Sahoba so’zining lug’aviy va istilohiy ma’nosi
“Sahoba” so‘zi arab tilida “suhbatdosh”, “safdosh”, “tarafdor”, “hamroh” kabi ma’nolarni bildiradi. Muhaddislar istilohida “sahoba” so‘ziga“Rasulullohni ko‘rib, imon keltirgan va musulmonlik holida vafot etgan kishi” debta’rif beriladi.
Sahobalarning Rasululloh (s.a.v.)dan qanchalik ko‘p hadis rivoyat qilishlariga qaysi omillar sabab bo‘lgan?
a) ko‘p vaqt Rasululloh (s.a.v.) bilan birga bo‘lganliklari;
b) u kishi bilan bir yerda yashaganliklari;
v) hadislarni yozib borishlari;
g) sahobaning haqqiga Rasululloh (s.a.v.)ning hadislarni eslab qolishi uchunqilgan duolari;
d) Rasululloh (s.a.v.)dan keyin uzoq umr ko‘rganliklari;
ye) davlat ishlarida ishlamaganliklari hamda Madina va Makkadan tashqariga chiqib, boshqa xalqlarga hadislarni o‘rgatish imkoniyatiga ko‘proq ega bo‘lganliklari va boshqalar.
Rasululloh (s.a.v.) vafotlaridan keyin ayollar ham turli shaharlarga borib o‘sha yerda hadis tarqatish bilan shug‘ullanganlar, ushbu sahoba ayollar kimlar
Ummu Atiya Basraga borib hadis rivoyat qilishi va fiqhi bilan shuhrat qozongan, Asmo binti Yazid Shomda hadis rivoyat qilgan
Tobe’iy so’zining lug’aviy va istilohiy ma’nosi
lug‘atda, izdosh, ergashgan, sahobiylarga ergashgan ma’nolarini bildiradi. Istilohda, imon keltirgan holda sahobiyni ko‘rgan, u bilan suhbat qilgan va shunday imonda vafot etgan kishi, sahobiylarning ishini davom ettirganlarga aytiladi
Sahoba bo’lib qo’lishda ixtilofli shaxslar kimlar?
Rasululloh (s.a.v.)ni ko‘rib musulmon bo‘lgan, so‘ng murtadbo‘lib yana islomga qaytganlarning sahobaligi qolishi haqida ijmo qilingan. Butoifaga Abdulloh ibn Abu Sarh kiradi. Ammo Rasululloh (s.a.v.) hayotlik vaqtlarida dindan qaytib vafot etganlaridan so‘ng yana islomga kirgan Ash’as ibn Qays va Qurra ibn Hubayra kabilarning sahobalik darajasi qolishi borasida ixtilof bor
“Iqlol al-hadis” atamasini ta’rifi
“Iqlol al-hadis” atamasi yuz va undan ortiq hadis rivoyat qilgan sahobalar uchun qo‘llaniladi
“Kibor as-sahoba” atamasini ta’rifi
Rasululloh (s.a.v.)niko‘p ko‘rgan, suhbatlarida peshqadam bo‘lgan hamda islomga erta kirgan sahobalarga nisbatan ishlatiladi. Masalan, Abu Bakr, Umar, Usmon, Ali va boshqa(r.a.)lar.
Sahobiylarni tanib olish usullari bo‘lgani kabi tobeiylarni tanib olish usullariham bor va ular qaysi usullar?
1. Muhaddislarning aytishi orqali;
2. Tobeiyning o‘zi xabar berishi orqali;
3. Sahobiyning xabari orqali. Ibn Umar (r.a.) Sha’biyning “Mag‘oziy”ni aytib turganda “Xuddi biz bilan birga ko‘rgandek, u mendan ko‘ra xotirasi yaxshi va bilimliroq”, degan.
4. Mashhurligi bilan. Hasan Basriy, Ato, Ibn Sirin kabi tobeiylar tariqli bo‘lgan.
Payg’ambarimizning ta’lim berishda ayollarning o’rni
Rasululloh (s.a.v.)ning ayollar bilan bunday ilmiy majlislari kam bo‘lgani uchun, ayollar ko‘p shar’iy masalalarni ochiq-oydin bilishga qiziqib, u kishining huzurlariga bir necha ayolni elchi tariqasida yuborar, ular kerakli zarur masalalarga oydinlik kiritib, yaxshi tushunib boshqalarga ham tushuntirib berardilar. Ba’zi ayollar esa ularning javoblariga qoniqmasdan o‘zlari Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga borardilar, ilm o‘rganishda ayollarga xos bo‘lgan ba’zi masalalarniochiq-oydin so‘rardilar.
Rasululloh (s.a.v.)dan eng ko‘p rivoyat keltirgan yetti sahoba
1) Abu Hurayra (5374 ta hadis rivoyat qilgan);
2) Abdulloh ibn Umar (2630);
3) Anas ibn Molik (2286);
4) Hazrat Oisha (2210);
5) Abdulloh ibn Abbos (1660);
6) Jobir ibn Abdulloh (1540);
7) Abu Said Xudriy (1170).
