Bir kilogramm paxta og‘irmi yoki bir kilogramm temir?
teng
Bir sonning yarmi 25 ga teng. Bu qanday son?
50
Qaysi narsa qancha ko‘p quritsa, shuncha ho‘l bo‘ladi?
Sochiq.
Marketing nima?
Javob: Marketing — mijozlarning ehtiyojlarini aniqlash, ularga mos mahsulot yoki xizmat yaratish, targ‘ib qilish va sotish jarayoni.
Dunyoda nechta asosiy nota bor?
Javob: 7 ta — Do, Re, Mi, Fa, Sol, Lya,
3 ta mushuk 3 ta sichqonni 3 daqiqada tutsa, 100 ta mushuk 100 ta sichqonni necha daqiqada tutadi?
3
500 ning 20 foiziga 30 ni qo‘shsak, qancha bo‘ladi?
130
Bir kishi yomg‘irda soyabonsiz yurdi. Uning kiyimlari ho‘l bo‘ldi, lekin birorta ham sochi ho‘l bo‘lmadi. Nega?
Javob: U kal edi
Marketingning asosiy maqsadi nima?
Javob: Mijoz ehtiyojini qondirish va korxona foydasini oshirish
Musiqani yozib olish uchun ishlatiladigan belgilar nima deyiladi?
Javob: Nota belgilari.
Xonada 4 ta burchak bor. Har bir burchakda bittadan mushuk o‘tiribdi. Har bir mushuk qarshisida 3 ta mushukni ko‘rib turibdi. Jami nechta mushuk bor?
4
2 ta sonning yig‘indisi 50, ayirmasi 10. Sonlarni toping.
30 va 20
Qancha ko‘p olsangiz, shuncha kattalashib boradigan narsa nima?
Javob: Chuqur.
Marketingning 4P modeli nimalardan iborat?
Javob:
Product — mahsulot.
Price — narx.
Place — joy yoki tarqatish.
Promotion — reklama va targ‘ibot.
Musiqada temp nima?
Javob: Musiqaning ijro etilish tezligi.
Bir kishi 10-qavatda yashaydi. Har kuni lift bilan 7-qavatgacha chiqib, qolganini piyoda yuradi. Ammo yomg‘irli kunlari 10-qavatgacha lift bilan chiqadi. Nega?
Uning bo‘yi past, 10-qavat tugmasiga qo‘li yetmaydi. Yomg‘irli kunlari soyaboni bilan tugmani bosadi.
2 ta sonning yig‘indisi 50, ayirmasi 10. Sonlarni toping.
20
Bir xonada 10 ta sham yonib turibdi. 3 tasi o‘chib qoldi. Ertalab nechta sham qoladi?
Javob: 3 ta. Chunki qolganlari yonib tugaydi.
Maqsadli auditoriya nima?
Javob: Mahsulot yoki xizmatni sotib olishi ehtimoli yuqori bo‘lgan mijozlar guruhi.
Pianinoda nechta klavish bo‘ladi?
Javob: Standart pianinoda 88 ta klavish bo‘ladi.
2 ta ota va 2 ta o‘g‘il baliq oviga bordi. Ular jami 3 ta baliq tutishdi. Har biri bittadan baliq oldi. Bu qanday mumkin?
Ular uch kishi: bobo, ota va o‘g‘il.
10 ta ishchi ishni 6 kunda bajarsa, bir xil tezlikda 5 ta ishchi necha kunda bajaradi?
12
Qaysi savolga hech qachon «ha» deb javob berib bo‘lmaydi?
Javob: «Uxlayapsizmi?»
Brend nima?
Javob: Kompaniya yoki mahsulotni boshqalardan ajratib turuvchi nom, belgi, imij va qadriyatlar majmui.
Dirijyorning vazifasi nima?
Javob: Orkestr yoki xor ijrosini boshqarish.