SI va ilmiy tadqiqot imkoniyatlari
Ilmiy axborotni izlash va tahlil qilish
SI va ilmiy matn yaratish
Til va adabiyot ta’limida SI
Akademik halollik va ilmiy mas’uliyat
100

Sun’iy intellekt ilmiy tadqiqotda qanday asosiy vazifani bajaradi: tadqiqotchining o‘rnini bosadimi yoki unga yordam beradimi?

Tadqiqotchining ilmiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlaydi, uning o‘rnini bosmaydi.

100

Ilmiy axborot izlashda SI yordamida kengaytiriladigan asosiy qidiruv birliklari nima deb ataladi?

Kalit so‘zlar va qidiruv terminlari.

100

SIga vazifa yoki topshiriq berish uchun kiritiladigan maxsus ko‘rsatma nima deb ataladi?

Prompt.

100

na tili ta’limida SI yordamida qanday grammatik materiallar asosida topshiriqlar yaratish mumkin?

So‘z turkumlari, gap bo‘laklari, sintaktik qurilmalar, imlo va punktuatsiya qoidalari asosida.

100

Boshqa muallifning fikri yoki matnini manbasiz o‘zlashtirish nima deyiladi?

Plagiat.

200

Ilmiy tadqiqotning qaysi bosqichlarida SI vositalaridan foydalanish mumkin? Kamida 4 tasini ayting.

Mavzu tanlash, manba izlash, ma’lumot yig‘ish, tahlil, tasniflash, matn yaratish, tahrirlash va natijalarni qayta ishlash.

200

“Critical thinking in literature” birikmasiga mos yana ikkita inglizcha qidiruv terminini taklif qiling.

Literary critical thinking; critical thinking skills in literature education.

200

SI ilmiy matn yaratishda bajarishi mumkin bo‘lgan uchta vazifani ayting.

Reja tuzish, matnni tahrirlash, annotatsiya tayyorlash, tarjima qilish yoki fikrni ilmiy uslubda ifodalash.

200

Adabiyot darsida SI yordamida badiiy asar yuzasidan qanday uch turdagi topshiriq ishlab chiqish mumkin?

Obrazlar tahlili, qiyosiy tahlil, muammoli savollar yoki munozara topshiriqlari.

200

SI tomonidan tavsiya etilgan ilmiy manbani dissertatsiyaga kiritishdan oldin nima qilish zarur?

Manbaning mavjudligini, muallifini, nomini, nashr yilini va bibliografik ma’lumotlarini tekshirish.

300

Tadqiqotchi ilmiy maqola uchun mavzu tanlamoqda, lekin mavzuning dolzarbligini asoslay olmayapti. SI unga qanday uch xil yo‘nalishda yordam berishi mumkin?

Muqobil mavzular taklif qilish, tadqiqot muammosini aniqlashtirish, mavzuga oid kalit tushunchalar va qidiruv terminlarini shakllantirish.

300

Magistrant 30 ta maqolani SI yordamida beshta guruhga ajratdi. Tasnifning ilmiy ishonchliligini aniqlash uchun u nima qilishi kerak?

Maqolalarning mazmunini tekshirishi, guruhlash mezonlarini aniqlashi va har bir maqolaning tegishli guruhga kiritilish sababini asoslab berishi kerak.

300

Quyidagi jumlani ilmiy uslubda qayta ifodalang: “O‘quvchilar matnni o‘qiydi, lekin uning mazmunini chuqur tushunmaydi”.

O‘quvchilarda matn mazmunini yuzaki idrok etish holati kuzatilib, mazmuniy va tahliliy tushunish ko‘nikmalari yetarli darajada shakllanmagan.

300

Tadqiqotchi 100 nafar o‘quvchining yozma ishlarini SI yordamida xatolariga ko‘ra tasnifladi. Ushbu tasnif asosida qanday ilmiy tadqiqot yo‘nalishlarini belgilash mumkin?

Imlo, grammatik, uslubiy va mantiqiy xatolar tahlili; yozma nutq kompetensiyasi rivojlanishidagi muammolarni aniqlash.

300

SI mavjud bo‘lmagan maqola nomi, muallif va jurnal ma’lumotlarini ishonchli ko‘rinishda taqdim etdi. Bu hodisa qanday ataladi va uning xavfi nimada?

Soxta bibliografiya yoki SI gallyutsinatsiyasi. U ilmiy ishning ishonchliligiga putur yetkazadi.