Muhaddis Ibn Jamo‘aning fikriga ko‘ra sahobalar tabaqasini qaysi ravishda bo’lganlar?
to‘rtta xalifa, so‘ng qolgan asharai mubashshara, keyin Badr, Uhud, Rizvon bay’ati ahllari va ansorlardan ikki aqaba ahli
Tobeiylardan eng birinchi va so’ngi vafot etgani kim
birinchi vafot etgani Abu Zayd Muammar ibn Zayd bo‘lib, u 30/651 yili o‘ldirilgan. So‘nggi tobe’iy 181/797 yilda vafot etgan Xalaf ibnXalifa
Rasululloh (s.a.v.)ning xos kotiblarida kimlar bo‘lgan
Jobir ibn Abdulloh, Sa’d ibn Uboda, Samrat ibn Jundub, Abdulloh ibn Abu Avfo, Abu Muso Ash’ariy, Abu Hurayra, Abdulloh ibn Amr ibn Os
Rasululloh (s.a.v.)ning hadislarida ham sahobalarning mavqei haqida
Imom Muslim va boshqa muhaddislar Abu Sa’id (r.a.)dankeltirgan hadisda, Rasululloh (s.a.v.): “Mening sahobalarimni so‘kmangiz, nafsimqo‘lida bo‘lgan zotga qasamki, sizlardan birortangiz Uhud tog‘ichalik oltin infoqqilsangiz, yarim mud oltin sadaqa qilgan (sahobalar)ning savobini topa olmaysiz”, deganlar.
Olimlar sahobalarning islomga kirishi ketma-ketligi yoki yashagan joylariga qarab ularni guruhlarga bo‘lganlar. Jumladan, tarixchi Ibn Sa’d o‘zining “Tabaqot al-kubro”asarida sahobalarni nechci qismga bo‘ladi?
1. Muhojirlardan Badrda ishtirok etganlar.
2. Ansorlardan Badrda ishtirok etganlar.
3. Badrda ishtirok etmaganu, lekin imon keltirganlar.
4. Makka fathidan oldin imon keltirganlar.
5. Fathdan so‘ng imon keltirganlar.
Tobeiylarni nechci tabaqaga bo‘lish keng tarqalgan?
1. Katta tabaqa. Ularning rivoyatlari asosan sahobiylardan.
2. O‘rta tabaqaga esa sahobiylardan hamda katta tobeiylardan ko‘p rivoyat qilgan.
3. Kichik tabaqa tobeiylariga bo‘lsa, aksar rivoyatlari katta tobeiylardan bo‘lgan va Rasululloh (s.a.v.) davrlarida yosh bo‘lgan, oxirgi vafot etgan hamda juda ozchilik sahobiylarni ko‘rgan kishilar.
Islom tarixida iz qoldirgan kishilarning sahoba ekanini qanday bilishmumkin?
1. Uning sahobaligi mutavotir, ya’ni juda ko‘p kishilar tomonidan e’tirofetilgan bo‘lsa.
2. Kishining sahobaligi mutavotir darajasidagidek bo‘lmasa-da, mashhurbo‘lsa.
3. Mashhur sahobaning boshqa bir kishining sahoba ekanini ta’kidlashi.
4. Ishonchli tobiiylarning xabari orqali.
5. Adolat egasi bo‘lgan ishonchli kishi ehtimol qilish mumkin bo‘lganmuddat ichida Rasululloh (s.a.v.)ni ko‘rganlikda yoki u kishidan hadiseshitganlikni da’vo qilgan bo‘lsa, uning sahobaligi ham qabul qilinadi.
Rasululloh(s.a.v.)dan keyin eng ulug‘ sahoba Abu Bakr, keyin Umar, so‘ng Usmon va Ali r.a. hisoblanadi. Ba’zilar Ali (r.a.)larni Usmondan oldin qo‘yadilar. Bunga nisbatan Imom Doraqutniy nima dedilar?
“KimUsmondan avval Alini qo‘ysa u muhojir va ansorlarning ustidan mazah qilgan bo‘ladi”
Muhaddis Hokim Naysoburiy “Ma’rifat ulum al-hadis” asarida sahobalarni nechci qismga ajratgan?
1. Makkada birinchi bo‘lib imon keltirganlar. Masalan, xulafoi roshidin.
2. Dor an-nadva sohiblari. Ya’ni Umar (r.a.) islomga kirgandan so‘ng Rasululloh (s.a.v.) uni Dor an-nadvaga olib boradilar va o‘sha yerda Makkaliklardan bir necha kishi bay’at beradi.
3. Habashistonga hijrat qilganlar.
4. Birinchi aqaba sohiblari.
5. Ikkinchi aqaba sohiblari. Ularning ko‘pi ansorlardan bo‘lgan.
6. Rasululloh (s.a.v.) Madinaga kirishidan oldin Quboda ekanliklarida yetib kelgan muhojirlar.
7. Badr ahli. Ular 313 kishi va 2 ayoldan iborat.
8. Badr va Hudaybiya orasida hijrat qilganlar.
9. Rizvon bay’ati ahli.
10. Hudaybiya va Fath orasida hijrat qilganlar. Masalan, Xolid ibn Valid, Amr ibn Os, Abu Hurayra va boshqa sahoba (r.a.)lar.
11. Makka fathida islomga kirganlar. Abu Sufyon (r.a.) kabi.
12. Rasululloh (s.a.v.)ni Fath kuni va Hajjat al-vadoda ko‘rgan yosh bolalar.
Ayol tobeiylar orasida eng ulug’lari
Hafsa bint Sirin, Amra bint Abdurahmon, Ummu Dardo Sug‘ro Dimashqiyya