Bolalarni zoʻravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni, 14.11.2024 yildagi O‘RQ-996-son
Zo'ravonlikka uchragan bolani reintegratsiya qilishda qanday yondashuv qo'llanadi?
Kompleks yondashuv: tibbiy, psixologik, ijtimoiy va ta'lim ko'magi birgalikda ko'rsatiladi