Ishlab chiqarishning to‘rt omilini ayting?
Yer, mehnat, kapital yoki tadbirkorlik
Bino ijarasi qaysi xarajat turiga kiradi?
Doimiy xarajat
Mahsulotga sarflangan jami xarajatning pulda ifodasi nima?
Tannarx
Foyda formulasi qanday?
Daromad − umumiy xarajat
Daromad nima?
Mahsulot yoki xizmatlarni sotishdan oladigan pul tushumi
Bino va uskunalar qaysi omilga kiradi?
Kapital
Xomashyo qaysi xarajat turiga kiradi?
Oʻzgaruvchan xarajat
Tannarxni kamaytirish yo‘llarini ayting.
Xomashyoni tejash, zamonaviy texnologiya, unumdorlikni oshirish va h.k.
Foyda nima?
Korxona daromadi va umumiy xarajatlari o‘rtasidagi ijobiy farq
Zarar nima?
Xarajatlar daromaddan ko‘p bo‘lgan holat
Ishlab chiqarishni tashkil etib boshqaradigan omil qaysi?
Tadbirkorlik
Umumiy xarajat formulasi qanday?
Doimiy + o‘zgaruvchan xarajat
Ishchi kuniga 20 dona, uskuna bilan 30 dona tayyorladi. Unumdorlik necha foiz oshdi?
50 foiz
Foydaning uch turini ayting
Yalpi, operatsion, sof foyda
Ishlab chiqarish nima
Insonlar ehtiyojini qondirish uchun tovarlar yaratish va xizmatlar ko‘rsatish jarayoni
Insonning jismoniy va aqliy faoliyati qaysi omil?
Mehnat
O‘rtacha xarajat nima?
Bitta mahsulot ishlab chiqarish uchun sarflangan xarajat.
Mehnat unumdorligi nima?
Ma’lum vaqtda ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori
Soliqlar to‘langandan keyin qoladigan foyda qanday ataladi?
Sof foyda
Foydani oshirish yo‘llarini ayting.
Sifatni yaxshilash, yangi xaridor jalb qilish, xarajatni kamaytirish, texnologiya, bozorni o‘rganish
Tabiiy resurslar qaysi omilga kiradi? Ikkita misol ayting.
Yer; suv, yer osti boylik
Qo‘shimcha bitta mahsulot uchun umumiy xarajatning oshishi nima deyiladi?
Chegaraviy xarajat
Ishlab chiqarish samaradorligi nima?
Resurslardan oqilona foydalanib yuqori natijaga erishish
Yalpi foyda nima?
Daromad bilan sotilgan mahsulot tannarxi o‘rtasidagi farq
Foydaga ta’sir qiluvchi omillarni ayting.
Narx, talab, ishlab chiqarish hajmi, raqobat, sifat, xarajat