1-toifa
2-toifa
3-toifa
4-toifa
5-toifa
100

Yalpi talab deganda nimani tushunasiz?

Yalpi talab — bu ma’lum vaqt davomida iqtisodiyotdagi barcha iste’molchilar, korxonalar va davlat tomonidan turli narx darajalarida sotib olinishi mumkin bo‘lgan tovar va xizmatlarning umumiy hajmidir.

100

Yalpi taklif nima va u qanday omillarga bog‘liq?

Yalpi taklif — iqtisodiyotda ishlab chiqaruvchilar tomonidan ma’lum narx darajasida taklif qilinadigan tovar va xizmatlarning umumiy hajmidir. U resurslar narxi, texnologiya, soliqlar va ishlab chiqarish xarajatlariga bog‘liq bo‘ladi.

100

Bozor muvozanati tushunchasiga izoh bering.

Bozor muvozanati — talab va taklif tenglashgan holat bo‘lib, bunda bozorda ortiqcha mahsulot yoki taqchillik yuzaga kelmaydi.

100

Yalpi talab egri chizig‘i nima sababdan pastga yo‘nalgan bo‘ladi?

Yalpi talab egri chizig‘i pastga yo‘nalgan bo‘ladi, chunki narx oshganda xaridorlarning xarid qobiliyati kamayadi va talab qisqaradi.

100

Davlat xarajatlari yalpi talabga qanday ta’sir ko‘rsatadi?

Davlat xarajatlari oshsa, yalpi talab ham ortadi, chunki iqtisodiyotga qo‘shimcha mablag‘ kiradi.

200

Yalpi taklif egri chizig‘ining shakli qanday bo‘ladi?

Yalpi taklif egri chizig‘i odatda yuqoriga ko‘tarilib boruvchi shaklda bo‘ladi, chunki narx oshishi ishlab chiqaruvchilarni ko‘proq mahsulot ishlab chiqarishga undaydi. Yotiq kesma qiya kesma va tik kesma

200

Bozor muvozanatiga ta’sir etuvchi asosiy omillarni sanang.

Bozor muvozanatiga ta’sir etuvchi asosiy omillar: talab, taklif, iste’molchilar daromadi, resurslar narxi, soliqlar, davlat siyosati va import-eksport hajmi.

200

Narxlarning o‘zgarishi yalpi talabga qanday ta’sir qiladi?

Narxlarning oshishi yalpi talabni kamaytiradi, narxlarning pasayishi esa talabni oshiradi.

200

Iste’molchilar daromadi oshsa, bozor muvozanati qanday o‘zgaradi?

iste’molchilar daromadi oshsa, talab ortadi va muvozanat narxi hamda mahsulot hajmi ko‘payadi. ste’molchilar daromadi oshsa, talab ortadi va muvozanat narxi hamda mahsulot hajmi ko‘payadi.

200

Soliqlar miqdorining o‘zgarishi yalpi taklifga qanday ta’sir qiladi?

Soliqlar oshsa, ishlab chiqarish xarajatlari ko‘payadi va yalpi taklif kamayadi. Soliqlar kamaytirilsa, taklif oshadi.

300

Minimal narx tushunchasini izohlang.

Minimal narx — davlat tomonidan belgilangan eng past narx bo‘lib, undan past narxda mahsulot sotishga ruxsat berilmaydi.

300

Maksimal narx nima va u qachon qo‘llaniladi?

Maksimal narx — davlat tomonidan belgilangan eng yuqori narx bo‘lib, undan yuqori narxda mahsulot sotish taqiqlanadi. Odatda ijtimoiy ahamiyatga ega mahsulotlarda qo‘llaniladi.

300

Minimal narx joriy etilganda bozorda qanday holat yuzaga keladi?

Minimal narx joriy etilganda bozorda ortiqcha mahsulot paydo bo‘lishi mumkin.

300

Maksimal narx joriy etilganda bozorda qanday muammo paydo bo‘lishi mumkin?

Maksimal narx joriy etilganda bozorda mahsulot taqchilligi yuzaga kelishi mumkin.

300

Davlat nima sababdan minimal va maksimal narxlarni belgilaydi?

Narxlarni tartibga solish iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, aholining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish va bozordagi keskin o‘zgarishlarni kamaytirishda muhim ahamiyatga ega.

400

Bozor iqtisodiyotida narxlarning tartibga solinishi qanday ahamiyatga ega?

Davlat minimal va maksimal narxlarni aholini himoya qilish, inflyatsiyani nazorat qilish va ishlab chiqaruvchilar manfaatini saqlash uchun belgilaydi.

400

Yalpi talab va yalpi taklif o‘rtasidagi farqni tushuntiring.

Yalpi talab xaridorlarning mahsulot sotib olish istagini bildirsa, yalpi taklif ishlab chiqaruvchilarning mahsulot taklif qilish imkoniyatini bildiradi.

400

Muvozanat narxi qanday aniqlanadi?

Muvozanat narxi talab va taklif egri chiziqlari kesishgan nuqtada aniqlanadi.

400

Inflyatsiya yalpi talab va yalpi taklifga qanday ta’sir qiladi?

Inflyatsiya narxlarning oshishiga olib keladi, bu esa yalpi talabni kamaytirishi va yalpi taklif xarajatlarini oshirishi mumkin.

400

Ishsizlik darajasi bozor muvozanatiga qanday ta’sir etadi?

Ishsizlik darajasi oshsa, aholining daromadi kamayadi va talab qisqaradi, natijada bozor muvozanati o‘zgaradi.  

500

Eksport va importning o‘zgarishi yalpi talabga qanday ta’sir qiladi?

Eksport oshsa, yalpi talab ortadi; import oshsa esa ichki talabning bir qismi chet el mahsulotlariga yo‘naladi va yalpi talab kamayishi mumkin.

500

Resurslar narxining oshishi yalpi taklifga qanday ta’sir ko‘rsatadi?

Resurslar narxining oshishi ishlab chiqarish xarajatlarini ko‘paytiradi va yalpi taklifni kamaytiradi.

500

Bozor iqtisodiyotida davlatning roli nimadan iborat?

Davlatning roli — iqtisodiyotni tartibga solish, qonunlarni yaratish, raqobatni himoya qilish va ijtimoiy barqarorlikni ta’minlashdan iborat.

500

Erkin bozor va tartibga solinadigan bozor o‘rtasidagi farqlarni ayting.

Erkin bozorda narxlar talab va taklif asosida shakllanadi, tartibga solinadigan bozorda esa davlat narxlarga va iqtisodiy jarayonlarga aralashadi.

500

Minimal va maksimal narxlarning afzallik hamda kamchiliklarini tushuntiring.

Minimal narxning afzalligi — ishlab chiqaruvchilarni himoya qiladi, kamchiligi — ortiqcha mahsulot yuzaga keladi. Maksimal narxning afzalligi — iste’molchilarni himoya qiladi, kamchiligi — mahsulot taqchilligiga sabab bo‘lishi mumki

M
e
n
u