Geobotanika fani nimani o'rganadi?
O'simliklarni tashqi muhitga bog'liq holda tuzilishini, tarkibini, rivojlanishini va tarqalishini o'rganadi.
Gregarina tanasining shakli qanday ?
Uzun chuvalchangsimon
Umurtqa pog'onasi nechta umurtqalardan hosil bo'lgan?
33-34 ta ( 7 ta bo'yin, 12 ta ko'krak, 5 ta bel, 5 ta dumg'aza, 3-5 ta dum)
Agar o'quvchilar faqat eshitish orqali bilim olayotgan bo'lsa, qaysi o'qitish usuli yetishmayabdi?
Ko'rgazmali usul
To'qimalar to'g'risidagi tushunchalar XVII asrda qaysi olimlar tomonidan rivojlantirildi???
M. Malpigi hamda N.Gryu
Yomg'ir chuvalchangining uzunligi qancha?
15-20 sm
Inson tanasida nechta suyak mavjud?
206 ta
Nega baliqlar doim og'zini ochib yopadi?
Ular suv orqali kislorodni o'pkaga emas jabraga olishadi. Jabralar orqali nafas olish jarayoni shu tarzda amalga oshadi.
Zamburug'lar qaysi yo'llar bilan ko'payadi?
Vegetativ, jinssiz va jinsiy yo'llar bilan
Zuluklar qanday harakatlanadi?
So'rg'ichlari yordamida substratga yopishib "qadamlab" harakatlanadi
Inson tanasidagi eng uzun suyak qaysi?
Son suyagi
Daraxtning yoshi qanday aniqlanadi?
Yillik halqalarni sanash orqali. Chunki har yili daraxt po'stida bitta halqa hosil bo'ladi.
Ildiz zonalarini sanang😇
1) bo'linish zonasi
2) o'suvchi zonasi
3) so'ruvchi zona
4) o'tkazuvchi zona
Tibbiyot zulugi jag'li zuluklar turkumiga kiradi. Uning og'iz bo'shlig'ida nechta jag'i bor?
3 ta
Qanday a'zo inson tanasida qayta o'sib chiqishi mumkin?
Jigar
Nima uchun kaktus bargsiz?
Namlikni yo'qotmaslik uchun. Issiqda suv bug'lanishini kamaytirish uchun barg o'rniga ignalar rivojlangan.
Hujayra organoidalrini sanang.
Membranasiz - ribosoma, hujayra markazda
Membranali- bir membranali ( endoplazmatik to'r, golji apparati, lizosoma, vakuol) , ikki membŕanali ( mitoxondriya, plastidalar)
Baqachanoqning qon aylanish sistemasi qanday?
a) yopiq
b) ochiq
Ochiq
Umurtqa pog'onasining o'rtacha uzunligi erkaklarda necha sm?
73-75 sm
Nega odam sovuqda titraydi?
Tana haroratini ushlab turish uchun mushaklar qisqaradi