Misrga islom dini kirib kelgandan so'ng, u yerda arab tili va tilshunosligining rivojlanishiga asosiy turtki bo'lgan omil nima edi?
Qur'oni karim qiroati, uni to'g'ri o'qish va tushunishga bo'lgan ehtiyoj
Ibn Hojibning nahv (sintaksis) ilmiga oid qaysi qisqa, ammo nihoyatda mashhur asari asrlar davomida darslik sifatida o'qitilgan?
Kofiya
"Muqaddimatu-l-adab" asarining muallifi kim va bu asar nega tilshunoslik tarixida muhim ahamiyatga ega?
Mahmud az-Zamaxshariy. Bu asar arabcha-forscha, arabcha-turkiy va boshqa tillardagi lug'at sifatida o'sha davr leksikografiyasining yuksak namunasidir.
Bu olim asli xorazmlik bo'lsa-da, uning "Al-Mufassal" asari butun islom olamida, jumladan Misrda ham grammatika bo'yicha eng nufuzli manba sifatida o'rganilgan.
Mahmud Zamaxshariy
Misrning Sharqiy muhofazasida, Soʻxa degan qishloqda tugʻilgan tilshunos olim kim?
Abu Hasan Alamiddin Ali Saxaviy
Misrda grammatika maktabining shakllanishiga asos solgan, asli iroqlik bo'lgan va "Ibn an-Nahhos" laqabi bilan tanilgan olim kim?
Abu Jafar Ahmad ibn Muhammad ibn Ismoil
Ayyubiylar hukmronligi davrida (XII–XIII asrlar) Misr tilshunosligining o'ziga xos xususiyati nimada edi?
Bu davrda tilshunoslik mustaqil fan sifatida yuksak cho'qqiga chiqdi va unda asosan Iroq (Basra va Kufa) hamda Andalus maktablari vakillarining ta'siri kuchli bo'ldi.
"Al-Mufassal" asariga yozilgan eng mashhur sharh muallifi, "Nahv ilmining imomi" deb ulug'langan olim kim?
Ibn Yaish
Andalusda tug'ilib, keyinchalik Qohirada dars bergan, "Al-Bahr al-Muhit" tafsiri muallifi va Misr tilshunosligida o'ziga xos o'rin tutgan olimni ayting.
Abu Hayyon al-Andalusiy
Misrga birinchi boʻlib nahv va ularga oid kitoblar olib kelgan olim kim?
Valid ibn Muhammad Tamimiy (Vilad)
Amir Azziddin Mavsik Solihiyning eshik ogʻasi boʻlib xizmat qilgan olim kim?
Ibn Hojib
Daqiqiy qalamiga mansub Sibavayhining "Al-kitob"iga yozilgan sharh qaysi?
Lubob al-Albob
Abul Husayn ibn Vilad qalamiga mansub "Al-Manmaq" asari qaysi sohaga oid?
Nahv
استغناء في تفسير القرآن asari necha jilddan iborat
100
Ibn Xallikon qaysi olim haqida "Nahv ilmida asrining imomi edi" degan?
Ibn Boboshoz
Suyutiy kim haqida "Dovrugʻi, shuhrati elga taraldi, ishlari mashhur boʻldi, Misr diyorida unga oʻxshashi asli boʻlmadi" degan?
Ibn Barriy
Abul Husayn Adli ibn Abdusamad ibn Muhammad ibn Mufarraj qanday nom bilan tanilgan?
Ibn Rammax
Sibavayhining Al-kitob iga, Zujajiyning Al-Jumaliga, Ibn Duraydning Al-Jamharasiga, Javhariyning as-Sahohiga sharh yozgan mashhur Misr tilshunosi kim?
Ibn Muʼti
Nima sababdan Bulatiyni yer chuvalchangi deb atashgan?
Qishda umuman koʻrinmay qolishi, berkinib olishi sababli
Ali ibn Hasan ibn Muhammad ibn Yahyo qanday nom bilan tanilgan?
Allon