Mamlakatdagi barcha xaridorlar sotib olishni xohlaydigan tovar va xizmatlar umumiy hajmi nima deb ataladi?
Yalpi Talab
Odamlarning oylik maoshi va daromadlari oshsa, Yalpi talab nima bo'ladi?
Oshadi (ko’payadi)
Yalpi taklif qisqartmasi - AS. Bu ingliz tilidagi qaysi so’zlar qisqartmasi
Aggregate Supply
Dastlab dorixonada dori siropi sifatida sotilgan, ammo bugungi kunda dunyodagi eng mashhur kompaniya qaysi?
Coca-cola
Dunyodagi eng mashhur valyutalardan biri bo'lgan AQSh dollari (qog'oz pullari) aslida qog'ozdan emas, balki asosan 75% qaysi o'simlik tolasidan tayyorlanadi?
Paxta (o’simlik!!!)
Mamlakatdagi barcha korxonalar va zavodlar sotishga tayyor bo'lgan tovarlar umumiy hajmi qanday nomlanadi?
Yalpi Taklif
Yalpi talabning asosiy makroiqtisodiy tenglamasi (AD = C + I + G + NX) tarkibidagi "G" harfi nimani anglatadi?
Davlat xarajatlarini (Government spending)
Masalan, yozda qattiq qurg'oqchilik bo'lib, suv tanqisligi yuzaga keldi va bug'doy hosilining yarmi nobud bo'ldi. Bu hodisa iqtisodiyotdagi oziq-ovqat mahsulotlari bo'yicha Yalpi taklifga qanday ta'sir ko'rsatadi?
Yalpi taklif keskin kamayadi (Bu holat "salbiy taklif shoki" deb ham ataladi).
Milliarder Jyeff Bezos o'zining dunyoga mashhur "Amazon" kompaniyasiga asos solganida, u internet orqali faqat bitta turdagi mahsulot sotishdan biznesini boshlagan. Bu qanday mahsulot edi?
Kitoblar
2008-yilda qaysi Afrika davlatida inflyatsiya shu qadar dahshatli darajaga yetdiki, odamlar bitta non sotib olish uchun bir aravacha pul olib borishgan va hatto "100 trillionlik" kupyura muomalaga chiqarilgan?
Zimbabve
Yalpi talab (AD) harflari qaysi inglizcha so'zlarning qisqartmasi hisoblanadi?
Aggregate Demand
Mamlakat aholisining soni keskin ko'paysa (masalan, migratsiya hisobiga), Yalpi talab qanday o'zgaradi?
Oshadi
Elektr energiyasi va gaz narxining qimmatlashi korxonalar ishi va taklifiga qanday ta'sir qiladi?
Salbiy ta'sir qiladi (Yalpi taklif tushadi)
Qadimgi yunon g'alaba ma'budasi sharafiga nomlangan kompaniya?
Nike
LEGO kompaniyasi yaqin kunlarda Instagram sahifasida shunaqa reklama berdiki, asosiy mavzusi JCH-2026 ga oid, bu reklamada qaysi sportchilar qatnashgan?
Cristiano Ronaldo, Kilian Mbappe, Vinicius Junior, Leo Messi
Mamlakatdagi barcha ishlab chiqaruvchilar tomonidan bozorga yetkazib berishga tayyor bo'lgan tovar va xizmatlar umumiy hajmi qanday nomlanadi?
Yalpi Taklif
Tasavvur qiling, davlat barcha ishchilarning oylik maoshidan olinadigan daromad solig'ini 12% dan 8% ga tushirdi. Bu holatda Yalpi talab (AD) grafigi qaysi tomonga siljiydi?
O'ngga (Yalpi talab oshadi, chunki odamlarda pul ko'payadi)
Masalan, barcha dehqonlar qo'l mehnati o'rniga yangi zamonaviy traktorlar va kombaynlardan foydalanishni boshladi. Dehqonlar soni umuman o'zgarmasa ham, bu holat qishloq xo'jaligida Yalpi taklifni qanday o'zgartiradi va nima uchun?
Yalpi taklifni oshiradi (o'ngga suradi). Chunki yangi texnologiya hisobiga mehnat unumdorligi oshad
"McDonald's" kompaniyasi faqatgina gamburger va fri kartoshkasi sotishdan emas, asosan qaysi biznes turidan (restoranlari joylashgan binolar orqali) eng katta daromad topadi?
Ko'chmas mulk (Binolarni ijaraga berish)
Iqtisodiyot Nazariyasi seminar ustozning ism-familyasi?
Muxamedjanova Maxfuza
Yalpi talab va yalpi taklif mavzulari iqtisodiyotning qaysi bo'limida o'rganiladi: Mikroiqtisodiyotmi yoki Makroiqtisodiyot?
Makroiqtisodiyot
Milliy valyutamiz qadrsizlansa (masalan, 1 dollar 12,000 so'mdan 13,000 so'mga ko'tarilsa), chet elliklar uchun bizning tovarlar arzonlashadi. Bu mamlakatning yalpi talabini qanday o'zgartiradi?
Oshiradi (chunki eksportimiz ko'payadi)
Masalan, tasavvur qiling, iqtisodiyotda barcha odamlar ish bilan ta'minlangan va hamma zavodlar o'zining maksimal quvvatida (100%) ishlamoqda. Agar bozorda mahsulotlar narxi yana 20% ga oshsa, korxonalar o'zining Yalpi taklif hajmini ko'paytira oladimi?
Yo'q, ko'paytira olmaydi. Chunki barcha resurslar (ishchilar, uskunalar) band bo'lib bo'lgan. (Shu sababli uzoq muddatli yalpi taklif - LRAS chizig'i vertikal bo'ladi).
Jahon savdo tarixida do'kon kassasida shtrix-kod (barcode) orqali skaner qilib sotilgan eng birinchi mahsulot nima bo'lgan?
Saqich
Sun'iy intellekt (AI) inqilobi va chiplariga bo'lgan ulkan talab tufayli ushbu kompaniyaning yillik sof foydasi 2026-yilga kelib g'aroyib darajaga — qariyb 120 milliard dollarga yetdi. Buning natijasida uning umumiy bozor qiymati 4,5 trillion dollardan oshib, dunyodagi mutlaq eng qimmat kompaniyalardan biriga aylandi. Bu qaysi kompaniya?
Nvidia