Oʻzbekiston respublikasining birinchi konstitutsiyasi qachon qabul qilingan?
1992-yil 8-dekabr
Oʻzbekiston respublikasi fuqarolarining asosiy siyosiy huquqlaridan biri bu?
Saylash va saylanish
Qonuniy mehnat faoliyati necha yoshdan boshlanish mumkin? (Voyaga yetmaganlarga nisbatan)
16 yoshdan
Voyaga yetmagan shaxs ogʻirlikda gumon qilinmoqda. Uni hibsga olish mumkinmi?
Faqat sud qarori bilan va bolalar uchun maxsus tartibda
Ajrashayotgan ota ona bola kim bilan qolishiga kelisha olmayapti. Kim qaror qiladi?
Sud. Bola manfaatlarini koʻzlab qaror qabul qiladi
Konstitutsiya qanday hujjat hisoblanadi?
Asosiy qonun hujjati
Bir fuqaro shikoyat qildi "men hech qayerda ishlamayman shuning uchun ham soliq toʻlamayman ". Bu toʻgʻrimi?
Yoʻq soliqlar fuqarolik burchidir
Ishchi ruxsatsiz 3kun ketma ket ishga kelmasa ish beruvchi nima qilish huquqiga ega?
Mehnat shartnomasini bekor qilish huquqiga
Ayblanuvchining advokati yoʻq sud unga advokat tayyorlashi kerakmi?
Ha bu sudlovdagi adolat va himoya huquqining asosi
Nikoh qaysi organ tomonidan rasmiylashtiriladi?
FHDYO
Konstitutsiyaning nechanchi bobi oilaga bagʻishlangan
14-bob
Fuqaro soʻz erkinligidan foydalanib boshqa shaxsni haqorat qildi? Bu qonuniymi
Yoʻq soʻz erkinligi cheksiz emas, boshqa shaxsning shaniga tajovuz qilish taqiqlanadi
Ish vaqtidan ortiqcha ishlatilgan ishchi nima talab qilishi mumkin?
Qoʻshimcha haq yoki dam olish
Sud oʻz qarorida tanish bilishlarga yon bosgan. Bu qanday xatolik?
Bu tarafkashlik va sud mustaqilligini buzish hisoblanadi
Er xotinning nikoh davomida orttirgan mulki qanday mulki hisoblanadi?
Umumiy (birgalikdagi) mulki hisoblanadi
Biz Miranda qoidasini konstitutsiyamizning nechanchi moddasida uchratishimiz mumkin?
27-modda
Miranda qoidasi nima
Bu politsiya hibsga olayotgan shaxsga uning qanday huquqlari borligini tushuntirishi shart degan qonuniy qoidadir
Voyaga yetmagan shaxs yuk tashuvchi boʻlib ishga kirganida u necha kg ogʻir boʻlmagan yuklarni koʻtarishi mumkin?
4,1kg
Sud qaroridan norozi boʻlgan shaxs qay tartibda shikoyat qilishi mumkin?
Apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida yuqori sud instansiyasiga murojaat qiladi
Vasiylik va homiylik necha yoshgacha boʻlgan bolalarga belgilanadi?
14yoshgacha boʻlgan bolalarga vasiylik, 14-18yoshdagilar uchun homiylik
Maktab oʻquvchilariga diniy libos taqiqlanmoqda. Bu qaysi konstitutsiyaviy huquqni cheklashi mumkin?
Vijdon erkinligi huquqi
Shaxs oʻzining nomi, sharafiga putur yetkazadigan yolgʻon maʼlumotni ommaga tarqatgan jurnalga nisbatan sudga murojaat qilmoqchi. U qaysi fuqarolik huquqiga tayanadi?
Sha'ni, qadr qimmati va obroʻsini himoya qilish huquqiga
Haftalik ish vaqti necha soatdan oshmasligi kerak?
40 soatdan
Oʻzbekiston respublikasi sud tizimining eng yuqori organi qaysi?
Oʻzbekiston respublikasi oliy sudi
Farzand asrab olish kim tomonidan ruxsat etiladi?
Sud tomonidan