(Blank)
(Blank)
(Blank)
(Blank)
100

Obakilash jarayoni necha bosqichdan iborat va ular qaysilar?

Obakilash jarayoni 4 bosqichdan: namlash, qavatlash, silliqlash va pardoz berishlardan iborat.

100

Nima uchun tabletkalar qobiq bilan qoplanadi?

Tabletkalarni tashqi muhit ta’siridan saqlash, turg’unligini oshirish, tananing ma’lum qismida yoki uzoq muddat ta’sir qo’rsatishga erishish, uzaro bir biri bilan reaksiyaga kirishib ketadigan moddalardan tabletka olish, hamda estetik ko’rinishini yaxshilash maqsadida qobig’ bilan qoplanadi.

100

Tabletka so'zining ma'nosi nima?

Tabletka so’zi lotincha- "tabula" "taxta", "tabella" "taxtacha" so’zidan olingan bo’lib, dorining taxtakachlangan turidir.

100

Tabletkalarni qobiq bilan qoplash qaysi usullar yordamida olib boriladi?

Qobig’ bilan qoplash taxtakachlash, obakilash (drajirovanie) va parda hosil qilish usullari yordamida amalga oshiriladi

200

Obakilash usulida namlash jarayoni qanday kechadi?

Obakilash qozoniga solingan tabletkalar qand qiyomi bilan oldin qo’lda, so’ngra mexanik ravishda aralashtiriladi. Bunda har bir tabletka sathi bir me’yorda namlandi. So’ng qozon ishlab turganida 1:1 nisbatda tayyorlangan magniy oksidi bilan bug’doy uni aralashmasini solib, tabletka ustini bir hil qoplanguncha aralashtiriladi, so’ngra qog’ozga filtrlangan va isitilgan toza havo yuborib quritiladi. Shu tarzda bu jarayon 3-4 marta qaytariladi.

200

Tabletkalarning qobig’ bilan qoplash uchun yordamchi moddalardan tashqari yana nimalar ishlatilinadi?

Tabletkalarning qobig’ bilan qoplash uchun yuqorida keltirilgan yordamchi moddalardan tashqari shellak, mum, titan IV oksidi, bug’doy uni, tropeolin 00

200

qobiq bilan qoplash uchun asosan qanday shaklli tabletkalar ishlatilinadi?

Qobig’ bilan qoplash uchun ikki tomoni qabariq tabletkalar ishlatiladi.

200

Obakilash usuli qanday usul hisoblanadi va u qaysi uskunada olib boriladi?

Qadimiy va oddiy usul bo‘lib, maxsus misdan tayyorlangan obakilash qozonlarida amalga oshiriladi.

300

Tabletkani parda hosil qilib qoplash uchun erituvchi sifatida nimalar ishlatilinadi?

Parda hosil qilib qoplash uchun erituvchi sifatida efir, atseton, etil spirti, xloroform va ularni aralashmasi ishlatiladi.

300

Obakilash usulda namlash jarayonidan keyin tabletkalar qanday quritiladi?

Qozonga filtrlangan va isitilgan toza havo yuborish orqali quritiladi.

300

Tabletkalarni obakilash usulidagi silliqlash jarayoni  nima maqsadda amalga oshiriladi?

Tabletka yuzasidagi notekisliklarni yo‘qotish va pardozlash bosqichining sifatli hamda tez bajarilishini ta’minlash uchun.

300

Parda hosil qilib qoplashning qanday usullari mavjud?

Eritmaga botirib olish, obakilash va maxsus qurilmada «yolg‘on qaynoq yuza» hosil qilib qoplash.

400

Taxtakachlash usulida qobiqlash qanday mashinada boriladi?

