interaktiv hikoyalar, animatsiyalar, oʻyinlar, musiqa va badiiy asarlarni yaratish imkonini beruvchi vizual dasturlash tili.
Scratch
displeyda ma’lumotlarni ko‘rish uchun foydalniladigan qismi.
Ekran
bosish mumkin boʻlgan tugmadagi rasm, soʻz yoki rasm bilan soʻz.
Ikonka
raqamli ma’lumotlarni vizual tarzda tasvirlab beruvchi chizma
Diagramma
Bosh harflarni faollashtiruvchi tugma. Caps Lock tugmasi bosilgan payt klaviaturadagi harflar terilsa, bosh harflar hosil boʻladi.
Caps lock
elektron jadvaldagi bitta toʻrtburchak.
Katak (yacheyka)
Tanlangan matn yoki rasmni xotiraga saqlab olish va kerak boʻlganda uni qo‘shish. Bu jarayonda matn yoki rasm sahifadan oʻchirilmaydi.
Nusxa olish
Matnga va rasmga oʻzgartirish kiritish
Tahrirlash
Kursorni keyingi qatorga oʻtkazuvchi tugma. Buyruqlarni tasdiqlash uchun ham ishlatiladi.
Enter
Kompyuterlar yordamida yaratilgan tasvirlar
Grafika
Qattiq diskdagi tegishli fayllar toʻplamini oʻz ichiga olgan maydon
Papka
Shrift ko‘rinishi, harflarni oʻng tomonga bir tekis qilib ogʻdiradi. Masalan, ushbu jumla kursiv bilan yozilgan.
Kursiv
Ma’lumotlarni kiritish, hisob-kitoblarni bajarish va diagramma, gistogrammalar yaratish uchun elektron jadvallardan foydalanadigan dasturiy ta’minot.
Microsoft Excel
Tanlash uchun variantlar ro‘yxati joylashgan oyna qismi.
Menyu
Biror kim yoki narsa toʻgʻrisidagi fakt.
Axborot
Soʻzlarning rasmlar orqali ifodalanishi. Diagrammada piktogrammali rasmlar obyektlarni aks ettirish uchun ishlatiladi.
Piktogramma
Begonalarning kompyuterga va dasturga kirishidan saqlash uchun foydalanadigan soʻz, ibora yoki belgilardan iborat maxfiy kod qatori.
Parol
Muayyan vazifani qanday bajarish kerakligini kompyuterga aytib beradigan koʻrsatmalar toʻplami.
Dastur
Veb sahifalarni boshqarishda foydalaniladigan dasturiy ta’minot.
Veb-brauzer
Kompyuter foydalanuvchi nomi, parol va boshqa ma’lumotlarni saqlash uchun ishlatiladigan tarmoq serveridagi joy. Masalan, sizning internet yoki elektron pochta akkauntingiz.
Foydalanuvchi akkaunti
Kompyuterning old yoki orqa qismida joylashgan va tashqi qurilmalarga ulanish uchun yordam beradigan qism
Port
Foydalanuvchi tomonidan amalga oshirgan harakatlarga ovoz yoki vizual shaklda javob beruvchi dastur yoki qurilma. Kompyuter o‘yinlari (video o‘yinlar) interfaol dasturiy ta’minotning eng yorqin misolidir.
Interfaol
Jadvaldagi vertikal chiziqlar bilan ajratilgan maydonlar. Elektron jadval bilan ishlash dasturida lotin alifbosi harflari bilan belgilangan va ishchi oynaning yuqorisida aks ettiriladi.
Ustunlar
Tanlangan qator yoki ustunlar diapazonidagi qiymatlarning o‘rtachasini hisoblovchi funksiya.
AVERAGE
Web-sayt yoki e-maildagi biror soʻz yoki tasvir. Uning ustiga bosganda, boshqa veb-sahifaga olib oʻtadi.
Giperhavola