Moliyaviy detektiv
Jahon moliyasi xaritasi
Tarix g‘ildiragi
Mantiqiy savollar
100

Xalqaro moliyaviy institutlar, tizimlar va tartibga solish mexanizmlarining majmuasi. U global moliyaviy barqarorlikni ta’minlaydi. Bu qanday tushuncha?

Jahon moliyaviy arxitekturasi

100

Qashshoq mamlakatlarga imtiyozli kredit beradigan Jahon banki guruhi tashkiloti qaysi?

IDA — Xalqaro taraqqiyot assotsiatsiyasi

100

1944-yilda tuzilgan, dollar oltinga bog‘langan va XVJ hamda Jahon banki tashkil topgan valyuta tizimi qanday ataladi

Bretton-Vuds tizimi

100

Ikki ota va ikki o'g'il yo'lda ketayotib  3 ta olma topib olishdi. Ularning har biriga bittadan olma tegdi. Bu qanday sodir bo'ldi

Ular bobo, ota va farzand edilar

200

Real ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lmagan, narxlar farqidan tez foyda olishga qaratilgan moliyaviy operatsiyalar qanday ataladi?

Spekulyativ operatsiyalar

200

Osiyo taraqqiyot banki (ADB), Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (EBRD) va Afrika taraqqiyot banki (AfDB) qanday institutlar guruhiga kiradi?

Mintaqaviy moliyaviy institutlar

200

Yevro qaysi yilda joriy etilgan?

 1999

200

O'zbeklar hamma ishlarini Bismillah deb o'ng
oyoqdan boshlashadi.Lekin barcha bu ishni
chap oyoqdan boshlab,chap tomondan
tugatadi. Kimda kim bu ishni orangizda qilgan
bo'lsa, u ham chap oyoq bilan boshlab chap oyoq bilan tugagan

Ot minish

300

Moliya bozorlari butun dunyo bo‘ylab birlashib, kapital mamlakatlar o‘rtasida erkin harakatlana boshlagan jarayon qanday ataladi?

Moliyaviy globallashuv

300

Bazel qo‘mitasi, Moliyaviy barqarorlik kengashi (FSB) va Xalqaro hisob-kitoblar banki (BIS) qaysi guruhga mansub?


 Moliyaviy tartibga soluvchi tashkilotlar

300

1867-yilgi Parij konferensiyasi qaysi valyuta standarti bilan bog‘liq?
 

Oltin standart (oltin andozasi)

300

2016-yilda “Minecraft” o’yiniga raqobatchi sifatida o’yin ishlab chiqqan kompaniyani ayting

lego

400

XVJ chiqaradigan, bir nechta valyutadan iborat “savatcha”ga asoslangan xalqaro zaxira aktivi qanday ataladi?

SDR — maxsus qarz olish huquqlari

400

Xalqaro moliyaviy hisobot standartlarini ishlab chiqish bilan shug‘ullanuvchi organni aniqlang.

A) Xalqaro valyuta jamg‘armasi (IMF)
B) Xalqaro buxgalteriya standartlari kengashi (IASB)
C) Xalqaro hisob-kitoblar banki (BIS)
D) Moliyaviy barqarorlik kengashi (FSB)

B) IASB — Xalqaro buxgalteriya standartlari kengashi

400

1971-yilda AQSh dollari bilan nima sodir bo‘ldi? Bu qaysi tizimning yemirilishini boshlab berdi?

Dollarni oltinga almashtirish to‘xtatildi. Bu Bretton-Vuds tizimining yemirilishini boshladi.

400

Bir romanning keksa qahramoni baland bo'yli va og'ir vaznli edi. Shuning uchun tanish rohib bu odamga IKSga yaqinroq ko’chib kelib yashashini maslahat beradi .
Diqqat savol: IKSni bir so’zda ayting.

qabriston

500

Bo‘sh joyni to‘ldiring va bitta misol keltiring: “Xalqaro moliya tizimi xalqaro iqtisodiy aloqalarning ... asosidir.”

Moliyaviy asosidir. Misol: eksport-import uchun to‘lovlar, xorijiy investitsiyalar, xalqaro kreditlar.

500

Xalqaro moliya tizimining elementlaridan biri — transmilliy korporatsiyalar (TMK) moliyasi. TMK nima? Bir jumlada ayting va bitta misol keltiring.

Bir necha mamlakatda filial va korxonalari bilan faoliyat yuritadigan yirik kompaniya. Misol: Coca-Cola, Toyota, Samsung, Apple.

500

Yamayka konferensiyasida qabul qilingan va xalqaro valyuta tizimini isloh qilishga asos bo‘lgan kelishuvlar qaysi tashkilot doirasida amalga oshirilgan?

Xalqaro valyuta jamg‘armasi (IMF)

500

Ushbu imzo tarixiy shaxslardan biriga tegishli. Yaxshilab imzoga e‘tibor bilan qarasangiz shaxsning familiyasini topishingiz mumkin.
Diqqat savol: bu imzo kimga tegishli?

Xiristafor Kolumb

M
e
n
u