Monopolistik raqobat bozorining mukammal raqobatdan asosiy farqi nimada?
Mahsulotlarning tabaqalashganligi yoki differensiallashuvida
Bozorda sanoqli yirik firmalar hukmronlik qiladigan bozor strukturasi qanday ataladi?
Oligopoliya
Iqtisodiy agentlarning strategik to'qnashuvi va qaror qabul qilishini o'rganuvchi fan?
O'yinlar nazariyasi
Uyali aloqa operatorlari (Beeline, Ucell, Uzmobile) bozori qaysi strukturaga misol bo'ladi?
Oligopoliya
Monopolistik raqobatda uzoq muddatda iqtisodiy foyda qanday bo'ladi?
Nolga teng
Oligopoliyada bir firmaning qarori boshqasiga ta'sir qilishi qanday nomlanadi?
O'zaro (strategik) bog'liqlik
Hamkorlik qilish har ikki tomon uchun foydali bo'lsa-da, shaxsiy manfaat tufayli ikkala tomon ham yutqazadigan holat?
Mahbus dilemmasi yoki Qamalgan shaxs muammosi
Restoranlar, kiyim-kechak do'konlari va parfyumeriya bozorlari qaysi turga kiradi?
Monopolistik raqobat
Monopol raqobat bozor turida uzoq muddatli davrda iqtisodiy foyda nima uchun nolga tenglashadi?
Bozorga kirish va chiqish to'siqlari past bo'lganligi sababli yangi firmalar kirib kelishi hisobiga
Faqat ikki firmadan iborat bo'lgan oligopoliya bozori nima deyiladi?
Duopoliya
O'yinda hech bir ishtirokchi boshqasining strategiyasi o'zgarmagan holda o'z strategiyasini o'zgartirib yutuqni oshira olmaydigan holat?
Nesh muvozanati
Lider firma o'z ulushini aniqlashda qaysi formuladan foydalanadi?
Bozor talabidan raqobatchilar taklifini ayirish orqali (Qoldiq talab)
Monopolistik raqobatda narx va o'rtacha umumiy xarajat (P va ATC) o'rtasidagi uzoq muddatli muvozanat bog'liqligini ayting.
P = ATC
Oligopolistik bozorda yangi firmalar kirishi uchun asosiy to'siq nima?
Masshtab samarasi (yirik investitsiya talabi), patentlar yoki resurslarga egalik
Raqobatchining har qanday harakatidan qat'i nazar, firma uchun doimo eng yaxshi bo'lgan strategiya?
Dominant (ustun) strategiya
Nima uchun kartellar uzoq vaqt mavjud bo'lishi qiyin?
Ishtirokchilarning kelishuvni buzib, yashirincha narx tushirish yoki hajmni oshirishga moyilligi sababli
Nima uchun monopolistik raqobat "samarasiz" hisoblansa-da, iste'molchilar uchun foydali?
Ishlab chiqarish quvvatlaridan to'liq foydalanilmasa-da, iste'molchilarga keng turdagi mahsulot tanlash imkonini beradi
Oligopolistlar o'rtasidagi ochiq yoki yashirin kelishuv asosida narxni belgilash ittifoqi nima?
Kartel
"Narxlar jangi" iqtisodiyotda qanday natijaga olib keladi?
Narxlarning chekli xarajat darajasiga tushishi va iqtisodiy foydaning yo'qolishiga
"Reklama" qaysi bozor turi uchun hayotiy muhim va nima uchun?
Monopolistik raqobat; mahsulotning boshqalardan farqini ko'rsatish (differensiallashuv) uchun