1st row
2nd row
3rd row
4th row
5th row
100

Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeks qachon qabul qilingan? Va nechanchi sonli qaror bilan qabul qilingan?

1994-yil 22-sentabr , 2015-XII-son

100

Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeks nimalarni belgilab beradi?

qanday harakat yoki harakatsizlik ma’muriy huquqbuzarlik hisoblanishini, ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etgan shaxsga nisbatan qaysi organ (mansabdor shaxs) tomonidan qay tartibda qanaqa ma’muriy jazo qo‘llanilishi va ijro etilishini belgilaydi.

100

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi qonunchilik sohasida nimalar O‘zbekiston Respublikasi ixtiyoriga beriladi?

ma’muriy javobgarlikka sabab bo‘ladigan harakat yoki harakatsizlikni, ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish vakolatiga ega bo‘lgan organlar tizimini (mansabdor shaxslarni), mazkur ishlarni yuritish va chiqarilgan qarorlarning ijrosi tartibini belgilash;

ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi qonunchilik sohasida Qoraqalpog‘iston Respublikasining vakolatlarini belgilash;

100

Ma'muriy javobgarlik sodir etgan shaxs nimaga asosan javobgarlikka tortiladi?

Ma'muriy huquqbuzarlik sodir etilgan vaqt va joyda amal qilayotgan qonunchilikka asosan javobgarlikka tortiladi⚖️

100

Ushbu kodeksda nazarda tutilgan huquqbuzarliklar qanday hollarda shaxsning jinoiy javobgarlikka tortilishiga sabab bo'ladi?

Huquqbuzarlikning xususiyatiga ko'ra

200

Ma'muriy jazo javobgarlikkka tortish chorasi qo'llanishining maqsadi?

Ma'muriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxsni qonunlarga rioya etish va ularni hurmat qilish ruhida tarbiyalash, shuningdek ana shu huquqbuzarning o'zi tomonidan ham, boshqa shaxslar tomindan ham yangi huquqbuzarlik sodir etilishining oldini olish

200

Mansabdor shaxslarga va fuqarolarga solinadigan jarimaning eng kam miqdori qancha?


Mansabdor shaxslar: BHMning 10dan bir qismi;

Fuqarolarga nisbatan: BHMning 50dan bir qismi

200

Ashyoni haqini to'lash sharti bilan olib qo'yish chorasini qo'llanish tartibi va tortib olinadigan ashyolarning turlari qaysi qonun hujjatlarida belgilab qo'yilgan?

Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeks va O'zbekiston Respublikasining boshqa qonunchilik hujjatlarida⚖️

200

Haq to'lanadigan jamoat ishlariga jalb etiladigan shaxslar ish haqining 50 foizi nimaga yo'naltiriladi?

Aliment majburiyatlari bo'yicha qarzni to'lashga⚖️

200

Qanday shaxslar ma'muriy huquqbuzarlik sodir etgan holda, ular  umumiy asoslarda ma'muriy javobgarlikka tortiladi?

Ajnabiy fuqarolar va fuqaroligi bo'lmagan shaxslar

300

Ma'muriy jazo qo'llanish chog'ida qanday holatlar hisobga olinadi?

Sodir etilgan huquq buzarlik xususiyati, huquqbuzarning shaxsi, uning aybdorlik darajasi, mulkiy ahvoli, javobgarlik yengillashtiruvchi va og'irlashtiruvchi holatlar

300

Bitta shaxs ikki yoki undan ortiq ma'muriy hquqbuzarlik sodir etgan taqdirda, unga nisbatan qanday jazo qo'llaniladi?

Shaxsga nisbatan ma'muriy jazo har bir sodir etilgan huquqbuzarlik uchun alohida qo'llaniladi⚖️

300

Ma'muriy qamoq va maxsus huquqdan mahrum etish huquqi muddatlari qanday hisoblanadi?

Qamoq jazosi uchun: sutkalar;

Maxsus huquqdan maxrum etish: Kunlar, oylar, yillar⚖️

300

Ma'muriy jazo qo'lanish muddati qabncha?

Ma'muriy jazo huquqbuzarlik sodir etilgan kundan boshlab;

Davom etayotgan huwubuzrliklar uchun esa, huquqbuzarlik aniqlangan kundan boshlab BIR yildan kechiktirmay qo'llanilishi mumkin.⚖️

300

42-moddaga sharh bering!

Obyekt- qonun hujjatlari

Obyektiv tomon- harakat natijasida 

Subyekt- 16 yoshga to'lgan, aqli raso jismoniy va mansabdor shaxs

Subyektiv tomon- to'g'ridan to'g'ri qasddan

400

BHMning 3 baravaridan 7 baravarigacha jarima qaysi ma'muriy huquqbuzarlikka nisbatan qo'llanadi?

Ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni shunday bolalar turgan muassasa rahbari yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi mansabdor shaxsi tomonidan vasiylik va homiylik organiga xabar qilmaslik, xuddi shuningdek ular tomonidan ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar haqida atayin noto‘g‘ri ma’lumotlar berish

400

Bolaning chet davlat hududida nazorat qoldirilganligi haqidagi ma'muriy huquqbuzarlik to'g'risidagi ish qancha muddatda ko'rib chiqikishi lozim?

30 kun

400

Vasiylikka olinganga nisbatan g'arazli maqsadda qarash, uni moddiy yordam bilan ta'minlamaslik, vasiylik yoki homiylikdan foydalanish, bolani nazoratsiz qoldirish qanday oqibatlarga sabab bo'ladi?

BHMning ikki baravaridan 5 baravarigacha miqdorida jarima solinishiga sabab bo'ladi

400

Bazaviy hisoblash miqdari hozirda qanchani tashkil qiladi

 01.04.2023 330000 soʻm

400

Haq to'lanadigan jamoat ishlari necha soat davom etadi?

Sakkiz soatdan 240 soatgacha

500

Voyaga yetmagan shaxslarning mehnatdan foydalanishga yo'l qo'yilmasligi to'g'risidagi talablarni buzish qanday jazoning qo'llanishiga sabab bo'ladi?


Jarima, o'n baravaridan yigirma baravarigacha

500

Haqorat qilishga qanday jarima qo'llaniladi?

BHMning 20 baravaridan 45baravarigacha

500

Ma'muriy huquqbuzarliklarning oldini olish subyektlari kimlar?

Davlat organlari, o'z o'zini boshqarish organlari, jamoat birlashmalari

500

Qanday ma'muriy huquqbuzarlik BHMning uchdan bir qisming 1baravarigacha bo'lgan jarima solinishiga sabab bo'ladi?

Fuqarolarning turar-joy daxlsizligini buzish

500

Mehnatga ma'muriy tarzda majburlash kimlarga nisbatan qo'llanilganda BHMning 100 baravaridan 150 baravarigacha jarimaga tortilishiga sabab bo'ladi?

Pedagogik xodimlar

M
e
n
u