Shia so'zining lug'aviy ma'nosi nima?
"bir ishga jam bo'lgan qavm"
Oisha r.a va Ali ibn Abu Tolib o`rtasidagi jang qanday nomlanadi?
Jamal jangi
Imomat nima?
Shialik bo‘yicha musulmonlarga faqat Ali (r.a.) va uning avlodlaridan bo‘lgan diniy arbob rahbar bo‘lishi mumkin degan qarash
Shialarda namoz o`qishdagi eng afzal buyum nima?
Karbalo tuprog'idan bo'lgan "muxr"
Ismoiliylar yana qaysi nom bilan ataladilar?
Botiniylar
Shia so'zining istilohiy ma'nosi nima?
Ali ibn Abu Tolib r.a.ning tirikliklarida u zotga tarafdor bo‘lgan, shahid bo‘lganlaridan keyin esa u zotning ahli baytlariga tarafdor bo‘lib ergashganlar.
Ali r.a kim tomonidan qatl qilinadi?
Abdurrahmon ibn Muljam
Raj'at nima?
Shialikda Mahdiy Muntazarni qaytishiga ishonish, umid qilish
Shialarda bir kunda necha mahal namoz o`qiladi?
3 mahal:
bomdod
peshin-asr
shom-xufton
Ahli kitob tomonidan so'yilgan go'shtni yemaslik qaysi oqim vakillariga xos?
Zaydiylar
Shialarning hadislar to'plami?
Axbor
Siffin jangidan keyingi sulhda Muoviya va Ali r.a tomonidan kimlar hakamlik qiladi?
Abu Muso Ash'ariy va Amr ibn Oss
Taqiya nima?
O‘z e’tiqodini berkitish, oshkor qilmaslik.
Shialarda tijorat daromadining necha qismini imomlarga berishga buyuriladi?
5/1 qismini yarmi
Muhammad ibn Ismoilni "Maktum"(yashirin imom) deb ataydigan toifa qaysi?
Ismoiliylar
Shialar qaysi oyda payg'ambarimiz S.A.V ning mavlidlarini nishonlaydilar?
Rabiul-avval oyida
Husayn r.a qaysi jangda shahid bo`ladi?
Naynavoda Yazid I ga qarshi jangda
G'aybat nima?
Shialar o‘zlarining so‘nggi imomlari Mahdiyi Muntazarni g‘oyibona olamga ketgan va ayni paytda tirik deb hisoblashlari
Mut'a nima?
vaqtinchalik nikohni joiz deb bilish
G'urobiya toifasining bunday nom bilan atalishiga sabab nima?
Qarg'alar bir-biriga o'xshagani kabi Muhammad alayhissalom bilan Ali r.a ham o'xshar edilar Jabroil esa ularni adashtirib yuborgan
Shialarda motam kuni qaysi kunga to'g'ri keladi va u kunda qanday amallar bajariladi?
Ashuro kuniga to'g'ri keladi va o'ziga-o'zi ozor berish bilan amalga oshiriladi
Shialar yana qaysi nom bilan ataladi va bunday nom berilishiga sabab nima?
Rofiziylar (rad etish) ulardan ba'zi toifalari o`zlaridan avvalgi xalifalarni rad etganligi sababidan
Shialikda ilhom nima?
Shialar o‘z imomlari haqida ular Qur’oni karimning boshqalar bilmagan botiniy ma’nosini ham biladi, bu ma’nolarni imomlarimizga Alloh ilhom qiladi degan qarash
Shialar nima sababdan G'adir kunini nishonlaydilar?
U kunda ularning e’tiqodi bo‘yicha Muhammad (a.s.) o‘zidan so‘ng Ali ibn Abi Tolibni xalifa qilib tayinlaganlar
Shialik faqat bir imomga ergashishni lozim desa, bu oqim vakillari bir vaqtning o‘zida musulmonlar orasida ikkita imomning bo‘lishi joiz deb hisoblaydilar.
Zaydiylar