Matn so'zining lug'aviy ma'nosi nima ?
arabcha (mustahkam , Matn )
Abu Yosir Zahroniy o'zining "Ilm ar rijol paydo bo'lishi va birinchi asr boshidan to'qqizinchi asr oxirigacha bo'lgan rivoji" nomli asarida Ilm ar rijolga oid asarlar qachondan boshlab yozilishni boshlaganini ta'kidlaydi ?
Ikkinchi hijriy asrning ikkinchi yarmidan
Sanadlarni o'rganish ilmining shakllanish qanday bosqichlarni o'z ichiga oladi ?
sahobalar davri, isnod amaliyotining kengayib borishi (sahobalardan keyin to 2 hijriy asr oʻrtalarigacha) hamda “ilm ar-rijol”ning shakllanish bosqichlarini o'z ichiga oladi.
Muhammad ibn Siriyn
sanad so'zining qanday lug'aviy ma'nolari bor ?
1 . yo'l
2 . Suyanchiq
Isnodning ahamiyati borasida Ibn Abbosdan yetib kelgan rivoyatda Payg'ambar a.s nima deganlar ?
Rasululloh (s.a.v.):“Sizlar (mening soʻzlarimni) eshitasizlar. Sizlardan ham eshitiladi. Sizlardan eshitganlardan ham eshitiladi” deganlar.
Hadis isnodi ilmiga doir manbalarda sanadni soʻrash amaliyotining boshlanishi kimning davridan boshlangan va buning misoli qanday bo'lgan edi ?
Abu Bakr r.a ning zamonida va uning oʻzi tomonidan asos solinganini qayd qilinadi. Xususan, xalifa Abu Bakrning vafot etgan kishining buvisiga meros ajratishi haqidagi rivoyati bunga misol bo'adi.
Matn so'zining istiloxiy ma'nosi nima ?
Istilohda hadisning sanadi nihoyasidan boshlangan, yaʼni maʼnolardan tashkil topgan qismi. Boshqacha aytganda, hadisning lafzlari yoxud sanadning tugagan joyidan boshlangan Paygʻambar (s.a.v.) yoki boshqalar (sahoba, tobein, muhaddis, faqih)ning soʻzi “matn” hisoblanadi.
Imom Muslim Muhammad ibn Sirin va Abdulloh ibn Muborakdan naql qilgan rivoyatida isodning ahamiyati borasida nima deganlar ?
“Isnod dindandir. Agar isnod boʻlmaganda har kim xohlagan narsasini gapiraverardi” deganlar.
Jaloliddin Suyutiyga ko'ra "Ilm ar rijol"da birinchi bo'lib kitob yozgan olim kim ?
Shu'ba Ibn Hajjoj.
Shu'ba ibn Hajjojdan rivoyat qilingan naqlda Isnodning ahamiyati borasida nima deyilgan ?
“Tarkibida “haddasana” va “axbarona” soʻzlari boʻlmagan har bir hadis sahroda noʻxtasiz tuyasi bilan qolgan kishi misolidir” deganlar .
Munofiqlar va din dushmanlari soxta hadislar to'qiy boshlaganda , sanadsiz rivoyatlar qabul qilinmaydigan bo'di bunga Muhaddis Mujohid qanday voqeani misol tariqasida keltiradi ?
Bushayr Adaviy ismli kishi sahobiy Ibn Abbosning yoniga kelib “Rasululloh (s.a.v.) aytdi”, deb bir nechta hadis aytgani va ularni kimdan eshitganini zikr qilmagani rivoyat qilinadi. Ushbu rivoyatda, shuningdek, Ibn Abbos uning rivoyatiga eʼtibor bermagach, nima uchun bunday qilganini soʻragan Bushayrga “Hadislarga yolgʻon qoʻshilmagan davrda bir kishi “Rasululloh (s.a.v.) shunday dedi”, desa koʻzlarimizni katta-katta ochar, diqqat bilan quloq solar edik. Kishilar asov va yuvvosh tuyaga minganlaridan soʻng bilgan narsalarimiznigina qabul qiladigan boʻldik” degan javob berganini misol qiladilar.
Hokim Naysoburiy kimlarni "Jarh va Ta'dil asoschilari sifatida qayd etgan ?
Abu Bakr, Umar ibn Xattob, Ali ibn Abu Tolib va Zayd ibn Sobit kabi sahobiylarni “jarh va taʼdil” faoliyati asoschilari sifatida qayd etganlar.
"Ilm ar rijol" ning fan sifatida shakllanishiga nima asosiy sabab bo'di ?
Bunga Lays ibn Sa'd , Abdulloh ibn Muborak va Valid ibn Muslimlarning roviylar tarixiga bag'ishlangan asarlarining ta'lif etilishi sabab bo'di
Nega sahobiylar isnodni o'zlari kabilarga (sahobiylarga) emas aynan tobeinlarga shart qilganlar ?
Chunki sahobiylar bir birlarini yolg'onga chiqarmaganlar.
bu haqda : Anas ibn Molikning Rasululloh (s.a.v.)dan qilgan rivoyatlarining barchasini u kishidan eshitgani yoki yoʻqligi haqida soʻralganda: “Baʼzilarimiz boshqalarimizni yolgʻonchiga chiqarmasdik" deganlari va Baro ibn Ozibning “Biz sizlarga Rasululloh (s.a.v.)dan rivoyat qilgan hadislarning barchasini ham u zotdan eshitmaganmiz. Ularning baʼzilarini asʼhoblarimizdan eshitganmiz. Albatta biz yolgʻon gapirmaymiz" deganlari ham misol bo'lishi mumkin
Abu Hotim Roziy isnodning ahamiyati borasida nima deganlar ?