Bu usulda tabletkani qoplash "Draicota" tipidagi mashinalarda olib boriladi. Dastgox ikkita rotatsion mashina majmuasidan iborat bo’lib, birida tabletka tayyorlanadi, u sinxron ravishda ikkinchi mashinaning qolipiga o’tkaziladi. Ikkinchi mashinaning qolipini diametri birinchinikidan 1-2 mm kattaroq bo’lishi kerak. Qobig’ tarkibi oldindan donador shaklga keltirilgan bo’lishi kerak. Bu massa ikkinchi mashinaning hampasidan avtomatik ravishda qobig’ og’irligini 50% miqdorida qolipga kelib tushadi. SHundan so’ng birinchi mashinada tayyorlangan tabletka massa ustiga o’tkazilgach, qolgan 50% tabletka ustiga tushadi va u taxtakachlanadi. Bosim ta’sirida qobig’ massasi yumshaydi va tabletka ustini xar tomonlama o’rab qoplaydi.

400

Tabletka qabul qilishning necha xil usuli bor va ular qanday?

1. Butunligicha qabul qilinadigan tabletkalar. Bularga usti qobiqli tabletkalar, kichik massali, noxush xid va mazali tabletkalar, og’iz bo’shligida so’rilib ta’sir qiluvchi, ta’sirin uzaytirilgan va ma’lum a’zoga ta’sir etishga mo’ljallangan xamda teri ostiga ishlatiladigan tabletkalardir. 

2. Oldindan maydalab yoki eritib ichiladigan tabletkalar.

400

Taxtakachlash usulida qobiq og‘irligi tabletka massasining necha foizini tashkil qiladi?

50–100% gacha.

400

Yupqa parda bilan qoplashda qobiq og‘irligi tabletka massasining necha foizidan oshmasligi kerak?

3% dan oshmasligi kerak

500

Tabletkalar ishlab chiqarishda qanday mashinalar ishlatiladi va ularning turlari qanday?

Tabletkalarni presslash uchun tabletkalash mashinalari ishlatiladi. Ular ikki asosiy turga bo‘linadi:

Eksentrik (bir pozitsiyali) press mashinasi: bitta presslovchi pozitsiyaga ega, kichik hajmdagi ishlab chiqarishda va tajriba laboratoriyalarida qo‘llaniladi.

Rotatsion (ko‘p pozitsiyali) press mashinasi: bir nechta matritsa va puansonlarga ega, katta hajmda uzluksiz tabletka ishlab chiqarishda ishlatiladi.

500

Xampa nima va zarb bilan tabletka tayyorlanadigan mashinalarda ularning vazifalari?

Xampa (bunker)- tabletka tayyorlash uchun mo’ljallangan massa joylashtirilgan moslama. Zarb bilan tabletka tayyorlaydigan mashinalarda xampa mashina tanasiga o’rnatilgan bo’lib, ikki qismdan iborat: xarakatsiz qismi (massa saqlovchi) va xaraktli (massani qolipga uzatuvchi) qismi- boshmoq; sirpanchiqli tabletka mashinalarida esa xampa stol bo’yicha sirpanib oldinga va orqaga xarakat qiladi.

500

Tabletkaning afzalliklarini sanab o'ting.

1. Jarayonning to’liq mexanizatsiyalashganligi, ish unumdorligining yuqoloriligi, ozodaligi. 

2. Ta’sir qiluvchi moddaning aniq dozalarga bo’linganligi va tabletka massasining aniqligi. 

3. Muolajada, saqlash va tashishda qulayligi. 

4. Noxush maza va xidlarni birmuncha kamaytirish mumkinligi. 

5. Ta’siri uzaytirilgan va kerakli a’zoga mo’ljallangan xolda bo’lishi mumkinligi va x.k

500

Tabletkaning kamchiliklarini sanab o'ting

1. Saqlanish natijasida eruvchanligi va parchalanuvchanligini kamayishi. 

2. Yordamchi moddalar ishlatilishi. 

3. Xamda dori vositalardan tabletka tayyorlash imkoniyatlari etarli ishlab chiqilmaganligi

M
e
n
u