Chakana savdo nima?
Tovarlarni yakuniy iste’molchiga sotish jarayoni.
Supermarket qaysi savdo turiga kiradi?
Chakana savdo.
Tovar ta’minoti nima?
Do‘konlarni kerakli tovarlar bilan uzluksiz ta’minlash.
Do’kon imiji nima?
Xaridor ongida shakllangan do‘kon haqidagi tasavvur.
Merchandising nima?
Tovarlarni xaridor e’tiborini jalb qiladigan tarzda joylashtirish.
Chakana savdo zanjirida oxirgi iste’molchi kim?
Tovarni shaxsiy yoki oilaviy ehtiyoj uchun xarid qiluvchi shaxs.
Discounter qanday savdo formatidir?
Arzon narxlarga yo‘naltirilgan savdo formati.
5R tamoyili nechta asosiy talabdan iborat?
5 ta.
Do‘kon muhitiga ta’sir qiluvchi vizual omilga misol keltiring.
Ranglar, yoritish va interyer.
Xaridor ko‘zi darajasidagi javonlar nima uchun muhim?
Mahsulotni ko‘rish va tanlashni osonlashtiradi.
Tovar harakatining asosiy ketma-ketligi qanday?
Ishlab chiqaruvchi → ulgurji savdo → chakana savdo → iste’molchi.
Premium savdo formati nimaga asoslanadi?
Yuqori sifat va xizmat darajasiga.
5R Tamoyilidagi talablarni ayting.
Kerakli tovar, miqdor, vaqt, joy va xarajat.
Aromamarketing qaysi sezgi orqali ta’sir qiladi?
Hid bilish sezgisi orqali.
Transit ta’minot nima?
Tovarni vositachi omborisiz to‘g‘ridan-to‘g‘ri do‘konga yetkazish.
Chakana savdoning iqtisodiy vazifasi nima?
Talab va Taklif muvozanatlashtirish
Ixtisoslashgan do‘kon qanday do‘kon?
Muayyan turdagi mahsulotlarga ixtisoslashgan do‘kon.
VMI nima?
Yetkazib beruvchi tomonidan zaxiralarni boshqarish tizimi.
Do‘kon muhitining akustik omillari nimalar?
Musiqa va shovqin darajasi.
Ombor orqali ta’minotning afzalligi nima?
Katta hajmdagi tovarlarni markazlashgan holda saqlash va taqsimlash.
Chakana savdo jamiyat uchun qanday ahamiyatga ega?
Aholini zarur tovarlar bilan ta’minlaydi va ish o‘rinlari yaratadi.
Zamonaviy chakana savdo an’anaviy savdodan nimasi bilan farq qiladi?
Raqamli texnologiyalar, markazlashgan boshqaruv va shaffof narxlash bilan.
Transit ta’minotning asosiy afzalligi nima?
Tovar ishlab chiqaruvchi yoki ulgurji sotuvchidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri do‘konga yetkaziladi va vaqt tejaladi.
Do‘kon imijini shakllantiruvchi asosiy jihatlar qaysilar?
Mahsulot assortimenti, xizmat, narxlarning adolatliligi, jismoniy muhit va brend obro‘si.
12 ta supermarket do‘koniga katta hajmda tovar yetkazish kerak bo‘lsa, qaysi ta’minot shakli maqsadga muvofiq?
Ombor orqali ta’minot, chunki katta hajmdagi tovarlarni markazlashgan holda taqsimlash qulay.