Boburmirzo qaysi shahar hokimi bo‘lgan va u yerning qovunlarini sog‘inib yashagan?
Andijon
Nodar Dumbadze qaysi millat vakili va qaysi yurtning eng sevimli yozuvchisi hisoblanadi?
Gruzin / Gruziya
Yanguli Jamolni dastlab bir laqab bilan chaqirar edi.Bu..?
Skripka
Boburning butun dunyoga mashhur bo‘lgan, o‘z hayoti va o‘sha davr tabiati haqida yozgan asari nima deb ataladi?
"Boburnoma"
Asar yakunida Yanguli o'z yurtida qolish uchun qanday yo'l tutadi?
O'zini daryoga tashlab suzib kelmoqchi bo'ladi, lekin tirik holatda yetib kelolmaydi
Boburmirzo qaysi buyuk bobokalonimizning 5-avlodi hisoblanadi?
Amir Temurning
Bobur "Boburnoma"da hayvonlarni shunchaki tasvirlamay, ularni bir-biriga o‘xshatgan. Masalan, u qaysi hayvonni "fil kabi ulkan, lekin burnining ustida shoxi bor" deb tasvirlagan?
Karkidon / Nosorog
Nodar Dumbadze bolalar uchun asarlar yozishdan tashqari yana bir savobli ishga boshchilik qildi va unga "Quyoshjon" deb nom qo'ydi. Bu narsa...
Bolalar bog'i edi
Yanguli va Jamolning qaysi jihatlari bir biriga o'xshar edi?
Ikkisi ham mard va qo'rqmas edi va ikkalasi ham onasini yo'qotgan edi