O'zgaruvchilar
ratsional ovqatlanish
Ovqat hazm qilish sistemasi
Nafas olish sistemasi
Umumiy takrorlash
100

Olimlar o‘zlarini qiziqtirgan ilmiy savollarni o‘rtaga tashlaydilar va ushbu savollarga javob topish yo‘llarini izlaydilar. Ushbu faoliyat . . . . . .deb yuritiladi.

Nuqtalar o'rniga mos so'zni aniqlang

Tadqiqot
100

Ratsional so'zi qanday ma'noni anglatadi va u nima uchun xizmat qiladi?

Ratsional (lotincha "rationalus" – oqilona) ovqatlanish sog'lom turmush tarzining eng muhim omili bo'lib, sog'lom va normal rivojlanishga yordam beradi.

100

Hazm qilish jarayoni nima deb ataladi?  

Siz iste'mol qilgan mahsulotlar tarkibidagi murakkab moddalar organizm tomonidan o'zlashtirilishi uchun oddiy moddalarga parchalanadi, bu hazm qilish jarayoni deb ataladi.

100

Nafas tizimi organizmda qanday funksiyani bajaradi?

Nafas sistemasi organlari kislorodni tana bo'ylab tarqalishi uchun qonga yetkazib beradi va qondagi karbonat angidridni organizmdan chiqarib yuboradi.

100

Nima uchun biz nafas olganda og'iz orqali emas, aynan burun orqali nafas olishimiz afzal?

Chunki burun bo'shlig'idagi tukchalar va shilimshiq modda havodagi chang zarralarini ushlab qoladi hamda havo burun orqali o'tayotganda iliydi.

200

O'zgaruvchilarning necha xil turi mavjud

3 xil, erkli, erksiz va nazorat o'zgaruvchilari

200

Non, guruch va makaron mahsulotlari organizmimizni nima bilan ta'minlaydi?

Non, guruch va makaron mahsulotlari uglevodlarga boy bo'lib, bizni energiya bilan ta'minlaydi.

200

Ovqat hazm qilish tizimining organlarida nima ishlab chiqariladi va uning vazifasi nimadan iborat?  

Ovqat hazm qilish tizimi organlarida hazm shiralari ishlab chiqariladi. Hazm shirasi ta'sirida turli murakkab oziq moddalar oddiy moddalarga parchalanadi.  

200

Burun bo'shlig'ining ichki yuzasida nimalar joylashgan va ular qanday vazifani bajaradi?

Burun bo'shlig'ining ichki yuzasida tukchalar joylashgan, shuningdek shilimshiq modda ishlab chiqariladi. Tukchalar va shilimshiq modda biz nafas olayotgan havodagi chang zararlarini ushlab qoladi, havo burun bo'shlig'i orqali o'tayotganda iliydi.

200

Ratsional ovqatlanish so'zi qanday ma'noni anglatadi va u inson hayotida qanday rol o'ynaydi?

Ratsional (lotincha "rationalus" – oqilona) ovqatlanish sog'lom turmush tarzining eng muhim omili bo'lib, sog'lom va normal rivojlanishga yordam beradi.

300

Tajribada boshqa o‘zgaruvchilarga bog‘liq bo‘lmagan kattalik. Tadqiqotchi o‘zgaruvchining qiymatini o‘zgartiradi va boshqa o‘zgaruvchiga ta’sirini kuzatadi.

Bu qaysi o'zgaruvchi ?  

Erkli o'zgaruvchi

300

Qaysi mahsulotlar oqsillarga boy va ular nima uchun yordam beradi?  

Sut, pishloq, tuxum, go'sht, mosh, yeryong'oq, soya va loviya kabi mahsulotlar oqsillarga boydir. Oqsillar bizning o'sishimizga yordam beradi

300

Og'iz bo'shlig'ida til va tishlar qanday vazifalarni bajaradi?  

Tishlar yordamida oziq mahsulotlari maydalanadi. Til yordamida ovqat bo'laklari so'lak bilan aralashadi, so'lak esa murakkab uglevodlarni qisman parchalaydi. Shuningdek, til kichik va silliq ovqat luqmalari hosil bo'lishiga yordam beradi.  

300

Alveolalar nima va gazlar almashinuvi qayerda sodir bo'ladi?

Alveolalar uzum donalariga o'xshash havo pufakchalari hisoblanadi. Gazlar almashinuvi alveolalarda sodir bo'ladi.

