Marriott’ning asosiy maqsadi bo‘lgan va uni tanlashga undaydigan asosiy sabab (omil) nima?
Yuqori nufuz, barqaror sifat va kafolatlangan xavfsizlik/qulaylik.
Nima uchun millionlab foydalanuvchilar aynan Booking.com platformasini tanlaydi?
Maksimal qulaylik, keng tanlov va narxlarni tezda taqqoslash imkoniyati.
Yo‘lovchilar nima uchun aynan Turkish Airlines parvozlarini Afzal ko‘rishadi?
Dunyo bo‘ylab eng ko‘p yo‘nalishlar, yuqori xizmat darajasi va mashhur gastronomiyasi (mazali taomlar) uchun.
Odamlar Disney parklariga tashrif buyurishining bosh sababi nima?
Nufuzli brend, betakror fantastik muhit va oilaviy xavfsizlik/quvonch.
Mijozlar arzonroq qahva o‘rniga aynan Starbucks’ni tanlashiga sabab nima?
Nufuz (statust), qulay atmosferadagi muhit hamda mahsulot sifati.
Marriott qaysi asosiy mijoz segmentiga (yoshi, daromadi va turmush tarzi) mo‘ljallangan?
25–60 yoshdagi daromadi yuqori/orta-yuqori bo‘lgan biznes sayohatchilar, oilalar va premium mehmonlar.
Booking.com platformasining asosiy mijozlar portreti qanday?
18–50 yoshli, raqamli texnologiyalardan unumli foydalanuvchi, mustaqil va budjetni rejalashtiruvchi sayohatchilar.
Turkish Airlines’ning asosiy maqsadli auditoriyasi kimlardan iborat?
O‘rta va yuqori daromadli xalqaro tranzit yo‘lovchilar, biznes vakillari hamda turizm ixlosmandlari.
Disney Parks & Resorts’ning asosiy iste’molchilari kimlar?
Yosh bolali oilalar, juftliklar hamda o‘rta va yuqori daromadli ertak va nostalgiya ishqibozlari.
Starbucks’ning asosiy mijozi qanday turmush tarziga ega?
Javob: 18–40 yoshdagi, o‘rta va yuqori daromadli talabalar, frilanserlar va zamonaviy shahar aholisi.
Marriott loyallik dasturi (Marriott Bonvoy) va unikal xizmati orqali mijozda qanday tajriba/emotsiya qoldiradi?
O‘zini muhim shaxsdek his qilish (eksklyuzivlik), iliq va g‘amxor mehmondo‘stlik.
Booking.com sayohatchiga qanday ruhiy va emotsional tuyg‘uni taqdim etadi?
Erkinlik, tanlov ustida to‘liq nazorat va "eng yaxshi taklifni topdim" degan qoniqish.
Turkish Airlines samolyot bortida va tranzit hududida mijozda qanday unutilmas emotsiya qoldiradi?
Sharqona mehmondo‘stlik, yuqori komfort va "Widen Your World" (Dunyoyingni kengaytir) hissi.
Disney parklari mijozlarining qalbidan joy oladigan eng asosiy emotsiya nima?
"Sehrli olamga tushib qolish" (Magical experience) va bolalarcha cheksiz quvonch.
Starbucks mijozga taqdim etadigan va brend vizitkasiga aylangan asosiy tajriba nima?
"Uchinchi makon" (Uy va ishdan tashqari qulay joy) va stakanga ism yozish orqali individual e’tibor.
Marriott’da mijozning birinchi aloqasidan joylashuvgacha bo‘lgan dastlabki 3 ta bosqich qaysilar?
Onlayn/App orqali bron qilish → 2. Kelish va kutib olinish (Check-in) → 3. Xonaga joylashish.
Booking.com’da mijoz xizmatdan foydalanishni qaysi amallar bilan boshlaydi?
Qidiruv/filtr → Joylarni taqqoslash va sharhlarni o‘qish → To‘lov/Bron qilish.
Turkish Airlines mijozining parvozgacha bo‘lgan dastlabki bosqichlari qanday ketma-ketlikda bo‘ladi?
Chipta sotib olish → Ro‘yxatdan o‘tish (Check-in) → Aeroport/Lounge xizmati va samolyotga chiqish.
Disney parki mijozining birinchi aloqadan parkga kirgunga qadar bosqichlari qaysilar?
Chipta va mehmonxonani bron qilish → Rejalashtirish (App/MagicBand) → Parkka tashrif va kutib olinish.
Starbucks’da mijozning buyurtma berish jarayoni qanday kechadi?
Kafega kirish/App orqali buyurtma → Baristaga ismini aytib to‘lov qilish → Qahva tayyorlanishini kutish.
Marriott mijoz yo‘lining yakuniy bosqichlarida (xizmat tugaganda) mijoz bilan aloqani qanday saqlaydi?
Chiquv (Check-out) jarayoni, Bonvoy ballarini berish va fikr-mulohaza (feedback) so‘rash.
Xizmat tugagach, Booking.com mijoz yo‘lining so‘nggi nuqtasida qanday muhim bosqichni amalga oshiradi?
Sharh (Review) qoldirish so‘rovi va Genius loyallik dasturi chegirmalarini berish.
Tranzit reysdagi mijozlar uchun Turkish Airlines xizmat tugagunga qadar qanday qo‘shimcha bosqichni taklif etadi?
Istanbul bo‘ylab bepul ekskursiya (Touristanbul) yoki bepul mehmonxona (Stopover) xizmati.
Disney parkida xizmat davomida va tugashida mijoz qaysi yakuniy bosqichlarni bosib o‘tadi?
Atratsionlar/shoulardan bahramand bo‘lish → Suvenir va esdalik fotosuratlarni xarid qilish.
Starbucks mijoz xizmatini yakunlash va qayta qaytarish uchun qaysi bosqichdan foydalanadi?
Ismi aytib chaqirilgan qahvani olish → Joylashib ishlash/dam olish → Starbucks Rewards dasturida bonus yig‘ish.