Oliy Sud
Hamjamiyat organlar
Umumyurisdiksiya sudlari
Harbiy sudlar
Ma'muriy sud
100

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyalarining son jihatdan tarkibi qaysi organning taqdimnomasiga binoan qaysi organ tomonidan belgilanadi?

Oliy sudi raisining taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadi.

100

Sudyalar hamjamiyati organlarini aytib bering.

Sudyalar Oliy Kengashi, Odil Sudlov Akademiyasi, Sudyalar malaka hay'atlari, Sudyalar Assotsiatsiyasi, Ayol Sudyalar Assotsiatsiyasi

100

Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi, viloyat, Toshkent shahar sudi rayosati majlislari zaruriyatga qarab, qancha muddatda oʻtkaziladi va rayosat aʼzolarining qancha qismi  hozir boʻlgan taqdirda vakolatlidir.

Har oyda

A'zolarning ko'pchiligi


100

Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi qaysi sud huquqi asosida ish yuritadi hamda uning tarkibini aytib bering 

Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi viloyat sudi huquqi asosida ish yuritadi hamda rais, rais oʻrinbosari, sudyalar va xalq maslahatchilaridan iborat boʻladi.

100

Tumanlararo maʼmuriy sudning tarkibini aytib bering


Tumanlararo maʼmuriy sud rais va sudyalardan iborat boʻladi.

200

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi Plenum aʼzolarining kamida qancha qismi hozir boʻlgan taqdirda vakolatli hisoblanadi?

Uchdan ikki qismi

200

Sudyalar Oliy Kengashining tarkibini aytib bering.

Kengash rais, rais oʻrinbosari, uning aʼzolari va kotibidan — jami yigirma bir nafar kishidan iborat tarkibda sudyalar, fuqarolik jamiyati institutlari vakillari va huquq sohasidagi yuqori malakali mutaxassislar orasidan shakllantiriladi.

200

Fuqarolik ishlari boʻyicha tumanlararo, tuman, shahar sudining tarkibini aytib bering

Fuqarolik ishlari boʻyicha tumanlararo, tuman, shahar sudi rais va sudyalardan iborat boʻladi.

200

Ushlangan, qamoqqa olingan, gauptvaxtalarda saqlanayotganlarni harbiy sudlarga qoʻriqlab olib borish va ularni sud majlisida qoʻriqlash harbiy qismlar yoki garnizonlarning harbiy komendaturalari tomonidan amalga oshiriladi. Boshqa saqlash joylarida, jazoni ijro etish muassasalarida saqlanayotgan mahbuslarni ishni koʻrish joyiga qoʻriqlab olib borish va qoʻriqlash belgilangan tartibda qaysi organning soqchilik qoʻshinlari qismlari, organlari tomonidan amalga oshiriladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining

200

Qaysi organ vazifalar taqsimotiga muvofiq sud apparati ishiga rahbarlikni amalga oshiradi?

Tumanlararo maʼmuriy sud raisining oʻrinbosari

300

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining qarori qaysi organ yoki shaxs tomonidan imzolanadi?

 Oliy sudi raisi va Oliy sudi Plenumining kotibi

300

Kengashning kotibi va yetti nafar aʼzosi kimlar orasidan saylanadi?

Fuqarolik jamiyati institutlari vakillari hamda huquq sohasidagi yuqori malakali mutaxassislar orasidan

300

Tarkibi necha nafar sudyadan ortiq tumanlararo, tuman, shahar sudida sud raisining oʻrinbosari lavozimi joriy etiladi.

Olti

300

Hududiy harbiy sudlar qaysi sud huquqi asosida ish yuritadi va uning tarkibini aytib bering


Hududiy harbiy sudlar tuman sudi huquqi asosida ish yuritadi va rais, xalq maslahatchilaridan iborat boʻladi.

300

Tumanlararo maʼmuriy sud raisi yoʻqligida uning vakolatlarini rais oʻrinbosari bajaradi, u yoʻqligida esa sud raisining vakolatlari qaysi organ tomonidan tegishli sud sudyalaridan birining zimmasiga yuklatilishi mumkin?

Qoraqalpogʻiston Respublikasi maʼmuriy sudi, viloyat, Toshkent shahar maʼmuriy sudi raisi

400

Qaysi organ qonunchilik tashabbusi tartibida ishlab chiqilgan qonun loyihalarini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish toʻgʻrisidagi masalani koʻrib chiqadi?

Oliy Sud Plenumi

400

 Sudyaga nisbatan intizomiy ish qoʻzgʻatish qaysi organ tomonidan qaysi hollarda amalga oshiriladi?

Sudyalar malaka hay'atlari tomonidan Sudlr to'g'risidagi qonunning 74-moddasida keltirilgan asoslarga ko'ra


400

Tumanlararo, tuman, shahar iqtisodiy sudi qanday ishlarni ko'rib chiqadi

Tumanlararo, tuman, shahar iqtisodiy sudi xoʻjalik yurituvchi subyektlar oʻrtasidagi fuqarolik-huquqiy munosabatlarda yuzaga keladigan nizolarni va korporativ nizolarni, shuningdek qonun bilan oʻzining vakolatlari doirasiga kiritilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqadi.

400

Harbiy sudlar tarkibi, shtatlar soni, shtatdagi lavozimlar roʻyxati qaysi organning taqdimnomasiga binoan qaysi organ tomonidan tasdiqlanadi. 

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi.

400

Qaysi organ sudyalarning aholi bilan uchrashuvlarini tashkil etadi, shuningdek jamoatchilikni har chorakda sudning faoliyati toʻgʻrisida ommaviy axborot vositalari orqali xabardor qilib boradi?

 Tumanlararo maʼmuriy sud raisi

500

Qaysi organ Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi sudlov hayʼatlari va apparati ishini tashkil etish masalalarini koʻrib chiqadi?

Oliy sud Rayosati

500

Sudyalar Assotsiatsiyasini organlarini aytib bering

Syezd va Markaziy Kengash

500

Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi, viloyat, Toshkent shahar sudi ishlarni qaysi tartibda ko'rib chiqadi?

Oʻz vakolatlari doirasida ishlarni birinchi, apellyatsiya yoki kassatsiya va taftish instansiyasi sudi sifatida koʻradi

500

Harbiy sudlarni moddiy-texnik jihatdan taʼminlash, moliyalashtirish, transport, aloqa vositalari bilan taʼminlash qaysi organ tomonidan amalga oshiriladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi huzuridagi Sudlar faoliyatini taʼminlash departamenti

500

Ma'muriy organlar deganda qaysi organlar tushuniladi?

Asos: OSPQ 24-son

Maʼmuriy organlar deganda, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-dekabrdagi PF-269-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan respublika davlat boshqaruvi organlari (vazirliklar, qoʻmitalar, agentliklar, inspeksiyalar) va ularning hududiy organlari, mahalliy davlat hokimiyat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, shuningdek, maʼmuriy-boshqaruv vakolati berilgan boshqa organlar, tashkilotlar va maxsus tashkil etilgan komissiyalar tushuniladi.

M
e
n
u