Mustaqillik va davlatchilik
Islohotlar va taraqqiyot
Tarixiy sanalar
100

1991-yil 31-avgustda qabul qilingan “Davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida”gi Qonunga qachon konstitutsiyaviy maqom berilgan?

1991-yil 30-sentabr

100

2017–2021-yillarga mo‘ljallangan Harakatlar strategiyasi nechta ustuvor yo‘nalishni o‘z ichiga olgan?

5 ta

100

1991-yil mustaqillikdan keyingi birinchi yil nomi qanday atalgan?

Alisher Navoiy yili.

200

1991-yil 31-avgustdagi tarixiy hujjatning to‘liq nomini ayting.

O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida”gi Qonun

200

Harakatlar strategiyasi qaysi sanada tasdiqlangan?

2017-yil 7-fevral. 

200

1996-yil O‘zbekistonda kimning nomi bilan atalgan?

Amir Temur yili

300

1991-yil 30-sentabrdagi qarorga ko‘ra, tayyorlanayotgan Konstitutsiya loyihasini ishlab chiqishda qaysi hujjat qoidalariga amal qilish belgilangan?

“O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida”gi Qonun qoidalariga

300

2017-yil 8-sentabrdagi PF-5185-son Farmon bilan qaysi muhim hujjat tasdiqlangan?

O‘zbekiston Respublikasida Ma’muriy islohotlar konsepsiyasi

300

1994-yil va 1995-yil ketma-ket qanday nomlangan?

1994 — Mirzo Ulug‘bek yili; 1995 — Abu Ali ibn Sino yili.

400

Mustaqillik to‘g‘risidagi qonun bilan Konstitutsiya o‘rtasida zidlik yuzaga kelgan taqdirda, 1991-yil 30-sentabrdagi qarorga ko‘ra qaysi hujjatga amal qilingan?

Davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida”gi Qonunga. 

400

Ma’muriy islohotlar konsepsiyasida davlat boshqaruvida ijro etuvchi hokimiyat organlarini optimallashtirish bilan bir qatorda yana qanday muhim yo‘nalishlardan biri ko‘zda tutilgan?

Ijro etuvchi hokimiyat organlari va rahbarlarining tegishli sohada davlat siyosatini amalga oshirishdagi mustaqilligini oshirish.

400

2017-yil va 2018-yil nomlarini ketma-ket ayting.

2017 — Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili; 2018 — Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili

500

Mustaqillikning huquqiy asosini mustahkamlash jarayonidagi ketma-ketlikni ayting: 31-avgust va 30-sentabrda qanday ikki muhim huquqiy qadam qo‘yilgan?

31-avgustda “Davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilindi; 30-sentabrda unga konstitutsiyaviy maqom berildi.

500

Harakatlar strategiyasining asosiy maqsadlari orasida xavfsizlikdan tashqari jamiyatning qaysi ikki muhim qadriyati alohida ko‘rsatilgan?

Inson huquq va erkinliklarini ta’minlash hamda millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni mustahkamlash

500

2020–2026-yillar nomlarini ketma-ket ayting.

2020 — Ilm-ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili;

2021 — Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili;

2022 — Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili;

2023 — Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili;

2024 — Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili;

2025 — Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yili;

2026 — Mahallani rivojlantirish va yuksaltirish yili

M
e
n
u