Oltingugurtning rombik va monoklinik shakllari qanday hodisaga misol bo‘ladi?
Allotropiyaga
Yorug‘lik ta’sirida elektr xususiyatlari o‘zgarishi tufayli selen qaysi turdagi qurilmalarda qo‘llanadi?
Fotoelektrik qurilmalarda.
Tellurning kimyoviy belgisi qanday?
Te
Poloniyning kimyoviy belgisi qanday?
Po
VI A guruhining asosiy vakillaridan biri bo‘lgan elementning belgisi S. Bu qaysi element?
Oltingugurt.
OvOltingugurt kislorodda yonganda asosan qanday gaz hosil bo‘ladi?
Oltingugurt(IV)-oksid, SO₂.
Shisha tarkibidagi keraksiz ranglarni kamaytirish uchun ishlatiladigan VI A guruh elementi qaysi?
Selen
Tellurning davriy jadvaldagi tartib raqami nechaga teng?
52
Poloniyning davriy jadvaldagi tartib raqami nechaga teng?84
84
Oltingugurtning vodorod bilan hosil qilgan birikmasi formulasi qanday?
H₂S.
Tabiiy kauchukning mustahkamligi va elastikligini oshirishda oltingugurtdan foydalaniladigan jarayon nima deyiladi?
Vulkanlash
Selenning tirik organizmlar uchun oz miqdorda zarur bo‘lishi nimani anglatadi?
U mikroelement hisoblanadi.
Tellur oddiy modda sifatida qanday rangli ko‘rinishga ega?
Kumushsimon oq-kulrang.
Poloniy qaysi olimlar tomonidan kashf etilgan?
Mariya Kyuri va Per Kyuri.
S, Se, Te va Po elementlari zamonaviy davriy jadvalning qaysi guruhiga kiradi?
16-guruhga.
Oltingugurt vodorod bilan reaksiyaga kirishganda qanday modda hosil bo‘ladi?
Vodorod sulfid — H₂S.
Selenning kimyoviy belgisi va tartib raqami qanday?
Se, tartib raqami 34.
Tellur kislorod bilan reaksiyaga kirishganda hosil bo‘lishi mumkin bo‘lgan oksid formulasini yozing
TeO₂.
Poloniyning barcha izotoplari qanday xususiyatga ega?
Radioaktiv
S, Se, Te va Po elementlari bo‘ylab yuqoridan pastga tushganda atom radiusi qanday o‘zgaradi?
Ortadi
Konsentrlangan sulfat kislota mis bilan reaksiyaga kirishganda qaysi gaz ajralib chiqadi?
Oltingugurt(IV)-oksid — SO₂.
Selen vodorod bilan birikma hosil qilganda birikmaning formulasi qanday bo‘ladi?
H₂Se — vodorod selenid.
Tellurning vodorodli birikmasi formulasini yozing va undagi tellurning oksidlanish darajasini aniqlang.
H₂Te, tellurning oksidlanish darajasi −2
Poloniy davriy jadvalning qaysi davri va guruhida joylashgan?
6-davr, 16-guruh (VI A guruh).
H₂S, H₂Se va H₂Te birikmalarida elementlarning oksidlanish darajasi bir xil. Uni aniqlang.
-2