“Alloh taolo Odam (a.s.)ni yaratgandan beri biror ummatda ushbu ummatda boʻlgan narsa, yaʼni paygʻambarlarning asarlarini saqlovchi omonatdor kishilar boʻlmagan” deydi. Shunda bir kishi “Ey Abu Hotim, baʼzida asli boʻlmagan va sahih boʻlmagan hadislarni ham rivoyat qilishganku!” dedi. Shunda unga javoban “Ulamolari sahihni saqimdan ajrata biladilar. Ularni (saqimlarini) rivoyat qilishlari oʻzlaridan keyin keluvchilarga oʻzlarining asarlarni ajrata bilganlari va hammasini saqlaganlarini bayon qilish uchundir”, deganlar.
Shia yo'nalishi vakillariga ko'ra "ilm ar rijol"da birinchi bo'lib kim kitob yozgan ?
Sayyid Hasan Sadr o'zining " Ta'sis ash shia" asarida esa Abdulloh Kinoniy birinchi bo'lib yozganini ta'kidlaydi .
Sahobalar to'g'risidagi kitoblar orasida eng mashhurlari qaysilar ?
Ibn Abdulbarning “al-Istiob fi maʼrifa al-asʼhob”, Ibn Asirning “Usd al-gʻoba fi maʼrifa as-sahoba”, Hofiz ibn Hajar Asqaloniyning “al-Isoba fi tamiz as-sahoba” asarlari mashhur.
Muhammad ibn Sa'dning " At Tabaqot al kubro" asarida nimalar keltirilgan ?
Unda 4725 nafar roviyning ishonchli yoki zaifligi, rivoyatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar ularning tabaqalariga muvofiq tartiblangan.
Sufyon Savriy isnodning ahamiyati borasida nima deganlar ?
“Isnod moʻminning silohidir. Agar silohi boʻlmasa, qaysi qurol bilan jangga kiradi” deganlar .
Tabaqot janridagi mashhur asarlar qaysilar ?
Bu janrdagi asarlardan Muhammad ibn Saʼdning “At-Tabaqot al-kubro”, Imom Zahabiyning “Tazkira al-huffoz” asarlari mashhur
Ishonchli roviylar to'g'risidagi asarlar va Zaif roviylar to'grisidagi asarlar turkumidagi mashhur asarlar qaysilar ?
Ishonchli roviylar to'g'risidagi asarlar ichida - Abulhasan Ahmad ibn Abdulloh ibn Solih Mijliyning “Kitob as-siqot”, Muhammad ibn Ahmad ibn Hibbon Bustiyning “Kitob as-siqot”i, Umar ibn Ahmad ibn Shohinning “Tarix asmo as-siqot mimman nuqila anhum al-ilm” asarlari mashhurdir.
Zaif roviylar to'g'risidagi asarlar ichida esa - Imom Buxoriyning “az-Zuafo al-kabir”i, “az-Zuafo as-sagʻir”i, Imom Nasoiyning “az-Zuafo va al-matrukin”i, Abu Jafar Muhammad ibn Amr Muqayliyning “Kitab az-zuafo” asarlari mashhur .
Roviylar to'g'risida yozilgan asarlar qanday turlarga bo'linadi ?
1. Sahobalar toʻgʻrisidagi kitoblar.
2. Tabaqot janridagi asarlar.
3. Hadis roviylari toʻgʻrisidagi umumiy asarlar.
4. Hadis toʻplamlari roviylariga bagʻishlangan asarlar.
5. Ishonchli roviylar toʻgʻrisidagi asarlar.
6. Zaif roviylar toʻgʻrisidagi asarlar.
7. Maʼlum bir yurt roviylariga bagʻishlangan asarlar
Ma'lum bir yurt roviylariga bag'ishlangan asarlar turkumi qanday tuziladi va bu turdagi asarlarga misol keltiring ?
Bu turdagi asarlarda muallif maʼlum bir shahar yoki yurtda yashagan ilm ahli, mutafakkirlar, shoir va adiblar kabi mashhur odamlarni jamlaydi.
Bu turdagi asarlarga misollar : Najmiddin Umar ibn Muhammad ibn Ahmad Nasafiyning “al-Qand fi zikri ulamo as-Samarqand”, Abulqosim Hamza ibn Yusuf Sahmiyning “Tarixi Jurjon”, Ahmad ibn Ali Sobit Xatib Bagʻdodiyning “Tarixi Bagʻdod' asarlarini misol qilishimiz mumkin .
Hadis roviylari to'g'risidagi umumiy asarlar turkumidagi mashhur asarlar va bu turdagi asarlarning tuzulishi haqida ma'lumot bering ?
Ushbu turkum kitoblar orasida Imom Buxoriyning “at-Tarix al-kabir”, Ibn Abu Hotimning “al-Jarh va at-taʼdil” asarlari mashhur.
masalan :Imom Buxoriyning “at-Tarix al-kabir” asari 13800 nafarga yaqin roviylar toʻgʻrisida muhim maʼlumotlarni oʻzida jamlagan. Roviylarning ismi alifbo tarzida tartiblangan.