Dunyodagi birinchi birja Bryugge shahrida ochilgan. Shuningdek, birinchi U ham dastlab 1466-yilda Bryuggeda joriy etilgan bo'lib, Undan maqsad kambag'allarga yordam berish uchun pul yig'ish edi. U fransuz tilida "qur'a" degan ma'noni anglatadi.
Savol u nima?
Lotoreya
Front-ofisning umumiy vazifasi nima?
Mijozlarga bank xizmatlarini ko‘rsatish, hujjatlarni qabul qilish va bank operatsiyalarini dastlabki nazoratdan o‘tkazish.
Kreditlar maqomi bo'yicha nechta turga bo'linadi va qaysilar?
3ta Muddatli, muddati o'tgan va shartlari qayta ko'rib chiqilgan
Sizif mehnati qadimgi yunon mifologiyasidan kelib chiqqan bo‘lib, cheksiz, takrorlanuvchi, foydasiz, qiyin va samarasiz ishni anglatadi. Bir multfilmda Sizif Uni olovga tashlaydi.Savol uni hammamizga tanish bo'lgan nomini ayting?
Feniks
Hisobvaraqlar rejasi nima?
Hisobvaraqlar rejasi — bankda amalga oshiriladigan moliyaviy operatsiyalarni hisobga olish, yuritish, tahlil qilish va guruhlash uchun foydalaniladigan Bosh kitob hisobvaraqlari ro‘yxati.
13121 provodkasi nimani anglatadi?
xususiy korxonalar, xo'jalik shirkatlari va hamjamiyatlarga maxsus dasturlar bo'yicha berilgan qisqa muddatli kreditlar
Maks Xoluey va Charlz Oliveyra o‘rtasidagi jang bir temp va bir xil roundlarda o‘tganini aytarkan, Davron Fayziyev Uni eslab o‘tadi. U AQShda 1993-yilda chiqqan film tufayli yanada mashhurlikka erishgan. Uni toping?
Sug'ur kuni(takrorlanadi)
Hisobvaraqlar rejasi qachon va qaysi son bilan qabul qilingan?
“Tijorat banklarida buxgalteriya hisobining hisobvaraqlar rejasi” 3336-son bilan 2021-yil 26-noyabrda qabul qilingan.
Davlat qanday holatda majbur bo'ladi ko'p zaxira qilishga?
Qat'iy belgilangan valyuta kursi rejimida
Terrorchilik natijasida ekran yuzini ko'rmay qolib ketgan bir filmda Jeki Chan deraza tozalovchi rolini o'ynashi kerak bo'lgan. Filmda Chan tozalash jarayonida terrorchilarning rejalarini sezib qolishi ko'zda tutilgan epizod mavjud bo'lgan. Savol: Siz esa Jekining shu filmda qayerda deraza tozalovchi bo'lib ishlashi kerak bo'lgan joyni nomini toping?
Egizak minoralar
CCCCCVVVKSSSSSSSSNNN bu nima va harflar qanday maʼnoni anglatadi ( tartib bilan sanang)
C Balans hisobvaragʻi
V valyuta kodi
K nazorat kaliti
S bank kodi yoki mijoz kodi
N hisobvaraqlarning tartib raqami
Maxsus zaxiralarga tarif bering?
sifati "substandart", "qoniqarsiz", "shubhali" va "umidsiz" deb tasniflangan aktivlar bo'yicha ehtimoliy yo'qotishlarni qoplashga mo'ljallangan majburiy zaxiralar.
Ba'zi tanqidchilar moliyaviy prognozchilarning juda ko'plab xatolar qilishini tanqid qilishsada, kamdan-kam bo'lsada to'g'ri chiquvchi tahlillarini ham inobatga olishadi. Tanqidchilar prognozchilarning bunday samaradorligini ALFAga o'xshatishadi. Darhaqiqat, ALFA ham juda ko'plab xatolar qilsada, kunda hech bo'lmasa bir necha marta to'g'ri ish qiladi. Savol: ALFA o'rnidagi javobni bir nechta so'zda aniq yozib bering
to‘xtab qolgan soat