400

SI yordamida yaratilgan ilmiy matnning mavjudligi uning ilmiy jihatdan to‘g‘ri ekanini anglatadimi? Nima uchun?

Yo‘q. Matnda noto‘g‘ri faktlar, soxta manbalar va mantiqiy xatolar bo‘lishi mumkin. Uni tadqiqotchi tekshirishi kerak.

400

SI 50 ta maqolani umumlashtirdi, ammo ularning ayrimlaridagi qarama-qarshi ilmiy qarashlarni hisobga olmadi. Bu qanday metodologik muammoga olib keladi?

Biryoqlama tahlil, muhim ilmiy pozitsiyalarning yo‘qolishi va tadqiqot natijalarining noto‘g‘ri umumlashtirilishiga.

400

SI ilmiy maqolaning annotatsiyasini yaratdi. Tadqiqotchi uni maqolaga kiritishdan oldin qaysi jihatlarni tekshirishi kerak?

Tadqiqot maqsadi, metodlari, asosiy natijalari, ilmiy yangiligi va xulosalarining maqola mazmuniga mosligini.

400

Adabiyot o‘qitish bo‘yicha tadqiqotda SI bir badiiy obrazga faqat bitta talqin berdi. Tadqiqotchi bu natijadan qanday foydalanishi kerak?

Boshqa talqinlarni ham izlash, badiiy matn dalillari bilan qiyoslash va mustaqil adabiy tahlil asosida xulosa chiqarish kerak.

400

SI yordamida yaratilgan matnni o‘zining mustaqil ilmiy ishi sifatida taqdim etish nima sababdan akademik halollik muammosini yuzaga keltiradi?

Chunki bunda haqiqiy mualliflik hissasi yashirilishi, mustaqil fikrlash va ilmiy mas’uliyat buzilishi mumkin.

500

Tadqiqotning barcha bosqichlarini SIga topshirgan magistrant tayyor dissertatsiya oldi. Biroq u o‘z xulosalarini himoya qila olmaydi. Bu vaziyatda tadqiqotning qaysi asosiy tamoyili buzilgan?

Mustaqil ilmiy fikrlash va tadqiqotchining mualliflik pozitsiyasi tamoyili.

500

Sizga bir mavzu bo‘yicha 100 ta ilmiy maqola berildi. Ularni SI yordamida tahlil qilishning ilmiy jihatdan to‘g‘ri algoritmini ishlab chiqing.

Maqolalarni tekshirish → mazmunini o‘rganish → mezonlarni belgilash → SI yordamida dastlabki tasniflash → tasnifni tekshirish → umumiy va farqli qarashlarni aniqlash → mustaqil ilmiy xulosa chiqarish.

500

Ikki magistrant bir xil mavzuda maqola yozdi. Birinchisi SI bergan matnni o‘zgartirmay qabul qildi. Ikkinchisi SI takliflarini tanqidiy tahlil qilib, o‘z dalillari va ilmiy pozitsiyasi asosida matn yaratdi. Qaysi yondashuv ilmiy jihatdan maqbul va nima uchun?

Ikkinchi yondashuv. Chunki unda mustaqil fikrlash, mualliflik pozitsiyasi, tanqidiy tahlil va ilmiy mas’uliyat saqlangan.

500

Siz “O‘quvchilarning akademik yozuv ko‘nikmalarini rivojlantirish” mavzusida tadqiqot olib boryapsiz. SI ishtirokidagi, ammo tadqiqotchining ilmiy mustaqilligini saqlaydigan tadqiqot modelini ishlab chiqing.

Yozma ishlarni yig‘ish → baholash mezonlarini belgilash → SI yordamida dastlabki tasniflash → xatolarni tekshirish → metodik mashqlar ishlab chiqish → tajriba-sinov → natijalarni statistik qayta ishlash → mustaqil ilmiy xulosa.

500

Quyidagi fikrga munosabat bildiring: “Kelajakda sun’iy intellekt ilmiy tadqiqotlarda inson tadqiqotchiga ehtiyoj qoldirmaydi”. Ushbu fikrni ilmiy dalillar asosida rad eting yoki asoslang.

SI axborotni qayta ishlash va texnik vazifalarni bajarishda samarali, biroq muammoni anglash, metodologik qaror qabul qilish, dalillarni tanqidiy baholash, ilmiy yangilikni asoslash va yakuniy xulosa uchun inson tadqiqotchining mas’uliyati zarur

M
e
n
u