Xalqaro menejment ?
Xalqaro menejment — bu kompaniyaning bir nechta mamlakatlarda faoliyat yuritishini boshqarish jarayoni. U rejalashtirish, tashkil etish, rahbarlik qilish va nazorat qilish funksiyalarini xalqaro miqyosda amalga oshiradi.
Global strategiya nima?
Barcha mamlakatlarda deyarli bir xil mahsulot va strategiyadan foydalanish.
FDI ?
To‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya
Franchayzing ?
Brend va biznes modelini ishlatish huquqini berish
Aktivlar nima?
Kompaniyaning mol-mulki va resurslari.
Globallashuv ?
bu dunyo mamlakatlari iqtisodiy, siyosiy, texnologik va madaniy jihatdan tobora o‘zaro bog‘lanib borish jarayonidir.
Hofstede nazariyasi nima?
Geert Hofstede madaniyatni o‘lchash uchun 6 ta asosiy ko‘rsatkichni ishlab chiqqan (individualizm, hokimiyat masofasi va boshqalar).
Swot analysis ?
bu korxona, loyiha yoki biznesning ichki va tashqi omillarini tahlil qilish usuli.
Joint venture
Ikki kompaniya birlashib yangi biznes ochishi.
Tashkiliy madaniyat ?
Tashkiliy madaniyat — bu kompaniya ichidagi xodimlarning ish uslubi, qadriyatlari va qoidalari tizimi.
Globallashuv turlari nima ?
Iqtisodiy, Siyosiy, Madaniy, Texnologik, Atrof-muhit
Marketing
Mahsulotni yaratish va sotish jarayoni.
SWOT qaysi suzlardan tashkll topgan ?
S – Strengths (Kuchli tomonlar)
W – Weaknesses (Zaif tomonlar)
O – Opportunities (Imkoniyatlar)
T – Threats (Tahdidlar)
Xalqaro bozor tanlovi LSE modeli nima?
LSE modeli — bu bozorni jozibadorlik (L — Lure/Attractiveness), strategik mos kelish (S — Strategic fit) va kirish imkoniyati (E — Entry feasibility) bo'yicha baholaydigan amaliy vosita.
Ma'muriy meros tushunchasi nima?
Ma'muriy meros — kompaniyaning tarixiy qarorlari, tashkiliy tuzilmasi va madaniyatidan kelib chiqqan "meros" bo'lib, yangi strategiyani joriy etishni qiyinlashtiradi.
DAP va DDP lar nima ?
International Chamber of Commerce tomonidan ishlab chiqilgan xalqaro savdo qoidalari bo‘lib, tovarni yetkazishdagi xarajat va risk kimning zimmasida bo‘lishini belgilaydi.
Biznes qarorlariga milliy madaniyat qanday ta'sir qiladi?
Milliy madaniyat qadriyatlar, me'yorlar va xulq-atvor andozalarini belgilab, muzokaralar uslubi, qaror qabul qilish tezligi va rahbarlik tarziga ta'sir qiladi.
Geografik-Diniy-Siyosat omillari xalqaro biznesga qanday aloqasi bor?
Geografiya — transport va resurs xarajatlarini, din — iste'mol odatlari va ish vaqtini, siyosat esa qonunchilik va soliq muhitini belgilaydi
Multidomestik va global strategiya farqi nima?
Multidomestik strategiyada har bir mamlakatga mahsulot va marketing alohida moslashtriladi (lokalizatsiya), global strategiyada esa butun dunyo uchun yagona standart qo'llaniladi (standartlashtirish).
Transfert narxlash nima?
Transfert narxlash — transmilliy kompaniyaning o'z filiallari o'rtasida tovar va xizmatlarni sotish narxi.
Xalqaro qiymat zanjiri (value chain) nima?
Qiymat zanjiri — mahsulot yaratilishidan to mijozga yetkazilgunga qadar bo'lgan barcha faoliyatlar ketma-ketligi
Ekspatlar va mahalliy kadrlar o'rtasidagi farq va afzalliklari qanday?
Ekspatlar (xorijdan yuborilgan xodimlar) korporativ madaniyat va standartlarni olib keladi, lekin ular qimmat va moslashishi qiyin
Global fikrlash (global mindset) nima va u nima uchun muhim?
Global fikrlash — rahbar yoki xodimning turli madaniyatlar, bozorlar va tashkiliy tizimlarni tushunib, ularda samarali harakat qila olish qobiliyati.
Born Global" kompaniyalar an'anaviy xalqarolashuv bosqichlarini nima uchun o'tkazib yuboradi?
An'anaviy Uppsala modeli bo'yicha kompaniya avval mahalliy bozorda mustahkamlanib, keyin qo'shni mamlakatlarga, so'ng uzoq bozorlarga chiqishi kerak.
Institutsional bo'shliq (Institutional Void) nima?
Rivojlanayotgan bozorlarda mustaqil sud, kredit reytingi, ishonchli ma'lumot bazasi kabi tizimlarning yo'qligi