300

Suv tabiatda nechta agregat holatda uchraydi va ularning nomlari qanday?

Uchta holatda uchraydi: qattiq (muz), suyuq (suv) va gazsimon (bug').

400

Erkli o‘zgaruvchi qiymatining o‘zgarishiga bog‘liq bo‘lgan kattalik. Bu o‘zgaruvchi tadqiqotchi tomonidan o‘lchanadigan kattalikdir.

Bu qaysi o'zgaruvchi ?  

Erksiz

400

Meva va sabzavotlarning tarkibida nimalar mavjud va ular organizmda qanday vazifani bajaradi?

Meva va sabzavotlar tarkibida ko'p miqdorda vitamin va minerallar mavjud. Ular immunitetni mustahkamlaydi.

400

Ingichka ichakda hazm bo'lgan oziq moddalar qayerga so'riladi va bu moddalar qayerga yetkaziladi?

Hazm bo'lgan ovqat tarkibidagi oziq moddalar ingichka ichak devoridagi qontomirlarga so'riladi. Bu moddalar qon orqali organizmning turli qismlariga yetkaziladi.

400

Nafas olish vaqtida diafragma va qovurg'alar qanday harakatlanadi?

Nafas olganda diafragma muskuli qisqaradi va pastga tushadi, qovurg'alar esa yuqoriga va yon tomonga harakatlanadi. Natijada ko'krak qafasi va o'pka hajmi ortib, o'pkalarga havo kiradi.

400

Fotosintez jarayoni nima va u o'simliklar uchun nima uchun muhim?

Fotosintez — o'simliklarning Quyosh nuri, suv va karbonat angidrid yordamida o'zlariga ozuqa (glyukoza) hosil qilishi jarayonidir. Bu jarayonda atmosferaga kislorod ajralib chiqadi.

500

Ularning o‘zgarishi tajriba natijalarining o‘zgarishiga olib keladi. Bunday tajriba natijalari asosida chiqarilgan xulosa haqiqiy hisoblanmaydi.

Ularni aniqlang .....

Nazorat o'zgaruvchilari

500

Shirinliklar hamda yog'li mahsulotlarni haddan tashqari ko'p iste'mol qilish qanday kasalliklar va oqibatlarga olib kelishi mumkin?

Shirinliklarni ko'p iste'mol qilish tishdagi karies va ortiqcha vaznga sabab bo'ladi. Shuningdek, qandli diabet rivojlanishiga ham olib kelishi mumkin. Yog'li mahsulotlarni ko'p iste'mol qilish natijasida esa yurak kasalliklari rivojlanadi.  

500

Ko'pchilik umurtqali hayvonlarning ovqat hazm qilish tizimi nimaga o'xshash tuzilgan va rasmda keltirilgan hayvonlar (mushuk, sigir, tovuq) orasida qanday o'xshash hamda farqli jihatlar mavjud?

Ko'pchilik umurtqali hayvonlarning ovqat hazm qilish tizimi odamnikiga o'xshash tuzilgan. Odam, mushuk, sigir va tovuqning ovqat hazm qilish sistemalarida o'xshash organlar (og'iz bo'shlig'i, halqum, qizilo'ngach, oshqozon, ingichka va yo'g'on ichak) mavjud. Biroq ularning ovqatlanish xususiyatlari va tana tuzilishiga ko'ra ba'zi qismlari (masalan, tovuqda tumshuq, mushakli oshqozon va kloaka, sigirda murakkab oshqozon) farqlanadi.

500

Turli jismoniy mashqlarni bajarganda nafas chastotasi nima sababdan o'zgaradi va nima uchun tana ko'proq kislorod talab etadi?

ismoniy mashq bajarayotganda tanamiz ko'proq energiya talab etadi. Biz iste'mol qilgan oziq moddalardan energiya ajralib chiqishi uchun kislorod zarur bo'lgani sababli, qondagi kislorodni ko'proq yetkazib berish uchun nafas chastotasi ortadi.

500

Nima uchun qish faslida kunlar qisqa, yozda esa uzun bo'ladi? Bu qanday astronomik hodisa bilan bog'liq?

Bu Yer sharining o'z o'qi atrofida emas, balki Quyosh atrofida aylanishida o'qining ma'lum darajada (23.5 gradus) og'ishgan holda harakatlanishi hamda Quyosh nurlarining yer yuziga tushish burchagining o'zgarishi bilan bog'liq.

M
e
n
u